Omborxonalarning ventilyatsiya tizimi. Texnologiya jihatidan qaraganda bu — mahsulot
saqlash uchun zarur rejimni vujudga keltiradigan muhim tizimdir. Omborxonalar ventilyatsiyasi
tizimini tabiiy va majburiy ventilyatsiyalarga bo‗lish mumkin. Aktiv ventilyatsiyalash uning bir
turidir.
Tabiiy ventilyatsiyada havo issiqlik kovensiyasi qonuni bo‗yicha harakatlanadi. U qiziganda
kengayadi, siyraklashib yuqoriga ko‗tariladi, ayni vaqtda sovuqroq va qalinroq havo pastga
tushadi. Natijada havoning tortilishi vujudga keladi. Havoning yurish tezligi nechog‗li zo‗raysa,
omborxona ichidagi va tashqarisidagi haroratning tafovuti shu qadar oshadi. Bu tafovut ayniqsa
kuz kezlari uncha katta bo‗lmaydi. Shu sababli tabiiy ventilyatsiyaning sovutish samaradorligi
ham u qadar sezilmaydi. Sutkaning (tashqi haroratga nisbatan) qulay paytlarida lyuk orqali
omborxonani shamollatishga to‗g‗ri keladi. Qishda esa, tashqarida harorot pasayganda, aksincha,
mahsulotni sovuq urmasligi uchun ventilyatsiya trubalarining to‗siqlarini yopib havo ning
yurishi to‗xtatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |