Zbekiston respublikasining qonuni jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi shaxslar


-modda. Ma’muriy nazoratni tugatish tartibi


Download 69.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/18
Sana05.01.2022
Hajmi69.36 Kb.
#217982
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
Ozod Etilganlarni Ma'muriy Nazorat To'g'risida

13-modda. Ma’muriy nazoratni tugatish tartibi


Ma’muriy nazorat quyidagi hollarda tugatiladi:

ma’muriy nazorat o‘rnatilgan muddat tugaganda;

sudlanganlik holati tugallangan yoki sudlanganlik olib tashlanganda;

nazorat ostidagi shaxs ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan va jazoni o‘tash joyiga

yuborilganda;

nazorat ostidagi shaxsga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilganda;

nazorat ostidagi shaxs boshqa davlatga doimiy yashash joyiga chiqib ketganda;

nazorat ostidagi shaxs vafot etgan yoki sudning uni vafot etgan deb topish to‘g‘risidagi

qarori qonuniy kuchga kirganda.

Ushbu  moddaning  birinchi  qismida  nazarda  tutilgan  asoslar  bo‘yicha  ma’muriy

nazoratni tugatish to‘g‘risida ichki ishlar organi tomonidan qaror chiqariladi.

Agar  nazorat  ostidagi  shaxs  huquqbuzarlik  sodir  etmayotganligi,  o‘ziga  nisbatan

belgilangan  ma’muriy  cheklovlarga  rioya  qilayotganligi  hamda  zimmasiga  yuklatilgan

majburiyatlarni bajarayotganligi aniqlansa, shuningdek yashash, ish, o‘qish yoki xizmat joyidan

ijobiy tavsifnomalar mavjud bo‘lsa, ma’muriy nazorat muddatining kamida yarmi o‘tgach ichki

ishlar organining taqdimnomasi yoxud nazorat ostidagi shaxsning yoki uning vakilining arizasi

asosida,  shuningdek  mehnat  jamoasining,  jamoat  birlashmasining  va  fuqarolar  o‘zini  o‘zi

boshqarish  organining  iltimosnomasiga  ko‘ra  ma’muriy  nazorat  sud  tomonidan  muddatidan

ilgari  tugatilishi  mumkin.  Ma’muriy  nazoratni  muddatidan  ilgari  tugatish  to‘g‘risidagi

taqdimnoma, ariza yoki iltimosnoma o‘n kunlik muddatda ko‘rib chiqilishi lozim.

Ma’muriy  nazoratni  muddatidan  ilgari  tugatish  to‘g‘risida  sud  tomonidan  qaror

chiqariladi, qaror nazorat ostidagi shaxsga e’lon qilinadi.




Download 69.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling