mavjudligi ijro harakatlarini amalga oshirish boshlanganidan keyin ma’lum bo‘lib
qolgan hollar
bundan mustasno.
Tarjimon va mutaxassisni rad qilish to‘g‘risidagi masalani davlat ijrochisi hal qiladi.
Davlat
ijrochisi tarjimon va mutaxassisni rad qilish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish natijalariga muvofiq
asoslangan
qaror chiqaradi, qaror katta davlat ijrochisi tomonidan tasdiqlanadi.
Davlat ijrochisini rad qilish to‘g‘risidagi masalani katta davlat ijrochisi hal qiladi.
Katta
davlat ijrochisini rad qilish to‘g‘risidagi masalani katta davlat ijrochisining o‘zi hal qiladi.
Davlat ijrochisini rad qilish to‘g‘risidagi ariza qanoatlantirilgan
taqdirda, u ijro etayotgan
ijro hujjati katta davlat ijrochisi tomonidan boshqa davlat ijrochisiga o‘tkaziladi yoki katta davlat
ijrochisi ijro hujjatini o‘z ish yurituviga oladi. Katta davlat ijrochisini rad qilish to‘g‘risidagi ariza
qanoatlantirilgan taqdirda, u ijro etayotgan ijro hujjati Majburiy ijro byurosining
tegishli hududiy
boshqarmasi tomonidan boshqa davlat ijrochisiga o‘tkaziladi.
Davlat ijrochisini rad qilish qanoatlantirilmaganligi ustidan shikoyat
qilish yoki protest
bildirish mumkin.
(22-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: