Zbekiston respublikasining qonuni umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizma
Download 1.2 Mb. Pdf ko'rish
|
nizami
48
3 -modda. Cheklangan moddiy javobgarlik Quyidagi hollarda komandirlar (boshliqlar) yetkazilgan zarar miqdorida, biroq bir oylik pul ta’minoti maoshidan ortiq bo‘lmagan miqdorda moddiy javobgarlikka tortiladi: harbiy mol-mulkni hisobga olishning, saqlashning, undan foydalanishning, uni sarflash va tashishning belgilangan tartibini buzadigan farmoyish berganda; harbiy mol-mulkning talon- toroj qilinishi, kamomadi, yo‘q qilinishi, shikastlanishining va buzilishining oldini olishga doir zarur choralar ko‘rmaganlik zarar yetkazilishiga sabab bo‘lganda; aybdor shaxslar tomonidan yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash choralarini ko‘rmaganda. 48 4 -modda. Zararning miqdorini aniqlash va zararni undirish tartibi Moddiy zarar (moddiy va pul mablag‘larining (qimmatliklarning) talon-toroj qilinganligi, kamomadi, behuda sarflanganligi, yo‘qotilganligi, yo‘q qilinganligi, shikastlanganligi, ishdan chiqarilganligi, ulardan qonunga xilof ravishda foydalanilganligi hamda ular qonunga xilof ravishda hisobdan chiqarilganligi faktlari) aniqlaganida komandirlar (boshliqlar) zararning kelib chiqishi sabablarini, miqdorini va aybdor shaxslarni aniqlash uchun belgilangan tartibda tergovga qadar tekshiruvni yoki xizmat tekshiruvini o‘tkazadi. Agar moddiy zararning sabablari, miqdori va aybdor shaxslar tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov organlari yoki sud tomonidan aniqlangan bo‘lsa, komandir (boshliq) tomonidan tergovga qadar tekshiruv yoki xizmat tekshiruvi o‘tkazilmasligi mumkin. O‘z aybi bilan moddiy zarar yetkazgan harbiy xizmatchilar, oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari (tinglovchilari), harbiy yig‘inlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tayotgan shaxslar moddiy zararning o‘rnini harbiy xizmatni (yig‘inlarni) o‘tash davrida yoki rezervga (zaxiraga) bo‘shatilgan yoxud iste’foga chiqarilgandan keyin ixtiyoriy ravishda to‘liq yoki qisman qoplashi mumkin. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling