Saqlash usullari. Saralangan sabzilar o‗ralarga solinadi. Tajribakorlar sabzi tashiladigan
idishlarning toza bo‗lishiga va sabzi o‗raga to‗kilganida uni chiritadigan barg va boshqa narsalar
aralashmasligiga alohida qarab borishadi.
Nam qum qavatlab sabzi saqlanadigan zonalarda o‗raning tubiga 2–3 sm qalinlikda tashlanib,
so‗ngra 20 sm qalinlikda sabzi joylanadida yana qum sepiladi va hokazo. Bunda mahsulot
bahorgacha turaveradi. Bahorda, ob-havoga qarab, ildizmevalar o‗sib ketishi oldidan o‗ralar
ochiladi. Sabzi takror saralanadi, o‗siqlari tozalanib, o‗suv nuqtalarining barglari kesiladi va
zarur bo‗lganida uzoq saqlash uchun yana joylab qo‗yiladi.
Bahor kezlarida sabzi aksari hollarda salqin podvallarda va yerto‗lalarda yoki hech
bo‗lmaganda yer betidagi binolarda saqlanadi. Bahorda o‗radan ochib olingan sabzilar Farg‗ona
viloyatining ba‘zi tumanidagina yana o‗ralarda qum qavatlari orasida saqlanadi. Bahor
mavsumida sabzini yerto‗la yoki podvallarda saqlash eng yaxshi usul hisoblanadi. Bunda sabzi
30–40 sm qalinlikda joylanib, usti nam qum yoki tuproq bilan yopiladi.
Sabzavotkorlar mazkur usulni qo‗llab sabzini kelgusi yil yangi hosil yetilguncha yetkazib
borishadi.
26
Do'stlaringiz bilan baham: |