Zbekiston respublikasining qonuni umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizma


-modda.  Harbiy yig‘inlarda qatnashishdan ozod qilish


Download 1.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/41
Sana17.10.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1706065
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   41
Bog'liq
nizami

33-modda. 
Harbiy yig‘inlarda qatnashishdan ozod qilish 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatda 
belgilanadigan davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, korxonalar, muassasalar va 
tashkilotlar uchun bronlashtirib qo‘yilgan harbiy xizmatga majburlar harbiy yig‘inlarda 
qatnashishdan ozod etiladi. 
(33-
moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 26-iyundagi O‘RQ-
38-sonli 
Qonuni 
tahririda 
— Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 6-son, 
262-modda) 
34-modda. Rezervdagi harbiy xizmatga majburlarga harbiy unvonlar 
berish 
O‘quv-mashq harbiy yig‘inlarida qatnashgan va ta’lim dasturi bo‘yicha 
imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan harbiy xizmatga majburlarga O‘zbekiston 
Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomda 
belgilangan tartibda navbatdagi harbiy unvonlar rezervdagi podpolkovniklikka qadar 
bo‘lgan va podpolkovnik unvonlari berilishi mumkin. 
35-
modda. Harbiy xizmatni o‘tamagan harbiy xizmatga majburlar 
Muddatli harbiy xizmatga chaqirilishdan (salomatligiga ko‘ra harbiy ro‘yxatdan 
chiqarilganlardan tashqari) va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatdan ozod etilgan 
harbiy xizmatga majburlar, harbiy xizmatni o‘tamagan ofitserlar, harbiy hisobdagi 
ixtisosligi bo‘lgan ayollar, shuningdek muqobil xizmatni o‘tagan fuqarolar zaxiradagilar 
harbiy ro‘yxatiga qo‘yiladi. 
Zaxiradagi harbiy xizmatga majburlar, zarurat bo‘lgan taqdirda safarbarlik 
bo‘yicha va Qurolli Kuchlarni kuchaytirish tadbir-choralariga favqulodda vaziyatlarda 
yoki O‘zbekiston Respublikasiga qarshi harbiy tajovuz ro‘y bergan taqdirda aholini 
muhofaza qilishga jalb etiladi. 
Harbiy xizmatga majburlarning zaxirada bo‘lish yoshi chegarasi ushbu 
Qonunning 
30-moddasiga
 muvofiq belgilanadi. 

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling