Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish
-modda. Ijro ishi yuritishni tugatish oqibatlari
Download 0.86 Mb. Pdf ko'rish
|
SUD HUJJATLARI VA BOSHQA ORGANLAR HUJJATLARINI IJRO ETISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- 40-modda. Ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilganidan keyin ijro hujjatlarini qaytarish
39-modda. Ijro ishi yuritishni tugatish oqibatlari
Oldingi tahrirga qarang. Davlat ijrochisi sudning ijro ishi yuritishni tugatish to‘g‘risidagi ajrimi asosida, shuningdek davlat ijrochisining ijro ishi yuritishni tugatish to‘g‘risidagi qarorida ijro etish bo‘yicha o‘zi tayinlagan barcha majburiy ijro choralarini, shu jumladan mol-mulkni xatlashni, shuningdek qarzdor uchun belgilangan cheklovlarni bekor qiladi. Ayni vaqtda davlat ijrochisi qarzdorning hisobvaraqlariga qo‘yilgan inkasso topshiriqnomalarini chaqirib oladi, shuningdek cheklovlarni ijro etayotgan organlarni ushbu cheklovlar bekor qilinganligi to‘g‘risida yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi. Ijro ishi yuritish tugatilganidan so‘ng davlat ijrochisi qarzdorga davlat ijrochisi tomonidan solingan jarimalarni va ijro xarajatlarini undirish to‘g‘risida ilgari chiqarilgan hamda ijro etilmagan qarorlar ijrosini davom ettiradi. Ijro ishi yuritish tugatilgan taqdirda, ijro yig‘imi ijro hujjatining faqat majburiy tartibda ijro etilgan qismi bo‘yicha undiriladi. Bunda ijro ishi yuritish ushbu Qonun 37-moddasi ikkinchi qismining 4-bandida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha tugatilgan taqdirda ijro yig‘imi davlat ijrochisi tomonidan amalga oshirilgan majburiy ijro etish choralaridan qat’i nazar, to‘liq hajmda qaytariladi. Ijro ishi yuritish tugatilgan ijro hujjati ijro ishi yuritish materiallarida qoladi va takroran ijroga qaratilishi mumkin emas. (39-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) Oldingi tahrirga qarang. 40-modda. Ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilganidan keyin ijro hujjatlarini qaytarish Oldingi tahrirga qarang. Ijro hujjatlarida ko‘rsatilgan undiruv amalga oshirilmagan yoki qisman amalga oshirilgan bo‘lsa, bunday ijro hujjatlari quyidagi hollarda undiruvchiga qaytariladi: 1) undiruvchining arizasiga ko‘ra; 2) agar qarzdorning manzilini yoki uning mol-mulki turgan joyni aniqlash yoxud banklar yoki boshqa kredit tashkilotlaridagi hisobvaraqlar va omonatlarda qarzdorga qarashli pul mablag‘lari hamda boshqa qimmatliklar turganligi yoki saqlanayotganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish mumkin bo‘lmasa (ushbu Qonunga muvofiq qarzdorni yoki uning mol-mulkini qidirish nazarda tutilgan hollar bundan mustasno); 3) agar qarzdorning undiruv qaratilishi mumkin bo‘lgan mol-mulki yoki daromadlari bo‘lmasa va uning mol-mulki yoki daromadlarini qidirish yuzasidan davlat ijrochisi tomonidan qonunda yo‘l qo‘yiladigan doirada ko‘rilgan barcha choralar natijasiz bo‘lsa; 4) agar undiruvchi ijro hujjati ijro etilayotganda qarzdorning sotilmagan mol-mulkini o‘ziga olishdan voz kechsa yoxud qarzdorlik hisobidan ushbu mol-mulkni o‘ziga olish to‘g‘risidagi davlat ijrochisining taklifi bo‘yicha o‘z qarorini belgilangan muddatda taqdim etmagan bo‘lsa; 5) agar undiruvchi o‘z harakatlari (harakatsizligi) bilan ijro hujjatining ijro etilishiga to‘sqinlik qilayotgan bo‘lsa, shu jumladan ijro hujjatida ko‘rsatilgan, qarzdordan olib qo‘yilgan muayyan ashyolarni olishdan voz kechsa. Ushbu modda birinchi qismining 3, 4 va 5-bandlarida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha undiruvni amalga oshirish mumkin bo‘lmagan taqdirda, davlat ijrochisi bu haqda tegishli dalolatnoma tuzadi, dalolatnomani katta davlat ijrochisi tasdiqlaydi. Ushbu modda birinchi qismining 2 va 3-bandlarida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha undiruvni amalga oshirish mumkin bo‘lmagan taqdirda, budjetga hamda davlat maqsadli fondlariga soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha boqimanda qarzdorlikni undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjati davlat soliq xizmati organiga, davlat daromadiga o‘zga undiruvni nazarda tutuvchi ijro hujjati esa tegishincha ushbu hujjatni bergan sudga yoki boshqa organga qaytariladi. Ijro hujjatining undiruvchiga qaytarilishi mazkur hujjatni ushbu Qonunning 27-moddasiga muvofiq hisoblab chiqariladigan muddat doirasida yangidan ijroga topshirish uchun to‘siq bo‘lmaydi. Ijro hujjati ushbu modda birinchi qismining 1-bandida ko‘rsatilgan asos bo‘yicha qaytarilganda, undiruvchiga ushbu Qonunning 76-moddasida nazarda tutilgan bo‘nak badali to‘liq qaytariladi. Ijro hujjati ushbu modda birinchi qismining 3 , 4 va 5-bandlarida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha qaytarilgan hollarda bo‘nak badalining qaytarilayotgan ijro hujjatini ijro etish yuzasidan davlat ijrochisi qilgan xarajatlardan ortiqcha qismigina qaytariladi. Undiruvchiga ijro hujjati va bo‘nak badalini qaytarish to‘g‘risida davlat ijrochisi tomonidan katta davlat ijrochisi tasdiqlaydigan qaror chiqariladi. (40-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling