Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish


-modda. Ijro hujjatiga nisbatan qo‘yiladigan talablarni buzish oqibatlari


Download 0.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/68
Sana03.02.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1150996
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   68
Bog'liq
SUD HUJJATLARI VA BOSHQA ORGANLAR HUJJATLARINI IJRO ETISH

24-modda. Ijro hujjatiga nisbatan qo‘yiladigan talablarni buzish oqibatlari
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Agar ijro hujjati ijroga topshirish muddati o‘tib ketganidan keyin yuborilgan bo‘lsa yoki 
ushbu Qonunning 
8-moddasida 
nazarda tutilgan talablarga muvofiq bo‘lmasa, yoxud zarur hujjatlarni 
ularga qo‘yiladigan talablarga muvofiq holda rasmiylashtirib ijro hujjatiga ilova qilish to‘g‘risidagi 
talabga rioya qilinmagan bo‘lsa, davlat ijrochisi ijro hujjatini olgan kundan e’tiboran uch kunlik 
muddat ichida qaytarib yuboradi. 
(24-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) 
Ijro hujjatini qaytarib yuborish to‘g‘risida qaror chiqariladi, uning nusxasi qaror chiqarilgan 
kunning ertasidan kechiktirmay undiruvchiga, ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organga 
yuboriladi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Ijro hujjatini qaytarib yuborish to‘g‘risidagi qarorda ushbu Qonunning 
8-moddasida
va 
boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan qaysi talablar buzilganligi ko‘rsatiladi. 
(24-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Ijro hujjatining yo‘l qo‘yilgan nuqsonlarni bartaraf qilish uchun qaytarib yuborilishi bunday 
nuqsonlar bartaraf qilinganidan keyin ijro hujjatini davlat ijrochisiga ikkinchi marta umumiy tartibda 
yuborish uchun to‘sqinlik qilmaydi. Sud yoki boshqa organ ijro hujjatida yo‘l qo‘yilgan nuqsonlarni 
qaytarilgan ijro hujjati kelib tushgan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida bartaraf qiladi va uni 
takroran davlat ijrochisiga yuboradi. 


(24-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Ijro hujjatini qaytarib yuborish to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat qilish yoki protest 
bildirish mumkin. 
(24-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi O‘RQ-199-
sonli 
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda) 

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling