Ўzbekiston respublikasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/39
Sana12.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1768964
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   39
Bog'liq
g‘oziyev e. umumiy psixologiya. 2-kitob

6.5. Teri sezgilari 
Teri sezgilari tarkibi tuyish va sharorat turlaridan iborat bo’lib, ularning 
bunday nomlanishining bosh omili - bu reseptorlarning teri va organizmning tashqi 
shilliq pardalarida joylashganligidir.
Tuyish sezgilari ikki xil axborotni qabul qilish imkoniyatiga ega bo’lib, 
ularning birinchisi tegish va tarqalishni tuyish sezgilar, ikkinchisi esa silliq yoki 
qidir-budurni tuyish bilan tavsiflanadi. Odatda tana a'zosiga naralarning tegishini 
sezish tashqi qo’zqalish kuchayganda siqiqni sezishga aylanadi, u yanada 
kuchayganda siqiq oqriq sezgisiga aylanadi.
Tuyish sezgilari organi - teridagi va tashqi shilliq pardalardagi tuyish 
tanachalari deb nomlanuvchi tanachalardan iboratdir. Tanachalarning ichida, 
qisman tashqarisida (epiteliyda) tuyish nervining chekka tarmoqlari mavjud, ular 
terida va shilliq pardalarda bir tekis taqsimlangan. Ular barmoqlarning uchlarida, 
til uchida, labda zich joylashgan, xuddi shu boisdan sezgirlik darajasi boshqalardan 
yuksakroqdir. qaysi yerda tanachalar siyrak bo’lsa, demak u joylarda sezish 
ko’rsatkichi shunchalik pastdir.
Psixologiyada tuyish tanachalari va sezuvchi nervning chekka tarmoqlari 
zichligi esteziometr asbobi yordami bilan o’lchanadi. Asbob keriladigan ikki 
oyoqli sirkuldan tashkil topgan bo’lib, uning o’zagidagi darajalar oyoqlarning 
uchlari o’rtasidagi masofani o’lchaydi.
Tuyishning aniqlik darajalari: a) barmoq uchlarida 1 mm-2 mmgacha, b) qo’l 
kaftida 10 mm, v) orqada 60-70 mm masofa bir yo’la ikki oyoqcha 
tegayotganligini sezish mumkin (masofa kamaysa, sezgirlik pasayadi).
Tuyish sezgilarining markazi bosh miya po’stining orqadagi markaziy 
pushtasida joylashgan deb taxmin qilinadi.
Tuyish sezgilarining tashqi, ya'ni fizik sababi - bu biron-bir narsalarning 
teriga bevosita tegishidir.
Sharorat sezgilari issiq yoki sovuqni sezish bilan tavsiflanadi. Maxsus 
tanachalarning ichida issiqni yoki sovuqni sezuvchi nervlarning chekka tarmoqlari 
joylashgan bo’ladi.


56 
Ularning tashqa sababi - biron-bir sharoratga ega bo’lgan qattiq, suyuq va 
gazsimon jismlarning tanaga tegib turishidir. Issiqni yoki sovuqni farqlash 
qo’zqatuvchi sharorati bilan badan sharorati o’rtasidagi nisbat bilan belgilanadi. 
Masalan, qo’zqatuvchining sharorati badan sharoratidan past bo’lsa - sovuqni, 
agarda yuqori bo’lsa - issiqni sezamiz, shis qilamiz.
FARQLASh: a) jismlarning issiq o’tkazuvchanligi: temir va yung.
ShARORAT SEZGILARI: a) tashqi qo’zqatuvchilar, b) organizm 
ichida:qo’rqish - qon tomiri torayadi, uyalish - qon tomiri kengayadi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling