Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish


-modda. Ijro ishi yuritishni to‘xtatib turishning majburiyligi


Download 0.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/68
Sana03.02.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1150996
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   68
Bog'liq
SUD HUJJATLARI VA BOSHQA ORGANLAR HUJJATLARINI IJRO ETISH

34-modda. Ijro ishi yuritishni to‘xtatib turishning majburiyligi
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Ijro ishi yuritish quyidagi hollarda sud tomonidan to‘xtatib turilishi shart: 
1) agar sud tomonidan aniqlangan huquqiy munosabat huquqiy vorislikka yo‘l qo‘ysa, 
qarzdor vafot etganda, u vafot etgan deb e’lon qilinganda yoki bedarak yo‘qolgan deb topilganda; 
2) qarzdor muomalaga layoqatsiz deb topilganda; 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
3) agar qonunchilikda nizolashishga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, qarzdor ijro hujjati yuzasidan sud 
tartibida nizolashganda; 
(34-modda birinchi qismining 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-
683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
4) ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolatiga ega organlarning 
qarorlari (mansabdor shaxslarning harakatlari) ustidan sudga shikoyat berilganda
5) ijro hujjati bo‘yicha undiruv qaratilgan mol-mulkni ro‘yxatdan chiqarish (xatlashdan ozod 
qilish) to‘g‘risida sudga da’vo arizasi berilganda; 
6) ushbu moddaning 
ikkinchi qismida 
nazarda tutilgan boshqa asoslar vujudga kelganda. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Ijro ishi yuritish quyidagi hollarda davlat ijrochisi tomonidan to‘xtatib turilishi shart: 
(34-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi 
O‘RQ-551-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 
03/19/551/3493-son) 
1) qarzdor muddatli harbiy xizmatda bo‘lganda yoki muddatli harbiy xizmatda bo‘lgan 
undiruvchi iltimos qilganda; 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
2) qarzdorning nochorligi (bankrotligi) to‘g‘risidagi ish bo‘yicha iqtisodiy sud tomonidan 
ish yuritish qo‘zg‘atilganda, shu jumladan kuzatuvni joriy etish to‘g‘risida, sud sanatsiyasini yoki 
tashqi boshqaruvni joriy etish va (yoki) ularning muddatini uzaytirish to‘g‘risida iqtisodiy sud 
tomonidan ajrim qabul qilinganda, “
Bankrotlik to‘g‘risida
”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga 
muvofiq ijro etilishi to‘xtatib turilishi mumkin bo‘lmagan ijro hujjatlari bundan mustasno; 
(34-moddaning ikkinchi qismi 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-
446-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
3) ijro hujjatini berish uchun asos bo‘lgan sud hujjatini yoki boshqa organ hujjatini ijro 
etishni to‘xtatib turish huquqi qonunda berilgan mansabdor shaxs tomonidan qaror chiqarilganda;
4) undiruvchi mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat 
qilganda, agar ijro ishi avval mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish munosabati bilan to‘xtatib 
turilmagan bo‘lsa. 


(34-modda ikkinchi qismining 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-
551-sonli 
Qonuniga 
asosan 3 va 4-bandlar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy 
bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) 
 LexUZ sharhi 
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 
455-moddasi
 va Iqtisodiy protsessual 
kodeksining 
345-moddasiga 
qarang. 

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling