Zbekiston respublikasining qonuni umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizma


- modda. Harbiy yig‘ilishlarda qatnashish


Download 1.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/41
Sana17.10.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1706065
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   41
Bog'liq
nizami

32-
modda. Harbiy yig‘ilishlarda qatnashish 
Harbiy xizmatga majburlar rezervda bo‘lish vaqtida safarbarlik tadbir-choralari 
rejalari bo‘yicha harbiy yig‘inlarga jalb etiladi. 
Harbiy yig‘inlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlarning harbiy xizmat 
shartlaridan kelib chiqadigan huquqlari va majburiyatlari ushbu Qonun bilan belgilanadi. 
Rezervdagi harbiy xizmatga majburl
arga mo‘ljallangan harbiy yig‘inlarning 
muddati har yili birinchi toifali rezervdagilar uchun o‘ttiz sutkaga qadar, ikkinchi toifali 
rezervdagilar uchun o‘n besh sutkaga qadar bo‘lishi mumkin. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Rezervdagi 
va 
zaxiradagi 
harbiy 
xizmatga 
majburlar 
O‘zbekiston 
Respublikasining normal hayotiy faoliyatiga tahdid solayotgan favqulodda vaziyatlarning 
ol
dini olish yoki ularning oqibatlarini bartaraf etish uchun O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining qarori asosida ikki oyga qadar muddatga harbiy yig‘inlarga jalb etilishi 
mumkin. 
Harbiy yig‘inlarga jalb etilgan harbiy xizmatga majburlar O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan tartibda va miqdorlarda pul hamda 
boshqa turdagi ta’minot oladilar. Harbiy yig‘inlar davrida, shu jumladan ular 
o‘tkaziladigan joyga borish va u erdan qaytib kelish davrida harbiy xizmatga 
majburlarning ish joyi (
lavozimi) va ish joyidagi o‘rtacha ish haqi saqlanib qoladi. Mazkur 
shaxslar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi chaqiruv qog‘ozi olingan kundan harbiy 
yig‘inlardan qaytilgunga qadar bo‘lgan davrda ish beruvchining tashabbusi bilan bekor 
qilinishi mumkin emas, korxona, muassasa va tashkilot tugatilgan hollar bundan 
mustasno. 
(32-
moddaning to‘rtinchi – beshinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 
2006-yil 26-
iyundagi O‘RQ-38-sonli 
Qonuni
 tahririda 
Oliy Majlis palatalarining 
Axborotnomasi, 2006-y., 6-son, 262-modda) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Agar harbiy xizmatga majbur harbiy yig‘inlar vaqtida kasal bo‘lib qolsa va harbiy 
yig‘inlar tugaganidan keyin ham kasalligi davom etsa, uning ish joyi (lavozimi) saqlanib 
qoladi, harbiy yig‘inlar tugagan kundan boshlab ish haqi o‘rniga qonunchilikka muvofiq 
vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi to‘lanadi. 
(32-moddaning oltinchi qismi 
O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda 
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 
21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
Harbiy xizmatga majburlar harbiy yig‘inlarda qatnashish davrida quyidagi 
huquqlarga ega: 
harbiy yig‘inlar o‘tkaziladigan joyga temir yo‘l va avtomobil transportida 
(taksidan tashqari) bepul borish va qaytib kelish; 
harbiy qismlar tomonidan jo‘natiladigan xatlarni bepul yuborish; 
harbiy-
tibbiy muassasalarda bepul tibbiy xizmat bilan ta’minlanish. 
Harbiy xizmatga majburlar harbiy yig‘inlarda qatnashayotgan davrda ularning 
hayoti va sog‘lig‘i davlat tomonidan majburiy sug‘urtalanadi. Harbiy xizmatga majburlarni 
davlat tomonidan majburiy sug‘urtalash tartibi va shartlari O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 
 LexUZ sharhi 
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
1994-yil 26-yanvardagi 38-
son “Harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslarning, 
oddiy askarlar hamda boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning davlat majburiy 
sug‘urtasi to‘g‘risida”gi 
qaroriga
 va Harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli 


shaxslarning, oddiy askarlar hamda boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning davlat 
majburiy sug‘urtasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi 
nizomga
 
(29.08.2003y. ro‘yxat № 
1266) qarang. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Harbiy yig‘inlarni o‘tkazish tartibi va muddati, ularga chaqiriladigan harbiy 
xizmatga majburlar soni qonunchilik bilan belgilanadi. 
(32-
moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda 
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 
21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling