Ўзбекистон республикаси
Download 440.02 Kb. Pdf ko'rish
|
vaqtinchalik omborlarda 150 tonna sabzini saqlash handakda texnologiyasi.
XULOSA VA TAKLIFLAR Jonajon O‗zbekistonimiz bir-biridan shirin meva-chevalari bilan dunyoda dovrug‗ taratgan. Afsuski, saxiy zamin bag‗rida, mirishkor dehqonu bog‗bon katta mehnati evaziga yetilgan hosilning barchasi iste‘molchiga o‗z vaqtida yetib borayapti, deb bo‗lmaydi. Hosilning bir qismi tashish paytida sifatini yo‗qotmoqda. Eng achinarlisi, nobud bo‗lmoqda. Albatta bunga yo‗l qo‗ymaslik uchun saqlash va qayta ishlash korxonalari faoliyatini yanada kuchaytirish talab etiladi. Bu borada, keyingi yillarda mustaqil davlatimizda ko‗pgina ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Ma‘lumki, O‗zbekiston Respublikasining jaxon iqtisodiy xo‗jalik tizimiga chambarchas bog‗lanayotganligi va mamlakatning bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‗tayotganligi natijasida iste‘mol bozorini xilma-xil assortimentdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‗ldirish imkoniyatlari to‗g‗ilmoqda. Bozor iqtisodiyoti sharoiti, ya‘ni raqobatlar mavjudligi oziq-ovqat mahsulotlarining assortimentini takomillashtirish bilan bir qatorda, ularning sifatini jaxon andozalari darajasiga ko‗tarishni ham taqozo etadi. Bunga esa ilm-fanning so‗nggi yutuqlarini amalga tadbiq etish, ilg‗or texnologiyani joriy etish asosidagina erishish mumkin. Hozirgi kunda qishloq xo‗jaligida fermer xo‗jaliklar tabora rivojlanib bormoqda. Ular davlatimizga ko‗plab meva va sabzavotlar yetishtirib berishmoqda. Viloyatdagi ko‗plab bog‗lar fermerlar tomonida o‗zlashtirilmoqda va yangilari yaratilmoqda. Fermerlar o‗zlari yetishtirayotgan mahsulotlarning ko‗plab qismini davlatga topshirish bilan bir qatorda bozorlarga olib chiqishmoqda. Ularda hozirgi kunda ho‗l meva va sabzavotlarni o‗zlarida saqlash va qayta ishlashning imkoniyati yo‗q, chunki meva va sabzavotlarni saqlaydigan va qayta ishlaydigan korxonalar asosan shahar atrofiga qurilgan. Men o‗z loyihamda sabzini saqlash texnologiyasini loyihalashtirdim. Asosan men tavsiya etayotgan texnologiya, jahon bozorlarida sifati bo‗yicha raqobatlasha oladigan mahsulotlar ishlab chiqarishga mo‗ljallangan. Men bu loyihani tuzishda viloyatimizda yetishtirilayotgan mahsulotlar miqdorini, xalqning bu mahsulotlarga bo‗lgan talabini o‗rgandim. Chunki sabzi boshqa mahsulotlarga nisbatan vitaminlarga boy, xushta‘m mahsulot hisoblanadi. Bundan tashqari ularni qadoqlash, tashish va saqlash boshqa mevalarga nisbatan ancha qo‗lay hisoblanadi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling