Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish
-modda. Ijro ishi yuritishni to‘xtatib turish muddatlari
Download 0.86 Mb. Pdf ko'rish
|
SUD HUJJATLARI VA BOSHQA ORGANLAR HUJJATLARINI IJRO ETISH
36-modda. Ijro ishi yuritishni to‘xtatib turish muddatlari
Oldingi tahrirga qarang. Ijro ishi yuritish quyidagi hollarda to‘xtatib turiladi: 1) qarzdor vafot etganda, u vafot etgan deb e’lon qilinganda yoki bedarak yo‘qolgan, muomalaga layoqatsiz deb topilganda — qarzdorning huquqiy vorislari aniqlanguniga, bedarak yo‘qolganning mol-mulki sud tomonidan homiylik va vasiylik organlari belgilagan ishonchli boshqaruvchiga topshirilguniga yoki muomalaga layoqatsiz qarzdorga homiy tayinlanguniga qadar; Oldingi tahrirga qarang. 2) qarzdorning nochorligi (bankrotligi) to‘g‘risidagi ish bo‘yicha iqtisodiy sud tomonidan ish yuritish qo‘zg‘atilganda, kuzatuvni joriy etish to‘g‘risida sud sanatsiyasi yoki tashqi boshqaruv taomilini joriy etish va (yoki) muddatini uzaytirish to‘g‘risida iqtisodiy sud tomonidan ajrim qabul qilinganda — qarzdorning nochorligi (bankrotligi) to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qaror qabul qilinguniga qadar; (36-moddaning birinchi qismi 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ- 446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda) 3) undiruvchi yoki qarzdor muddatli harbiy xizmatni o‘tayotganda, qarzdor kasal bo‘lib qolganda, xizmat safarida bo‘lganda yoki qarzdor jismoniy shaxs, uning mol-mulki yoki olib qo‘yilishi lozim bo‘lgan bola qidirilayotganda, — muddatli harbiy xizmatdan bo‘shatilguniga yoki statsionar davolash muassasasidan chiqquniga, xizmat safaridan qaytguniga yoki qarzdor jismoniy shaxs, uning mol-mulki yoki olib qo‘yilishi lozim bo‘lgan bola qidirib topilguniga qadar; 4) ijro harakatlari, ijro hujjati yoki uni berishga asos bo‘lgan hujjat yuzasidan, shuningdek ro‘yxatga olingan mol-mulkni baholash natijalari yuzasidan nizolashilayotganda — masala mazmunan uzil-kesil ko‘rib chiqilguniga qadar; Oldingi tahrirga qarang. 5) davlat ijrochisining harakatlari (qarorlari) ustidan shikoyat berilganda — shikoyat ko‘rib chiqilguniga qadar; 6) mediatsiya tartib-taomili amalga oshirilganda — o‘n besh kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga. (36-modda birinchi qismining 5-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ- 551-sonli Qonuniga asosan 5 va 6-bandlar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) Ijro ishi yuritish boshqa hollarda ham ijro ishi yuritishni to‘xtatib turishga asos bo‘lgan holatlar tugaguniga qadar to‘xtatib turilishi mumkin. Oldingi tahrirga qarang. Ijro ishi yuritishni to‘xtatib turishga sabab bo‘lgan holatlar bartaraf qilinganidan keyin ijro ishi yuritish uni to‘xtatib turgan sud yoki davlat ijrochisi tomonidan undiruvchining arizasiga yoki davlat ijrochisining tashabbusiga ko‘ra tiklanadi. (36-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) Oldingi tahrirga qarang. Undiruvchi va qarzdor o‘rtasida ijro predmeti yuzasidan kelishuvga erishilmaganda, shuningdek taraflardan biri mediatsiyani davom ettirishdan voz kechganda yoki uni amalga oshirish muddati tugaganda ijro ishini yuritish davlat ijrochisi tomonidan qayta tiklanadi. (36-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) Ijro ishi yuritishni to‘xtatib turishning ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida belgilangan muddatlari sud tomonidan qisqartirilishi mumkin. (36-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi O‘RQ-199-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda) Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling