Ўзбекистон республикаси
Download 1.12 Mb.
|
Toshkent davlat ikkinchi tibbiyot instituti
Ustivorlikni o'rnatishParvarish rejasini ishlab chikish yoki o'zgartirish oldidan ustivorlik bo'yicha tuzilgan hamshiralik tashxisi ro'yxatini ularning kjori (mijoz muvaffaqiyati uchun yuqori xavfdagi), o'rta (hayotga xavfsiz holat) va past (ayni kasallik va oqibat bilan bevosita bog'liqmas) darajaga kiritilganligi to'g'riligiga ishonch hosil qilish uchun qarab chiqish foydalidir. Har kungi parvarish rejasiii tuzishda quyidagilar hisobga olinishi lozim: - Mijoz sog'lig'i holatidagi xavfli hisoblangan o'zgarishlar ularning samarasiga ta'sir etdimi? Masalan, noaniq vazn yo'qotish dastlabki tibbiy tashxisi bilan shifoxonaga kelgan mijozda tuxumdonlar raki aniklanishi tibbiy parvarish ustivorligiga to'g'rilashlar kiritishni talab etdi. - Sog'liq holati yoki kasallik yoxud hamshiralik parvarishi rejasiga mijoz qarashlarining o'zgarishi hamshiralik tashxisiga ta'sir etdimi? Masalan, hamshira tibbiy tashxisni bilgach, mijozga yuqori ustivor tashxis hisobidan samarasiz individual muolajani belgilashi mumkin edi va maslahat rejalashtirdi. Lekin, agar mijoz buyumlarini joylashtirishni o'ylab ko'rish uchun bir kunchalik bezovta kilmasliklarini talab qilsa, hamshira shu kunga ustivorlik tartibini o'zgartiradi. - Muammolar o'zaro bog'likmi, ya'ni muammolarning birini ko'yib ikkinchisi bilan shug'ullanish mumkinmi? - Mijoz muammolarining bir nechtasi bilan bir vaqtda ishlash mumkinmi? Bu savollarga javob olingach, hamshira muammolarni ularning bajarilishi navbati bo'yicha ro'yxatini tuzadi. Ustivorlikni o'rnatish hamshirada vaqt va kuch mijozning dolzarbroq muammolariga qaratilganligiga ishonch tug'diradi. Download 1.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling