HAMSHIRALIK JARAYONI TAVSIFI
Hamshiralik jarayoni hamshira bilan mijoz birgalikda hamshiralik parvarishiga ehtiyojni (1), davolash rejasi hamda amalga oshirilishini-(2) va natijalar bahosini (3) aniklashlari uchun lozim bo'lgan tartibli usuldir. Bu jarayon boskichlari mijoz bilan bog'liq bo'lib, besh boskichning har biri avvalgisi aniq bajarilishini talab etadi. Jarayon hamshira bilan mijozga quyidagilarni bajarishga imkon beradi:
Mijoz haqida tartibli ma'lumotlar to'plash (anamnez yig'ish).
Mijozning mustahkam (kuchli, chidamli) va zaif (kuchsiz, beriluvchan) tomonlarini to'g'ri topish (diagnostika).
Bemorga vazifalarni bajarishda yordam beruvchi tadbirlar va hamshira xarakatlarini belgilaydigan davolashning individual rejasini ishlab chiqish.
Davolash rejasini ijro etish (amalga oshirish).
Davolash rejasining bajarilishi effektivligini baholash (baholash).
Bu jarayonning har bir bosqichida mijoz va tibbiy hamshira partnyorlar sifatida hamkor bo'lib ishlashadi. Bunda mijozning ishtirok etish darajasiga uning salomatligi holati va resurslari ta'sir kiladi. Agar mijoz go'dak, hushsiz holdagi yoki hamkorlikka . imkonsiz kishi bo'lsa, jarayon bosqichlari mijozning oila a'zolari yoxud ko'makchi shaxslari yordamida bajariladi.
Hamshiralik jarayoiidagi birlamchi maksad har tomonlama ilmiy asoslangan tibbiy xizmatni bajarishda hamshiraning ijodiy yondashishiga yordam berishdan iborat. Maqsadga to'lik erishilishi uchun hamshira intellektual shaxslararo muomalaga va psixomotor ko'nikmalarga, bu ko'nikmalardan mijozlar bilan ishlashda kasalliklarning oldi olinishi, yaxshi tugashi, salomatlik va yo'kotilgan funksiyalar tiklanishi jarayonlari-ning tezlashishi uchun ijodiy foydalanish xohishiga ega bo'lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |