havo omborxonaga haydaladi. Texnolog kiradigan havoning miqdorini to‗g‗rilab turish imkoniga
ega bo‗ladi, ya‘ni mahsulot saqlash rejimini ma‘lum darajada boshqarib turadi. O‗rtacha va katta
hajmli omborxonalarda majburiy ventilyatsiya tizimi quriladi, chunki bularda tabiiy shamollatish
13
bilangina mahsulot saqlash rejimini keragicha to‗g‗rilab turib bo‗lmaydi. Aksariyat xonaga havo
haydash va havo sug‗urish trubalari vositasida majburiy ventilyatsiya hosil qilinadi.
Omborxonadagi havo butun pol bo‗yicha bab-baravar taqsimlangan yoriqchali yer osti
kanallari orqali tarqaladi. Majburiy ventilyatsiyasi bo‗lgan omborxonadagi mahsulot idishlarga
(yashiklar, konteynerlarga) solingan holda taxlanadi. Shu tariqa havo qadoqlangan mahsulotni
yalab o‗taveradi. Bu holda uncha katta hajmda bo‗lmagan mahsulot taxlarining turli zonalaridagi
harorat, namlik, havoning gaz tarkibida sezilarli darajada tafovut ro‗y bermaydi. Bundan
omborxonaning afzalligi bor, albatta. U yashiklarga solib taxlab qo‗yilgan mahsulotni samarali
sovutish va yuklash-tushurish ishlarini mexanizatsiyalash imkonini beradi.
Ammo, masalan, katta hajmda (g‗aram-g‗aram qilib) joylangan kartoshkaning qavatlari
orasidan havo o‗tkazmagan holda qilingan majburiy ventilyatsiya yaxshi natija bermas ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: