Ўзбекистон республикаси


Qishloq xo„jalik mahsulotlarini saqlash sohasiga taalluqli qabul qilingan qonun va


Download 440.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/31
Sana02.01.2022
Hajmi440.02 Kb.
#189403
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
vaqtinchalik omborlarda 150 tonna sabzini saqlash handakda texnologiyasi.

Qishloq xo„jalik mahsulotlarini saqlash sohasiga taalluqli qabul qilingan qonun va 

farmoyishlar. 

Keyingi yillarda qishloq xo‗jalik mahsulotlarini yetishtirish, ularni saqlash va qayta ishlash 

bo‗yicha  Vazirlar  Mahkamasining  qarorlari  va  O‗zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining 

qonunlari  qabul  qilindi.  Bular  ―Dehqon  xo‗jaligi  to‗g‗risida‖,  ―Fermer  xo‗jaligi  to‗g‗risida‖, 

―Qishloq  xo‗jaligini  isloh  qilish  to‗g‗risida‖,  ―Qishloq  xo‗jaligi  mahsulotlari,  jumladan  meva-

sabzavotlarning  hosilini  to‗la-to‗kis  yig‗ib  olish  va  saqlash‖  kabi  boshqa  qaror  va  qonunlar 

shular  jumlasidandir.  Ularda  xo‗jaliklarda  ishlab  chiqariladigan  mahsulot  yuqori  sifatli  bo‗lib, 



 

ya‘ni ko‗yiladigan barcha talablarga javob berishi kerak. 



Qishloq xo‗jaligida mahsulotlarni saqlash xosilot, iqtisodchi va zoomuxandislarga bog‗lik. 

Ularga  va  boshka  qishloq  xo‗jalik  xodimlariga  mahsulotlarni  saqlashda  quyidagi  vazifalar 

quyiladi:  

 



mahsulotlarni  va  urug‗lik  fondini  imkoniyati  boricha  isrof  qilmasdan  hamda  sifatini 

tushirmasdan saqlash; 

 

mahsulotlarni  saqlayotgan  paytda  tegishli  texnologik  usul  va  rejimlar  qo‗llab  ularning 



sifatini yanada oshirish; 

  oz mehnat sarf-harajat qilib, mahsulotlarni rentabel holda saqlash. 



Oxirgi  masala  juda  zarur  bo‗lib,  ba‘zi  mahsulotlarni  saqlashdagi  xarajatlar  mahsulotni 

ishlab chiqarishdagi qiymatidan ham ortib ketadi. Xarajatlarni kamaytirish urug‗lik, ozuqa-yem 

va boshqa mahsulotlarning tan narxini pasaytirishga hamda uni  sotib foyda olishga olib keladi. 

Xo‗jaliklar  tarkibidagi  texnika  bazasini  korxonalarning  rivojlanish  yo‗nalishiga,  u  joylashgan 

yerning  ob-havo  sharoitiga  qarab  qurish,  jihozlari  va  texnik  hamda  iqtisodiy  tomondan  unumli 

foydalanish zarur. 

Ma‘lumki qishloq xo‗jaligida yetishtiriladigan xar bir xom ashyoning sifati qator omillarga 

bog‗liq.  Don  va  boshqa  qishloq  xo‗jalik  mahsulotlarining  oziq-ovkat  va  texnologik  qiymati 

to‗g‗ridan-to‗g‗ri nav, agrotexnik tadbir, ob-havo, yetishtirish sharoiti, hosilni yig‗ib olish usuli 

va muddati, hosil yig‗ib olingandan keyingi tayyorlashda, tashish va saqlashga uzviy bog‗liqdir. 

Mahsulotlarni  unumli  saqlash  nafaqat  mavjud  texnik  bazasi,  ombor,  turli  mashina  va 

uskunalardan  foydalanishga,  saqlanajak  mahsulotlarning  chidamliligiga  ham  chambarchas 

bog‗liqdir. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



 


Download 440.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling