Zbekiston respublikasining qonuni umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizma
-modda. Muqobil xizmatdagi xizmatchilarning harbiy tayyorgarligi
Download 1.2 Mb. Pdf ko'rish
|
nizami
39-modda. Muqobil xizmatdagi xizmatchilarning harbiy tayyorgarligi
Oldingi tahrirga qarang. Muqobil xizmatdagi xizmatchilar harbiy tayyorgarlik yig‘inlariga (mashg‘ulotlariga) jalb etiladilar, ular shu asosda qurol-yarog‘dan foydalanish, ularni qo‘llanish bilan bog‘liq bo‘lmagan harbiy hisobdagi ixtisoslikli egallaydilar va Vatanga qasamyod qabul qiladilar. Harbiy tayyorgarlik dasturi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi. (39-moddaning birinchi qis mi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5- sentabrdagi O‘RQ-564-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son) Muqobil xizmatdan bo‘shatilgan fuqarolar Qurolli Kuchlar zaxirasiga o‘tkaziladi. 40- modda. Muqobil xizmatni o‘tayotgan fuqarolarning huquqlari va majburiyatlari Oldingi tahrirga qarang. Muqobil xizmatni o‘tayotgan fuqarolarga mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik tatbiq etiladi. Muqobil xizmat muddati mehnat stajiga qo‘shiladi. Muqobil xizmatni o‘tayotganda mehnat qobiliyatini yo‘qotgan fuqarolar va halok bo‘lgan fuqarolarning oilalari, shuningdek ularning qaramog‘ida bo‘lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq muddatli harbiy xizmatdagi harbiy xizmatchilar uchun belgilangan nafaqalar va pensiya ta’minoti olish huquqiga ega. Muqobil xizmatni o‘tayotgan fuqaro uni belgilangan joyda o‘tashi, qonunchilikda nazarda tutilgan talablarga, ish joyida amal qiladigan ichki mehnat tartibi qoidalariga, shuningdek mehnat shartnomasi (kontrakti) shartlariga rioya etishi shart. (40-moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21- apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Muqobil xizmatni o‘tayotgan fuqaro rahbarlik va saylab qo‘yiladigan lavozimlarni egallashi, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi, ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi mumkin emas. Muqobil xizmatni o‘tayotgan fuqarolar falokatlar, halokatlar va tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf qilish ishlariga jalb etilgan taqdirda yuzaga kelgan vaziyatdan kelib chiqadigan hamda ana shu oqibatlarni bartaraf etish komissiyalari yoki shtablarining joylardagi rahbarlari tomonidan belgilanadigan maxsus vazifalarni bajaradilar. Muqobil xizma tni o‘tayotgan fuqaro ushbu xizmatdan bo‘shatilganidan keyin ilgarigi ishiga yoki unga teng ishga (lavozimga), shuningdek chaqirilishga qadar o‘zi o‘qigan ta’lim muassasasiga qaytish huquqiga ega. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling