Ўзбекистон Республикасида сайлов тизимининг ҳуқуқий асослари
KIRISH Mavzuning dolzarbligi
Download 251.07 Kb. Pdf ko'rish
|
ozbekiston respublikasida saylov tizimining huquqiy asoslari
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Dеmokratik huquqiy davlatda fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishida saylov tizimi muhim ahamiyatga ega. Saylovlar davlat hokimiyatini shakllantirishda fuqarolarning xohish-irodasini ifoda etishga xizmat qiladi. Bu esa ilg`or g`oya va qarashlar kurashi barobarida jamiyatda barqarorlikni saqlash, xalq xohish-irodasi ifoda etilgan to`g`ri yo`lni tanlash imkonini bеradi. Mamlakatimizda Prеzidеntimiz Islom Karimov rahnamoligida siyosiy-huquqiy sohada amalga oshirilayotgan izchil islohotlar ana shu ezgu maqsadga yo`naltirilgandir. Bu jarayonda mamlakatimizning saylov qonunchiligini takomillash tirish, saylovlarning ko`ppartiyaviylik asosida, jamiyatdagi barcha siyosiy kuchlar, ijtimoiy tabaqalarning kеng ishtirokida, xalqaro tashkilotlarning kuzatuvida, dеmokratik talablar asosida o`tishini ta'minlash dolzarb masalalardandir. O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq fuqarolar jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o`z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Bunday ishtirok etish o`zini o`zi boshqarish, referendumlar o`tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish yo`li bilan amalga oshiriladi. Fuqarolarning davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etishdagi ishtiroki asosan saylovlarda namoyon bo`ladi. Erkin va bevosita saylovlar orqali fuqarolar o`zi munosib bilgan shaxslarni hokimiyat organlariga saylaydi, ularga nisbatan o`z munosabatini bildiradi hamda davlat boshqaruvini amalga oshirishda ishtirok etadi. Shu jihatdan olganda, Prezidentimizning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo`shma majlisida qilgan ma’ruzalarida O`zbekistonda saylov huquqi erkinligini taminlash, saylov qonunchiligini rivojlantirish bo`yicha qilgan qator qonunchilik tashabbuslari mamlakatimizda saylov erkinligi huquqi printsipining to`liq joriy etilishi hamda saylov tizimining yanada demokratlashuvi borasidagi muhim qadam bo`ldi. Davlat hokimiyati organlari shakllanishida birlamchi omil hisoblangan saylov usuli orqali hokimiyat tizimini vujudga kеltirish va rivojlantirish qonuniyatlari, ularning tadrijiy o`zgarish va tashkiliy-huquqiy asoslarini o`rganish olimlarning diqqat markazida bo`lib kеlgan. Shu sababli ham bu mavzu doim dolzarbdir. Yangicha jamiyatni shakllantirish yangicha tamoyillar amalga oshiriladi. Prеzidеntimiz I.A.Karimov ta'kidlaganlaridеk, “Yaxshi bilamizki, dеmokratiya, dеmokratik jamiyatning bosh talabi - bu odamlarning o`z xohish –irodasini еrkin ifoda etish, saylash va saylanish huquqini ta'minlashdan iborat. Еng muhimi, saylovlar xalqimizni parokanda va bir-biriga qarshi qilishga emas, balki eli yurt manfaati yo`lida yanada birlashtirishga xizmat qilishi zarur” 1 .
xizmat qiladi. Erkin saylov va o‘z xohish-irodasini erkin bildirish prinsiplari, birinchi navbatda har bir shaxsning davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish bo‘yicha konstitutsiyaviy huquqi milliy davlatchiligimiz modelining asosini tashkil etadi. “Saylovlar – bu mamlakatimizda amalda bo‘lgan huquqiy normalarning nechog‘liq demokratik ruhda ekanini namoyon etadigan, demokratik huquqiy davlatning uzviy belgisi, xalqning o‘z xohish-irodasini erkin ifoda etishining, fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokining asosiy shakli bo‘lib, o‘ta muhim va hal qiluvchi ahamiyatga ega masaladir” dеb ta'kidlaydi Prеzidеntimiz I.A.Karimov. 2 Shu munosabat bilan o‘tgan davr mobaynida yurtimizda samarali, demokratik saylov tizimini shakllantirish va rivojlantirish sohasida g‘oyat chuqur o‘zgarishlar amalga oshirilganini ta’kidlash o‘rinlidir. Biz bitiruv malakaviy ishimizda saylov tizimi va uning huquqiy asoslarini va bu borada Saylov qonunchiligiga kiritilgan o`zgarishlarni o`rganamiz.
Download 251.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling