Ўзбекистон республикаси ва олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги


Download 65.12 Kb.
bet3/3
Sana26.10.2023
Hajmi65.12 Kb.
#1723712
1   2   3
Bog'liq
Amaliyot Hisobot Sulaymonov Doston

Geologiyada tarixiy usul. Tabiat va jamiyatni o‘rganishda tarixiy usul dialektikaning eng asosiy jarayonlaridan hisoblanadi. Bu usulda har qanday voqea va hodisa tarixiy rivojlanish sharoiti asosida, o‘rganiladi. Geologiyada tarixiy usul geologik tushunchalar paydo bo‘lgandan keyin, ayniqsa, ilmiy geologiya paydo bo‘lishi munosabati bilan qo‘llanila boshladi. Bu tarixiy marksistik ilmiy kuzatish usuli sobiq sovet geologiyasida keng rivoj topdi. Yer sharining qazilma boyliklari bo‘shliqda tasodifan joylashgan emas, balki ular Yer sharidagi kimyoviy moddalarning fizik-kimyoviy jarayoni natijasida paydo bo‘lgan. Mineral va tog‘ jinslarining hosil bo‘lishida geologik jarayonlar katta rol o‘ynagan. Shuning uchun ham har bir geologik mahsulotni tarixiy geologik voqealar bilan bog‘lab tekshirilsa, uning asl mohiyati ochib beriladi. Geologiya qidiruv ishlarini tashkillashtirish
Geologiyada qidiruv ishlari zamonaviy yangi geotektonika va geodinamika nazariyasi asosida olib boriladi. Yangi global geotektonika va geodinamika nazariyasi Braziliyada bo‘lib o‘tgan XXXI Xalqaro geologik kongressda qabul qilingan.
Geodinamika – Yer qobiqlari tuzilishi, tarkibi harakatga keltiruvchi jarayonlar va kuchlarni o‘rganish vazifalarini o‘z ichiga olgan fandir. Yaqin kunlargacha uni dinamik geologiyaning bir qismi,tektonik deformatsiyalarning faqatgina mexanik tabiatini o‘rganadigan yo‘nalish deb qabul qilishgan. Oxirgi yillar mobaynida Yer haqidagi fanlardan asosiy uchtasini – geologiyaning, geofizikaning va geoqimyoning yutuqlarini sintez qilish natijasida u geologic nazariyada va amaliyotda asosiy yetakchi o‘rinni egalladi. Geodinamik nuqtayi nazardan Yer kurrasini tashkil etuvchi halqasimon qavatlar yoki geosferalar (yadro, mantiya, litosfera, Yer po‘sti) o‘zaro uzviy bog‘liqdir. Tadqiqotlar ko‘lamiga qarab umumiy va hududiy geodinamika ajratiladi, ularning har biri o‘z maqsadi va vazifalariga ega, hamda geodinamik tiklashda o‘z uslublari bilan ajralib turadilar. Litosfera plitalari tektonikasi vujudga kelishi haqli ravishda A.Vegener nomi bilan bog‘liq. Olim 1912-yilda qit’alar dreyfi gipotezasini ishlab chiqqan. Dastlab qit’alar harakati mavjudligi haqida O.Fisher va F.Teylor ham ta’kidlab o‘tishgan. Dreyf gipotezasi Amerika va Afrika qit’alarining chet qismlari va geologik tuzilishi bir-biriga yaqin ekanligiga, o‘simliklar va hayvonlar tarqalishiga, qadimgi
muzliklar izlariga va boshqa dalillarga asoslangan. Yuqoridagi chizmada qit’alar parchalanishiga qadar bo‘lgan vaziyat, pastda parchalanish va yangi okean hosil bo‘lishi ko‘rsatilgan.
Plitalar tektonikasining shakllanishiga – markaziy okeanik tizmalar va markaziy rift cho‘kmalari kashf qilinishi, chuqur cho‘kmalarni o‘rganish, spreding va subduktsiya jarayonlarini aniqlash asosiy sabab bo‘ldi. Yo‘l-yo‘l magnit maydon anomaliyalarini o‘rganish muhim ahamiyatga ega edi.
Keyingi o‘n yillar mobaynida geologik tadqiqotlar, asosan, ushbu yangi plitalar tektonikasi asosida o‘tkazilyapti. O‘tkazilgan tadqiqotlar davomida okeanlarda 1200 ga yaqin quduqlar burg‘ulangan. Maxsusajratilgan geodinamik poligonlarda okean plitalarini qayta tiklash usullari yordamida tekshirilgan. Litosfera plitalari nazariyasining asosiy holatlarini geologik amaliyot asosan isbotlab berdi.


Xulosa


Vazirlar Mahkamasining “Geologiya qidiruv ishlarini olib borishda sanoat xavfsizligi sohasini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun e'lon qilindi. Geologiya-qidiruv ishlarida xavfsizlik qoidalariga ko‘ra, ushbu Qoidalar mulkchilik shaklidan qat'iy nazar, foydali qazilma konlarini izlash-qidirish ishlari va texnik hamda texnologik ehtiyojlar uchun shunga o‘xshash ishlarni olib boruvchi va shunday maqsadlar uchun ilmiy-tekshirish, muhandislik-tadqiqot, loyihalash va konstruktorlik ishlarini olib boruvchi korxonalar, tashkilotlar va muassasalar uchun, shuningdek geologiya qidiruv ishlarida qo‘llanuvchi barcha turdagi geologiya-qidiruv asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun majburiydir. Qoidalarda xavfsizlik choralari ko‘zda tutilmagan geologiya-qidiruv ishlarini va ular bilan birgalikda olib boriladigan ishlarni bajarishda geologiya tashkilotlari ana shunday turdagi ishlarda mehnat muhofazasi bo‘yicha amaldagi me'yoriy hujjatlar (Qoidalar, standartlar, yo‘riqnomalar, me'yorlar yoki ularning bo‘limlari)ga rioya qilishlari kerak. Korxonalar mehnat muhofazasi xizmatlarini tashkil qiladi, mehnat muhofazasi uchun kerakli mablag‘lar ajratadi, mehnat muhofazasini boshqarishning tashkiliy shakllarini ishlab chiqadi va mehnat muhofazasiga oid masalalarni hisobga olgan holda barcha xodimlarning lavozim majburiyatlarini belgilaydi. Yangi ish turlari va texnologiyalarni joriy qilishda qo‘llaniladigan asbob-usukunalar va texnologik jarayonlarning eksplatatsion va ta'mirlash-texnik hujjatlarida bayon qilingan xavfsizli talablariga hamda ushbu Qoidalarga asoslangan holda korxonalar, ishlarni bajarishning muayyan sharoitlarini hisobga olgan holda, ishchi kasblari uchun,mehnat muhofazasi bo‘yicha belgilangan tartibda yo‘riqnomalarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va qayta ko‘rib chiqadi. Boshqa korxonalar faoliyat ko‘rsatayotgan hududlarda amalga oshiriluvchi barcha turdagi geologiya-qidiruv ishlari va geologik tadqiqotlar o‘sha korxonalar bilan kelishilgan holda o‘tkazilishi lozim. Barcha geologiya-qidiruv ishlari tasdiqlangan hamda Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining geologiya-qidiruv ishlari olib borishda sanoat xavfsizligi inspeksiyasi bilan kelishilgan loyihalar asosida olib borilishi kerak.
Download 65.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling