Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish


-BOB. SUD HUJJATLARI VA BOShQA ORGANLAR HUJJATLARINI MAJBURIY


Download 0.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/68
Sana03.02.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1150996
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   68
Bog'liq
SUD HUJJATLARI VA BOSHQA ORGANLAR HUJJATLARINI IJRO ETISH

4-BOB. SUD HUJJATLARI VA BOShQA ORGANLAR HUJJATLARINI MAJBURIY 
IJRO ETISh ASOSI VA ChORALARI
44-modda. Majburiy ijro etish choralarini qo‘llash 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Majburiy ijro etish choralari to‘g‘ri rasmiylashtirilgan ijro hujjati qonunda belgilangan 
tartibda topshirilganda hamda ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida davlat ijrochisi tomonidan 
qaror qabul qilinganda qo‘llaniladi. 
(44-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) 
45-modda. Majburiy ijro etish choralarini qo‘llash asosi 
Oldingi
 tahrirga qarang. 


Ixtiyoriy ravishda ijro etish uchun davlat ijrochisi tomonidan belgilangan muddatning 
o‘tganligi majburiy ijro etish choralarini qo‘llash uchun asos bo‘ladi. 
(45-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) 
46-modda. Majburiy ijro etish choralari 
Quyidagilar majburiy ijro etish choralari hisoblanadi: 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
1) undiruvni qarzdorning pul mablag‘lariga va boshqa mol-mulkiga qaratish; 
2) undiruvni qarzdorning boshqa shaxslarda turgan pul mablag‘lariga va boshqa mol-
mulkiga qaratish; 
(46-moddaning birinchi-ikkinchi bandlari O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi 
O‘RQ-199-sonli 
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang. 
2
1
) undiruvni qarzdorning debitorlik qarziga, shu jumladan qarzdor undiruvchi sifatida 
ishtirok etayotgan ijro hujjati bo‘yicha unga tegishli bo‘lgan mablag‘larga qaratish; 
2
2
) undiruvni qarzdorga tegishli bo‘lgan alohida mulkiy huquqlarga qaratish
(46-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi O‘RQ-199-sonli 
Qonuniga
 asosan 
2
1
 va 2
2
-bandlar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda)
3) undiruvni qarzdorning ish haqi, stipendiyasi, pensiyasi va boshqa turdagi daromadlariga 
qaratish; 
4) ijro hujjatida ko‘rsatilgan muayyan ashyolarni qarzdordan olib qo‘yish va undiruvchiga 
topshirish; 
5) ijro hujjatining ijro etilishini ta’minlovchi qonunlarga muvofiq ko‘riladigan boshqa 
choralar. 

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling