69-modda. Undiruv qaratilishi mumkin bo‘lmagan summalar
Undiruv quyidagi pul summalariga qaratilishi mumkin emas:
mayib bo‘lganlik yoki sog‘liqqa boshqacha tarzda shikast yetganlik, shuningdek
boquvchisining vafot etganligi sababli ko‘rilgan zararni to‘lash summalariga;
xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida mayib bo‘lgan (yaralangan, shikastlangan,
kontuziyaga uchragan) shaxslarga va mazkur shaxslar halok bo‘lgan (vafot etgan) taqdirda ularning
oila a’zolariga to‘lanadigan summalarga;
bola tug‘ilganligi munosabati bilan to‘lanadigan summalarga;
aliment majburiyatlari bo‘yicha to‘lanadigan summalarga;
Oldingi
tahrirga qarang.
mehnat sharoiti noqulay va o‘ziga xos bo‘lgan ishlar uchun to‘lanadigan summalarga,
shuningdek radiatsiya ta’siriga uchragan shaxslarga va qonunchilikda belgilangan boshqa hollarda
to‘lanadigan summalarga;
(69-moddaning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha to‘lanadigan nafaqa summalariga;
dafn etish marosimi uchun beriladigan nafaqa summalariga;
qisman haq to‘lanadigan ta’til davrida bolani parvarishlash uchun to‘lanadigan
summalarga;
bola tug‘ilishi, qarindoshlar vafot etishi, nikoh tuzish munosabati bilan korxona, muassasa
yoki tashkilot tomonidan to‘lanadigan summalarga;
Oldingi
tahrirga qarang.
xizmat safari, boshqa joyga ishga o‘tkazilganligi, qabul qilinganligi yoki yuborilganligi
munosabati bilan to‘lanadigan summalarga;
(69-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi O‘RQ-199-sonli
Qonuniga
asosan o‘n birinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda)
mehnatga oid munosabatlar bekor qilinganda ishdan bo‘shatish nafaqasi tariqasida
to‘lanadigan summalarga.
Do'stlaringiz bilan baham: |