Ўзбекистон республикаси ва олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги


Download 65.12 Kb.
bet2/3
Sana26.10.2023
Hajmi65.12 Kb.
#1723712
1   2   3
Bog'liq
Amaliyot Hisobot Sulaymonov Doston

Mehnat muhofazasi - inson ning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, sihat-salomatligi va ish qobilyatining saqlanishiga qaratilgan tadbirlar. Qonun hujjatlarida mehnat jarayonida qoʻllaniladigan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnik, sanitariya-gigiyena, davolash-profilaktika chora tadbirlari belgilab qoʻyiladi. Mehnat qiluvchi shaxs xavfsizligi, salomatligi, mehnat qilish qobiliyatini himoyalash, sogʻlom mehnat sharoitlari yaratish, kasb kasalliklari yuz berish xavfini oldini olish, ishlab chiqarishda jarohatlanishlarga yoʻl qoʻymaslik kabilar mehnat muhofazasi oldidagi vazifalar hisoblanadi.
OʻzRda xavfsiz va qulay mehnat sharoitida ishlash yuzasidan fuqarolarning huquqlari Konstitutsiyada (37-modda) mustahkamlanib qoʻyilgan. Ushbu konstitutsiyaviy kafolatni amalda roʻyobga chiqarilishiga qaratilgan aniq chora tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasi ning Mehnat kodeksida, "Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida"gi qonun (1993-yil 6-may)da, boshqa bir qator qonunlar va qonun osti normativ hujjatlarida belgilangan. Oʻzbekistonda Mehnat muhofazasi uchun katta moliyaviy mablagʻlar ajratiladi va oʻzlashtiriladi. Sogʻlom va xavfsiz mehnat sharoitida mehnat qilish huquqi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining eng asosiy mehnat huquqlaridan boʻlib hisoblanadi. Mehnat muhofazasiga oid talablar va standartlar Mehnat kodeksi, "Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida"gi qonun talablari asosida ishlab chiqariladigan korxona va tashkilotlarning ichki mehnat tartibi qoidalari, jamoa shartnomalari, tarmoq yoki mintaqaviy jamoa kelishuvlari, korxonalarning boshqa ichki normativ huquqiy hujjatlarida, muayyan soha, kasb, ish joylariga oid boʻlgan Mehnat muhofazasi standartlarida belgilab qoʻyiladi. Mulkchilik shakli va xoʻjalik yuritish usulidan qatʼiy nazar barcha korxona, muassasa, tashkilotlar oʻz xodimlari uchun sogʻlom va xavfsiz mehnat sharoitini yaratishi, xavfsizlik texnikasi choralarini koʻrishi, mehnatni muhofaza qilish xizmatlarini tashkil etishi, boshqa tashkiliy texnik tadbirlarni amalga oshirishi shart.
Mehnat muhofazasi qoidalariga rioya etilishi maxsus davlat organlari va jamoatchilik tomonidan nazorat qilib boriladi. Qonunlarga, shu jumladan, Mehnat muhofazasiga oid qonunlarga rioya etilishi ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga boʻysunuvchi prokurorlar umumiy nazorat olib boradi. Mehnat muhofazasi haqidagi qonun talablarini buzgan korxonalarga moliyaviy-iqtisodiy jazo choralari, ularning mansabdor shaxslariga nisbatan esa institutizomiy?, maʼmuriy-huquqiy, jinoiy javobgarliklar qoʻllanishi, ular aybi bilan yetkazilgan moddiy zararlar qoplantirilishi mumkin.


Geologiya-qidiruv ishlarida xavfsizlik qoidalariga ko‘ra, ushbu Qoidalar mulkchilik shaklidan qat'iy nazar, foydali qazilma konlarini izlash-qidirish ishlari va texnik hamda texnologik ehtiyojlar uchun shunga o‘xshash ishlarni olib boruvchi va shunday maqsadlar uchun ilmiy-tekshirish, muhandislik-tadqiqot, loyihalash va konstruktorlik ishlarini olib boruvchi korxonalar, tashkilotlar va muassasalar uchun, shuningdek geologiya qidiruv ishlarida qo‘llanuvchi barcha turdagi geologiya-qidiruv asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun majburiydir. Qoidalarda xavfsizlik choralari ko‘zda tutilmagan geologiya-qidiruv ishlarini va ular bilan birgalikda olib boriladigan ishlarni bajarishda geologiya tashkilotlari ana shunday turdagi ishlarda mehnat muhofazasi bo‘yicha amaldagi me'yoriy hujjatlar (Qoidalar, standartlar, yo‘riqnomalar, me'yorlar yoki ularning bo‘limlari)ga rioya qilishlari kerak.
Korxonalar mehnat muhofazasi xizmatlarini tashkil qiladi, mehnat muhofazasi uchun kerakli mablag‘lar ajratadi, mehnat muhofazasini boshqarishning tashkiliy shakllarini ishlab chiqadi va mehnat muhofazasiga oid masalalarni hisobga olgan holda barcha xodimlarning lavozim majburiyatlarini belgilaydi.

Yangi ish turlari va texnologiyalarni joriy qilishda qo‘llaniladigan asbob-usukunalar va texnologik jarayonlarning eksplatatsion va ta'mirlash-texnik hujjatlarida bayon qilingan xavfsizlik talablariga hamda ushbu Qoidalarga asoslangan holda korxonalar, ishlarni bajarishning muayyan sharoitlarini hisobga olgan holda, ishchi kasblari uchun,mehnat muhofazasi bo‘yicha belgilangan tartibda yo‘riqnomalarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va qayta ko‘rib chiqadi.


B
oshqa korxonalar faoliyat ko‘rsatayotgan hududlarda amalga oshiriluvchi barcha turdagi geologiya-qidiruv ishlari va geologik tadqiqotlar o‘sha korxonalar bilan kelishilgan holda o‘tkazilishi lozim.

Barcha geologiya-qidiruv ishlari tasdiqlangan hamda Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining geologiya-qidiruv ishlari olib borishda sanoat xavfsizligi inspeksiyasi bilan kelishilgan loyihalar asosida olib borilishi kerak.


1-rasm Ochiq osmon ostidagi Geoliknik maxsus himoya kiyimlari.
Yangidan tashkil qilinayotgan korxonalar o‘z faoliyatlarini, faqat belgilangan tartibda beriladigan xavfsizlik sertifikatlari mavjud bo‘lgandagina, amalga oshirishlari mumkin.
Korxonalar har yili, ishlar boshlanishidan kamida bir oy oldin Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining geologiya-qidiruv ishlari olib borishda sanoat xavfsizligi inspeksiyasiga o‘z nazorati ostidagi geologiya-qidiruv obektlari ro‘yxatini taqdim qiladi.
Yangi, shuningdek kapital ta'mirlangan, rekonservatsiya yoki rekonstruksiyadan so‘ng obektlarni ishga tushirish, korxona rahbari tayinlaydigan komissiya tomonidan qabul qilinib tegishli dalolatnoma tuzilganidan so‘ng, amalga oshiriladi.
Barcha geologiya-qidiruv quduqlarni burg‘ilovchi burg‘ilash qurilmalarini, qidiruv shaxtalarining yer yuzasidagi majmualarini, shurflarni va shtolnyalarni qabul qilishda komissiya tarkibida Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining geologiya-qidiruv ishlari olib borishda sanoat xavfsizligi inspeksiyasi vakillarining qatnashishi shart.
Obektni qabul qilish haqida inspeksiyaga kamida 5 kun oldin xabardor qilinadi. Ushbu inspeksiya vakili kelmaganda, komissiya obektni foydalanishga topshirishga ruxsat berish huquqiga ega.
Transport vositalariga, tirkamalarga, chanalarga o‘rnatilgan, o‘ziyurar va ko‘chma geologiya-qidiruv (burg‘ilash, geofizik, kon-qazish, gidrogeologik va b.) qurilmalarini ishlatish uchun qabul qilib olish, agar mazkur qurilmalarni bir ish joyidan ikkinchi joyga ko‘chirishda asbob-uskunalarni qayta montaj qilish talab qilinmasa (bosim ostida ishlovchi liniyalarni o‘zgartirish, yuk ko‘tarish qurilmalarini almashtirish, ishchi o‘tish joylarini o‘zgartirish va h.k.), har bir kapital ta'mirlash va rekonservatsiyadan keyin, dala ishlarini boshlashdan oldin, lekin yiliga kamida bir marta geologiya korxonasi komissiyasining dalolatnomasi bilan rasmiylashtirilgan holda amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarish inshootlari (turg‘un kompressor stansiyalari, avtogarajlar, mexanika sexlari va h.k.) amaldagi qurilish me'yorlari va qoidalari bilan belgilanadigan tartibda ishga tushirilishi lozim.
Ish joylarini mehnat muhofazasiga oid me'yoriy talablarga muvofiqligi bo‘yicha attestatsiya qilish 5 yilda bir marta va mehnat sharoitlari o‘zgargan holda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Mehnat sharoitlarini baholash va mehnat sharoitlari bo‘yicha ish joylarini attestatsiya qilish uslubiyoti”ga muvofiq o‘tkazilishi kerak.
Aholi punktlaridan tashqarida, telefon aloqasi punktlaridan yoki aloqa mavjud bo‘lgan obektlardan 5 km va undan ortiq masofada joylashgan geologiya-qidiruv ishlarining barcha obektlari (yakka burg‘ilash qurilmalari, burg‘ilash, tog‘-kon qidiruv va geofizika ishlari uchastkalari, geologik tasvirlash va izlash partiyalari, otryadlari va h.k.) partiya yoki ekspeditsiya bazasi bilan kechayu-kunduz ishlovchi telefon yoki radio aloqasi bilan ta'minlangan bo‘lishlari kerak.
Ishlar o‘tkazilayotgan obektda doimiy ravishda texnologik yoki navbatchi avtotransport mavjud hollarda, yuqorida ko‘rsatilgan masofa 30 km gacha uzaytirilishi mumkin.
Har bir ish obektida ishchilar uchun ish turlari va sharoitlari bo‘yicha mehnat muhofazasi, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, yong‘in xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnomalar hamda ogohlantiruvchi va xavfsizlik belgilari bo‘lishi kerak. Zarur yo‘riqnomalar va belgilar ro‘yxati korxona rahbariyati tomonidan tasdiqlanadi.
Mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomalar ishchi-xodimlarga qo‘l qo‘ydirgan holda berilishi yoki ish joylari va uchastkalarda osib qo‘yilishi, yoki barcha ishlovchilar tanishib chiqishlari mumkin bo‘lgan alohida joylarda saqlanishi kerak. Uchastka rahbarida (usta, mexanik, prorab va h.k.) barcha ishchilar tanishib chiqib imzo chekkan amaldagi yo‘riqnomalar to‘plami bo‘lishi kerak.
Ishchilar va mutaxassislar tasdiqlangan me'yorlarga muvofiq maxsus kiyim-bosh, poyabzal va shaxsiy himoya vositalari bilan ta'minlangan bo‘lishlari va ulardan ish sharoitlariga muvofiq ravishda foydalanishlari kerak.
Shaxsiy himoya vositalarini berish, saqlash va foydalanish “Ishchi va xizmatchilarni maxsus kiyim-bosh, poyabzal va boshqa shaxsiy himoya vositalari bilan ta'minlash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma”ga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Geologiya korxonalarining rahbar xodimlari va mutaxassislari ishlab chiqarish obektlarida har safar bo‘lganlarida, obektlarning rahbarlari va ish bajaruvchilari tomonidan mehnat muhofazasi bo‘yicha lavozim yo‘riqnomasi, mehnatni muhofaza qilish yo‘riqnomasi talablarining bajarilishini, mehnat muhofazasi ahvolini tekshirishlari va bunda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha bevosita o‘zlari ishtirok etgan holda choralar ko‘rishlari shart.
Tekshiruvchi ishtirokida bartaraf qilinishi mumkin bo‘lmagan kamchiliklar, tekshiruvchi tomonidan har bir obektda bo‘lishi shart bo‘lgan “Mehnatni muhofaza qilish holatini tekshirish jurnali”ga yozib qo‘yiladi.
Odamlarga, inshootlar va mol-mulkka zarar keltiruvchi xavfni sezgan har bir ishlovchi uni bartaraf qilish uchun o‘ziga bog‘liq bo‘lgan barcha choralarni ko‘rishi va bu haqda darhol o‘zining bevosita rahbariga yoki texnik nazorat xodimiga xabar berishga majburdir.
Ish rahbari yoki texnik nazorat xodimi xavfni bartaraf qilish bo‘yicha choralar ko‘rishi shart. Xavfni bartaraf qilish mumkin bo‘lmagan hollarda ishni to‘xtatishi, ishlovchilarni xavfsiz joyga olib chiqishi va bu haqda lavozimi o‘zidan yuqori shaxsga xabar qilishi lozim.

2-rasm Qidiriuv razvedka jarayoni.


Ma'muriyat tomonidan xodimning sog‘lig‘iga yoki hayotiga tahdid soluvchi xavfni bartaraf qilish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmagan hollarda xodim, xavf bartaraf qilinguncha ishni to‘xtatish huquqiga ega.
Topshiriq ikki va undan ortiq bo‘lgan xodimlar guruhi tomonidan bajarilganda, ulardan biri ishni xavfsiz bajarish bo‘yicha mas'ul qilib tayinlanishi hamda uning farmoyishlari guruhning barcha a'zolari uchun majburiy hisoblanishi kerak.
Navbat almashib bajariladigan (smenali) ishlar xavfsizligi uchun mas'ul bo‘lgan shaxslar smenani qabul qilib olish va topshirishda ish joylari va asbob-uskunalarning holatini tekshirishi va bu haqda smenani qabul qilish va topshirish jurnaliga yozib qo‘yishi shart. Smenani qabul qiluvchi, ishlar boshlangunga qadar mavjud nosozlik va kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha choralar ko‘rishi lozim.
O‘qotar qurollardan foydalanish va ularni saqlash “O‘qotar qurollar va ularga tegishli o‘q-dorilarni sotib olish, tashish, saqlash, hisobga olish va ulardan foydalanish, tig‘li sovuq qurollarni tayyorlash, o‘q otish tirlari, maxsus o‘q otish joylari va stendlar hamda qurol-yarog‘ ta'mirlaydigan ustaxonalarni ochish, o‘qotish-ovchilik stendlari, qurollar va o‘q-dorilar hamda ov pichoqlari bilan savdo qilish tartiblari to‘g‘risida yo‘riqnoma”ga muvofiq amalga oshiriladi.
Ogohlantiruvchi va yorituvchi raketalarni otuvchi maxsus to‘pponchalardan foydalanish, ularni saqlash va hisobdan chiqarish tartiblari Ichki ishlar vazirligining mahalliy idoralari bilan kelishilgan holda korxona rahbari tomonidan belgilanadi.
Barcha ishlar atrof-muhitni muhofaza qilish haqidagi qonunlarga rioya qilingan holda bajarilishi kerak. Geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish jarayonida atrof-muhitga ta'sir etuvchi salbiy oqibatlar mazkur ishlarni bajaruvchi korxonalar tomonidan tugatilishi kerak.
Har bir ish obektida ishlarni bajarishda qo‘llaniladigan barcha kimyoviy reagentlar uchun, ulardan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomalar bo‘lishi, bu yo‘riqnomalarda odamlar va atrof-muhitni himoya qilish choralari ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
Agar ish uchastkasida o‘ziyurar geologiya-qidiruv qurilmalaridan va boshqa transport vositalaridan foydalanilayotgan bo‘lsa, ish jarayonida va tanaffuslarda transport vositalari ostida bo‘lish, o‘t-o‘lanlar va butalar orasida hamda boshqa ko‘rinmas joylarda turish yoki dam olish man etiladi.
Alkogol, giyohvandlik yoki toksik moddalar ta'sirida mast bo‘lgan hamda kasal holatdagi shaxslarni ishga qo‘yish man etiladi.
Korxonalar xodimlari O‘zbekiston Respublikasining qonunlarida belgilangan tartibda va shartlarda baxsiz hodisalar va kasbiy kasalliklardan majburiy ravishda sug‘urta qilinishi lozim.
Ishlovchilarda kasbiy kasallik alomatlari aniqlangan hollarda, ular tibbiy komissiya xulosasiga muvofiq boshqa ishga o‘tkazilishi zarur.
Baxsiz hodisalar “Ishlab chiqarishdagi baxsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizom”ga muvofiq tekshirilishi va hisobga olinishi kerak.
Korxonalarda shikastlangan va kasallikka chalingan xodimlarni dala ishlari uchastkalaridan eng yaqin tibbiy muassasalariga olib borish tartibi belgilangan bo‘lishi kerak.

Geologik qidiruv ishlariga sarflangan xarajatlarning iqtisodiy samaradorligi ularning natijalarini xolisona baholash imkonini beradi. Geologiya-qidiruv ishlarining iqtisodiy samaradorligi mezoni va ko'rsatkichlarini to'g'ri tanlash mineral xom ashyoni qidirish uchun ruxsat etilgan maksimal xarajatlarni asoslashning zaruriy shartidir. Geologiya-qidiruv ishlarining iqtisodiy samaradorligi ijtimoiy mehnat unumdorligining oshishi bilan ifodalanadi. SHuning uchun ham unga o’rganilayotgan konlarning tabiiy xususiyatlari, geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etishning ilmiy darajasi va mukammalligi, geologiya va qidiruv ishlarining ilmiy-texnikaviy taraqqiyoti, shuningdek, tog’-kon sanoatida mineral xomashyodan foydalanishning to’liqligi va darajasi ta’sir ko’rsatadi. va qayta ishlash sanoati.

Geologiya-qidiruv ishlarining tarmoq samaradorligiga muhim o'rin beriladi. Geologiya-qidiruv ishlarining tarmoq iqtisodiy samaradorligini eng to'liq baholash xarajatlarni asoslash koeffitsienti (CRR) bilan ta'minlanadi. U ma'lum hajm va ish sifatini bajarish uchun zarur bo'lgan standart xarajatlarning haqiqiy sarflangan xarajatlarga nisbati sifatida ifodalanadi. Standart xarajatlar deganda ko'rib chiqilayotgan muayyan shartlar uchun xarajatlarning minimal talab darajasi tushuniladi. Ular ishlab chiqarish bo'lmagan xarajatlarni (NC) haqiqiy xarajatlardan ZFchiqarib tashlash yo'li bilan aniqlanadi va foizlarda ifodalanadi.


Geologik qidiruv ishlari. Geologik qidiruv ishlarining narxiga sezilarli ta'sir ko'rsatadigan asosiy omillarga quyidagilar kiradi. Chidamliroq bitlarni yaratish va joriy etish,
Geologik va tabiiy sharoitlarga mos ravishda normal diapazondagi burg'ulash dastgohlaridan foydalanish,
Yangilarini joriy etish va mavjud ishlab chiqarish fondlarini modernizatsiya qilish, shuningdek, quduqlarni burg'ulashning ilg'or texnologiyasi; Geologiya-qidiruv ishlarini ishlab chiqarishning oqilona metodologiyasining mavjudligi, uni tanlash xarajatlar miqdorini belgilaydi;- qat'iy sifat nazoratini o'rnatish;
Dizayn sifatini oshirishBu manba matni haqida batafsilQoʻshimcha axborot olish uchun manba matnini kiriting Fikr-mulohaza Yon panellar Tarix Saqlab olingan Hissalar Maksimal belgilar cheklovi. Loyihalar geologik vazifani eng kam mehnat va moddiy xarajatlar bilan bajarishga imkon beruvchi eng tejamkor variantlarni asoslashi kerak;sh uchun strelkalardan foydalaning
Geologiya-qidiruv ishlarining hududiy taqsimotidagi siljishlar;
Geologiya-qidiruv korxonalarini ta'minlashni tashkil etishni takomillashtirish;- tabiiy sharoitlarning o'zgarishi;
Moddiy resurslarga narxlar darajasi va ish haqi darajasining o'zgarishi.
Burg'ulash. Xarajatlarni kamaytirishning asosiy yo'llari burg'ulash texnikasi va texnologiyasini takomillashtirish, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdir.Neft va gaz quduqlarini burg'ulash materialni ko'p talab qiladigan sanoat bo'lganligi sababli; Ishlab chiqarishni yaxshilash va moddiy xarajatlarni tejashning etakchi yo'nalishlari quyidagilardir: quduqlar dizaynini soddalashtirish va engillashtirish, burg'ulash dastgohlarining ilg'or usullarini joriy etish, klasterli burg'ulashdan oqilona foydalanish, burg'ulash suyuqliklarini tayyorlash va ulardan foydalanish texnologiyasini takomillashtirish. quduqni burg'ulashni tezlashtirish, qatlam sinovchilaridan ommaviy foydalanish va boshqalar.
Geologiyaning izlanish usullari. Minerallar va tog‘ jinslari uzoq davr mobaynida va murakkab jarayonlar natijasida vujudga keladi.Masalan, vulqon yoki marjon orollarining, ko‘mir, neft-gaz qatlamining, ruda yoki sochma oltin konlarining hosil bo‘lishi bunga misol bo‘la oladi. Hozirgi tabiiy jarayonlarni – daryolar, muzliklar, dengizlar va shamollarning geologik ishini o‘rganish, hamda tog‘jinslari va foydali qazilmalarning hosil bo‘lish qonuniyatlarini bilish qadimiy tog‘ jinslarining paydo bo‘lishini aniqlashda katta rol o‘ynaydi. O‘z-o‘zidan ma’lumki, geologiya fani Yer qobig‘ining tuzilishini va uning rivojlanish tarixi masalalarini qanday usul bilan o‘rganadi degan savol tug‘iladi. Hamma tabiiy-tarixiy fanlar kabi, geologiya fani ham kuzatish, tajriba (eksperiment) va tasvirlash, xulosa yoki logic fikrlash usullariga ega. Geologiyaning tekshiradigan obyekti Yer bo‘lib, u uzoq rivojlanish tarixiga ega. Binobarin, eksperiment geologik usullar ichida ikkinchi o‘rinni egallaydi. Chunki tog‘larning hosil bo‘lishi ustidan tajriba o‘tkazish hozircha bizning qo‘limizdan kelmaydi. Shunday qilib, geologiyada qo‘llanadigan eng qulay usul kuzatish usuli bo‘lib, u to‘la va aniq olib borilishi lozim Yaxshi va aniq kuzatilgan tabiat hodisalaridan har taraflama mufassal ilmiy xulosalar chiqarish mumkin.
Geologiyadagi kuzatish usuli Yer qatlamlarining stratigrafiyasi, petrografiyasi, paleontologiyasi, fatsiyasi va tektonikasini o‘rganishga asoslangan. Stratigrafik tekshirish usuli deganda, Yer qobig‘i qatlamlarining qanday tartib bilan yotishini va ularning tarixiy, xronologik davrlarda ketma-ket muntazam ravishda hosil bo‘lganini tekshirish tushuniladi. Stratigrafik asosiy qonuniyatga ko‘ra, eng pastdagi qatlam (agar qatlamlar hammasi burmalanmagan va gorizontal yotgan bo‘lsa)eng qadimgi qatlam hisoblanadi. Petrografik kuzatish esa (petros – tosh, grafo – chizish) Yer qobig‘i tarkibidagi tog‘ jinslarining nimadan tuzilganligini aniqlaydi.Petrograf o‘z oldida qanday jinslar – qum, gil, ohaktosh, slanets yoki granit turganligini bilishi kerak. Paleontologik kuzatish esa Yer po‘stidagi tog‘ jinslarida uchraydigan hayvon, o‘simliklarning toshga aylangan qoldiqlarini o‘rganadi,tog‘ jinslarida hayvon va o‘simlik qoldiqlarining toshga aylangan holda topilishi geolog uchun shu jinsning nisbiy yoshini aniqlashga imkon beradi. Paleontologik kuzatish paytida biologiyaning Yerda organik dunyoning hosil bo‘lishi va rivojlanishi haqidagi qonuniyatlaridan foydalanib xulosalar chiqariladi. Bir xil tarkibli va bir xil fauna hamda floradan iborat bo‘lgan qatlam yoki bir necha qatlam yig‘indisi geologiyada fatsiya deb ataladi.Fatsiya – tur degan ma’noni bildiradi. Qumning qizil rangda bo‘lishi uning iliq, hatto issiq iqlimda vujudga kelganligini ko‘rsatsa, qora yoki kul rang ekanligi sovuq iqlimda vujudga kelganligidan dalolat beradi. Qum, umuman, shamol, suv va issiq-sovuq ta’sirida toshlarning maydalanishi natijasida hosil bo‘ladi, suvdagi loyqa suv tagiga cho‘kib gil hosil bo‘ladi. Fatsiya o‘ziga xos petrografik va organik tarkibga ega bo‘lgan qatlamlar kompleksidir. Fatsiyani o‘rganish uchun jinslar orasidagi hayvon qoldiqlarini topish va aniqlash juda muhimdir. Masalan,qobig‘i yupqa chig‘anoqlar tinch va chuqur suvlarda, og‘ir, qobig‘I dag‘al chig‘anoqlar to‘lqinli, notinch suvda yashaydi. Jinsning fatsial xususiyatlariga qarab geolog uning qanday tabiiy geografik sharoitda paydo bo‘lganligini, ya’ni shu jins hosil bo‘lgan davrning paleografiyasini bilib olishi mumkin. Nihoyat tektonik kuzatishlar natijasida tog‘ jinslarining yotish xarakterini o‘rganish mumkin. Jinslar gorizontal holda ham, qiya holda ham yotadi. Tektonika Yer po‘stining tuzilishi, harakatlari,o‘zgarishi va rivojlanishini o‘rganadi. Tog‘ jinslari qatlamlari tektonik harakatlar natijasida ko‘tarilib, burmalar hosil qiladi. Burmalanish tog‘ hosil bo‘lish jarayoni bilan bog‘liqdir. Tektonik harakatlar natijasida Yer po‘stining biron yerida tog‘ hosil bo‘ladi. Geologiyada geofizik va geokimyo usullar keng qo‘llaniladi.Yerning og‘irlik kuchi aniq va sezgir asboblar bilan o‘lchanadi. Yer yuzasida og‘irlik kuchining tarqalishini gravimetriya tekshiradi. Og‘irlik kuchi tarqalishining aniqlanishi Yerning fizik holatini izostaziya, ya’ni muvozanat holatini tushuntiradi. Yerning magnit va elektrik xossalarini o‘rganish esa geologiya qidirish ishining eng muhim usuli bo‘lganmagnitometriya razvedkasida juda ahamiyatlidir. Qazilma boyliklarni qidirishda bu usul ko‘p ishlatiladi.
Yerni geofizik jihatdan tekshirishda uning eng chuqur qismini tekshiruvchi seysmometrik usuldan foydalaniladi. Bu usul Yer qatlamlaridagi seysmik (zilzila) to‘lqinlarning tarqalish tezligi,yutilish va qaytish qonuniyatlari, Yerning fizik va kimyoviy xususiyatlarini o‘rganadi, shuningdek, geologiyada geoqimiyoning yutuqlari ham katta o‘rin tutadi. Geoximiya tog‘ jinslarini tashkil etgan kimyoviy moddalarni aniqlaydi, metallogeniya va vulqon otilishi jarayonlarida vujudga kelgan kimyoviy elementlarning tarqalish qonuniyatlarini o‘rganadi.



Download 65.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling