Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги
PEDOGOGIK AMALIYOT HISOBOTI
Download 19.01 Kb.
|
1 2
Bog'liqtavsifnoma
PEDOGOGIK AMALIYOT HISOBOTI
Men Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat O’zbek tili va adabiyoti Universiteti Sirtqi Ta’lim 3-kurs 320- guruh talabasi Murotova Mexrangiz Shukurilloyevna 24- apreldan, 6- maygacha bo’lgan muddatda pedogogik amaliyotda bo’ldim. Surxondaryo viloyati Uzun tumanidagi 17-sonli umumta’lim maktabida amliyot o’tkazdim. Bu vaqt davomida maktab xodimlari, rahbarlari va maktab hayotini o’rgandim. Maktabning moddiy sharoiti bilan, hamda maktab jamoasi bilan tanishdim. Bu vaqt mobaynida maktab tomondan menga biriktirilgan ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Jo’raqulova Surayyo bilan o’quv dars mashg’ulotlarida qatnashdim, o’qituvchining ish hujjatlari bilan tanishdim. Bundan tashqari maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar bilan, sinf rahbarlari ish hujjatlari bilan ham tanishdim. O’qituvchilarning darslariga kirib kuzatib metodlar o’rgandim. Maktabda 5 nafar ona tili va adabiyot fani o’qituvchilarining barchalarini darslarini, ochiq darslarini kuzatib qatnashdim. 26- aprel xalqimiz suygan, el ardog’ida bo’lgan marxum shoirimiz Muhammad Yusuf tavalludiga bag’ishlab o’tkazilgan tadbirda qatnashdim. Shu amaliyot davomida ilg’or tajribali ustozlar bilan tanishib, ulardan o’zimga kerakli bilim va tajribalar o’rgandim. Maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni ham kuzatib bordim, o’quvchilar bilan qanday muomala qilishni, ularga qaysi yo’nalishlar bo’yicha bilim berishni o’rgandim. Maktabda o’tkazilgan ota onalar yig’ilishini ham kuzatdim. Men mana shu amaliyot jarayonida, o’zim bilmagan ko’p ish tajribalarni o’rgandim. Download 19.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling