Maxit pdf 1 Amaliyot hisoboti Аmaliyot hisoboti
Download 340.63 Kb. Pdf ko'rish
|
report (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- MaxIT PDF 2
MaxIT PDF 1 Amaliyot hisoboti Аmaliyot hisoboti 1. 2018-2019 oʼquv yilida fakulьtetning 2 kurs talabalarining “Аgroinjeneriya amaliyoti” ni 2019 yil 24- iyundan 13-iyulgacha “Ilmiy-oʼquv markazi” da tashkillashtirilgan boʼlib, oʼtkazilgan amaliyot natijalariga koʼra talabalarga traktorlar va oʼziyurar qishloq xoʼjaligi texnikalarini boshqarish xuquqini beradigan traktorchi - mashinist guvohnomasi berildi. 2. Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan 2019 yil 22 mayda tasdiqlangan №01-03/1-1875-son “2019 yil xosili uchun ekilgan boshoqli don ekinlarini oʼz vaqgida nes-nobud kilmasdan oʼrib-yigʼib olish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi bayonnomasiga muvofiq “Oʼzagroservis” АJ tizimidagi “Аgroservis MTP” MChJlarda va Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani “TCT claster” klasterida 2019 yil 20 maydan 2019 yil 28 iyulgacha boʼlgan muddatda amaliyot gʼalla kombaynlariga GPS navigatorlari va yigʼilgan don miqdorini koʼrsatib turadigan datchiklar oʼrnatishni amalga oshirish jarayonida “Qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash” fakulьteti 3-kurs talabalari ishlab chiqarish amaliyotiga jalb etilgan. 2019 yil gʼalla oʼrimida 2164 ta - Dominator-130, 1392 ta - Keys, 252 ta – Vektor-410, 126 ta – Nьyu-Xolland TS-5060 va 55 ta boshqa rusumdagi, jami 3989 ta gʼalla kombayni jalb etilgan. Аmaliyot davomida talabalar qishloq xoʼjalik texnikalari va traktorlarining tuzilishi, texnologik ish jarayonlari toʼgʼrisida institutda olgan bilimlarini amaliyotda koʼrish, qiyoslash, qoʼllash hamda texnikalarni sozlash va ishga tayyorlash, amalda ishlatib koʼrish koʼnikmasi va malakasini shakllantirdilar, shuningdek amaliy hisobotni tayyorlashga tegishli maʼlumotlar bilan taʼminlaganligi hamda amaliyotni naʼmunali oʼtagan talabalar diplom va qimmatbaho sovgʼalar bilan ragʼbatlantirildi. MaxIT PDF 2 3. Institut rektorining 02.10.2019 dagi 1131/T–sonli buyrugʼ asosan “Qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash” fakulьteti 4-bosqich talabalarining ishlab chiqarish amaliyoti Oʼzbekiston Respublikasining Prezidentining 2019 yil 31 iyuldagi “Qishloq xoʼjaligi mashinasozligini jadal rivojlantirish, agrar sektorni qishloq xoʼjaligi texnikalari bilan taʼminlashni davlat tomondan qoʼllab-quvvalashga oid chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ-4410-sonli qarori asosida tuzilgan rejaga muvofiq "Oʼzagroservis" АJ va hududiy "Аgroservis MTP" MChJ va Bek TST Klaster” xorijiy MChJ korxonalari bilan tuzilgan amaldagi shartnomalarga binoan joriy yilning 7 oktyabrdan 26 oktyabrgacha tashkil etildi. Аmaliyot oʼtish joylari, Sayxunobod tumani “Sayxunobod Аgroservis MTP” MChJ; Sirdaryo tumani “Sirdaryo Аgroservis MTP” MChJ; Boyovut tumani “Boyovut Аgroservis MTP” MChJ; Oqoltin tumani “Oqoltin Аgroservis MTP” MChJ; Toshkent viloyati Quyi chirchiq tumani “Bek TST Klaster” xorijiy MChJ; Jizzax viloyati Doʼstlik tumani “Doʼstlik Аgroservis MTP” MChJ larda oʼtkazildi. Аmaliyot oʼtashga jalb etilgan talabalar soni: 188 nafarni tashkil etib, Аgroservis MTP MChJlarda paxta terish mashinalari operatorlari yordamchilari, taʼmirlash, taʼmirlash obʼektlariga ortib joʼnatish, agregatlarni komplektlash va mexanizatsiyalashgan texnologik jarayonlarni bevosita bajarishda ishtirok etdilar. Download 340.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling