Zbekiston respublikasining qonuni umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizma


Download 1.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/41
Sana17.10.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1706065
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   41
Bog'liq
nizami

45-modda. Davlat organlari, 
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, 
korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar, harbiy xizmatga 
majburlar va chaqiriluvchilarning harbiy ro‘yxat qoidalariga rioya etish borasidagi 
majburiyatlari 
Zimmasiga harbiy ro‘yxatni yuritish yuklatilgan joylardagi davlat hokimiyati va 
boshqaruv organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, korxona, muassasa, 
tashkilotlar va ta’lim muassasalarining rahbarlari mudofaa ishlari organlari talabi bilan 
harbiy ro‘yxatda turgan shaxslar to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni taqdim etishlari, harbiy 
xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni chaqirilayotganliklaridan xabardor etishlari 
hamda ularning chaqiruv bo‘yicha o‘z vaqtida hozir bo‘lishlarini ta’minlashlari shart. 
Ichki ishlar organlari: 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
chaqiriluvchilarga identifikatsiyalovchi ID-kartalarni yoki xorijga chiqish uchun 
biometrik pasportlarni berish, harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni doimiy 
yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi axborotni tuman 
(shahar) mudofaa ishlari organlariga real vaqt rejimida elektron tizim orqali yuborishi; 
(45-moddaning ikkinchi qismi ikkinchi xatboshisi 
O‘zbekiston Respublikasining 
2022-yil 14-
martdagi O‘RQ-759-sonli 
Qonuni 
tahririda 
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy 
bazasi, 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son) 
o‘smirlarni harbiy ro‘yxatga olishda, fuqarolarning harbiy xizmatga (yig‘inlarga) 
chaqiruvini o‘tkazishda, harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarning harbiy ro‘yxat 
qoidalariga rioya etishlari ustidan nazorat qilishda hamda harbiy xizmatga majburlar va 
chaqiriluvc
hilar orasidan harbiy ro‘yxatning belgilangan qoidalarini buzayotgan 
shaxslarni aniqlashda mudofaa ishlari organlariga yordam ko‘rsatishlari va 
ko‘maklashishlari; 
umumiy harbiy majburiyatni bajarishdan bo‘yin tovlayotgan shaxslarni qidirib 
topish, ushlash va mudofaa ishlari organlariga olib borishni tashkil etishlari shart. 
Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlari harbiy xizmatga majburlar 
va chaqiriluvchilar familiyasi, ismi va otasining ismini o‘zgartirganligi to‘g‘risida, fuqarolik 
holatin
i qayd etish hujjatlariga ularning tug‘ilgan sanasi va joyiga oid o‘zgartirishlar 
kiritilganligi haqida, shuningdek harbiy xizmatga majbur yoki chaqiriluvchining vafoti 


qayd etilgan hollar to‘g‘risida tuman (shahar) mudofaa ishlari organlariga yetti kunlik 
muddat ichida ma’lum qilishlari shart. 
Surishtiruv va dastlabki tergov organlari surishtiruv va dastlabki tergov olib 
borilayotgan ishga daxldor chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majburlar to‘g‘risida, 
sudlar esa chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majb
urlarga daxldor o‘zlari ko‘rayotgan 
jinoyat ishlari va qonuniy kuchga kirgan hukmlar to‘g‘risida tuman (shahar) mudofaa 
ishlari organlariga yetti kunlik muddat ichida ma’lum qilishlari shart. 
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan (shu jumladan shartli hukm qilingan) 
harbiy xizmatga majburlarning harbiy guvohnomalari va chaqiriluvchilarning qayd 
etilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalari sudlar tomonidan tegishli mudofaa ishlari 
organlariga yuboriladi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Tibbiy-
ijtimoiy ekspert komissiyalari nogironligi bo‘lgan shaxs deb topilgan 
harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar to‘g‘risida, ularning nogironlik guruhidan 
qat’i nazar, tegishli tuman (shahar) mudofaa ishlari organlariga yetti kunlik muddat 
ichida ma’lum qilishi shart. 
(45-
moddaning oltichi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi 
O‘RQ-770-sonli 
Qonuni 
tahririda 
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-
y., 03/22/770/0424-son) 
Chaqiruv o‘tkazilayotgan vaqtda davolash muassasalari statsionar davolanish 
uchun qabul qilingan chaqirilish yoshidagi fuqarolar to‘g‘risida tegishli tuman (shahar) 
mudofaa i
shlari organlariga uch kunlik muddat ichida ma’lum qilishlari shart. 
Uy-
joydan foydalanish organlari rahbarlari hamda uy egalari harbiy ro‘yxatni 
yuritish vazifasi yuklatilgan tegishli mudofaa ishlari organi va fuqarolarning o‘zini o‘zi 
boshqarish organi talabiga binoan uy daftarlari, qayd etish varaqalari, harbiy xizmatga 
majburlar va chaqiriluvchilarga doir harbiy-hisob va boshqa hujjatlarni taqdim etishlari, 
shuningdek harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni mudofaa ishlari organlariga 
chaqirtirilganliklaridan xabardor etishlari shart. 
Harbiy xizmatga majburlar, chaqiriluvchilar oilaviy ahvoli, salomatligi, turar joyi, 
ma’lumoti, ish joyi va lavozimi o‘zgargan taqdirda o‘zlari harbiy ro‘yxatda turgan joydagi 
organlarga bu haqda yetti kunlik muddat 
ichida shaxsan ma’lum qilishlari shart. 

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling