¤збекистон республикаси
Download 86 Kb.
|
bolalar musiqa adabiyoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fanning maqsad va vazifalari Fanni o`qitishdan maqsad
- Fanning vazifasi
K I R I SH
Mazkur fan dasturi: 5111100 - Musiqa ta`limi yo`nalishi talabalari uchun mo`ljallangan bo`lib, unda bo`lg`usi musiqa madaniyati o`qituvchilari egallashi zarur bo`lgan bilim, malaka va ko`nikmalar minimumi belgilab berilgan. Dastur ta`lim sohasida olib borilayotgan tub islohotlar, zamonaviy o`qituvchiga qo`yilayotgan talablar, boy ma`naviy, madaniy va musiqiy merosimizga yangicha yondashuvlarni hisobga olib tuzilgan bo’lib, unda talabalarga umumta’lim maktablari o’quvchilari uchun bolalar musiqa adabiyoti fanida bilim va ko’nikmalarni berish yo’l-yo’riqlari bayon etilgan. Fanning maqsad va vazifalari Fanni o`qitishdan maqsad: bolalar musiqa adabiyotini o`rganish va o`zlashtirish jarayonida amaliy faoliyatga, ularni tarixiy – nazariy va musiqiy pedagogik tahlil qlish, bolalar va o`smirlar uchun yozilgan musiqiy asarlar va kompozitorlar ijodini o`rgatishdan iborat. Fanning vazifasi: musiqa san`atining alohida soha sifatida bolalar va o`smirlar uchun musiqa uning o`ziga xos haqida tasavvur hosil qilish; mahsus va umumiy musiqiy ta`lim jarayonida, o`sib kelayotgan avlodni musiqiy estetik va ma`naviy madaniyatni shakllantirishda bolalar va o`smirlar musiqasining rolini yoritib berish; professional bolalar musiqasini yaratish aholi va xalq pedagogikasining muhim bo`g`ini – bolalar musiqi y folklor hakida ma`lumotlar berish; O`zbekistonda va chet elda bolalar musiqasi rivoji ga haida bilim berish; maktab musiqiy madaniyat kursi repertuari bilan bolalar va o`smirlar musiqasining alohida bo`limi sifatida tanishtirish; bolalar musiqa markazi va maktab repertuarini tarixiy – nazariy va musiqiy pedagogik tahlil qilish, ularni bolalar va o`smirlar auditorisiga taqdim etish, obrazli namoyish etishga oid ko`nikma va malakalarni shakllantirish;bolalar musiqa asarlari, bolalar musiqa adabiyotini (nota, ommabop, metodik va o`quv adabiyotlar) tanlash va qo`llash ko`nikmalarinri hosil qilish; o`kuvchilarga musiqani emotsional ongli tushinishini shakllantirishga oid ko`nikmalar ustida ishlash: musiqiy ta`lim yo`nalishi talabalarini musiqa madaniyati o`qituvchisi amaliy faoliyatiga tayyorlaydi. Download 86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling