Botanik tavsifi. Ildizmevalari uzunchoq-konussimon shaklda. Barglari ikki va uch
bo‗laklangan patsimon. Chetdan changlanadi. Mevasi qovurg‗ali ikkita urug‗dan iborat. Birinchi
yili ildizmevalar yo‗g‗onlashadi va oziqaviy qimmati yuqori bo‗ladi.
Biologiyasi. Urug‗lari 2-3
0
S una boshlaydi. Maysalari 3-5
0
С sovuqqa bardosh beradi.
Urug‗lari unib chiqishi, o‗simlikning o‗sishi, rivojlanishi uchun maqbul harorat 20-25
0
С.
Xashaki sabzi nisbatan qurg‗oqchilikka chidamli. Sug‗orishga talabchan. Shuning uchun
O‗zbekistonda faqat sug‗oriladigan maydonlarda yetishtiriladi.
Navlari. O‗zbekistonda Davlat reyestriga Ziynatli, Nantskaya-4, Nurli-70, Mirzoi
jyoltaya-304, Mirzoi krasnaya-228, Mishak-195, Shantane-2461, Sirano-Berlikumer, Kaskade
F1 navlari kiritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |