Zbekiston respublikasining qonuni umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizma


- modda. Oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlari va tinglovchilarining


Download 1.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/41
Sana17.10.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1706065
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   41
Bog'liq
nizami

28-
modda. Oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlari va tinglovchilarining 
harbiy xizmati 
Oliy harbiy ta’lim muassasalarida, shuningdek vazirliklar, davlat qo‘mitalari va 
idoralarning o‘qish harbiy xizmatga tenglashtirilgan ta’lim muassasalarida tahsil 
olayotgan fuqarolar kursant (tinglovchi) tariqasida harb
iy xizmatda bo‘ladilar hamda ular, 
agar ofitserlik tarkibi unvonlariga ega bo‘lmasalar, kursant va bunday unvonlarga ega 
bo‘lsalar, tinglovchi deb yuritiladilar. 
Oliy harbiy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirgunga qadar harbiy unvoni 
bo‘lmagan fuqarolar o‘qishga qabul qilinganda ularga oddiy askar harbiy unvoni beriladi. 
Harbiy-
ta’lim muassasisiga o‘qishga kirgunga qadar berilgan harbiy unvonlar saqlanib 
qoladi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Kursantlarning (tinglovchilarning) harbiy xizmatni o‘tash tartibi qonunchilik bilan 
belgilanadi. 
(28-moddaning uchinchi qismi 
O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda 
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 
21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
Oliy harbiy ta’lim muassasasidan, shuningdek o‘qish harbiy xizmatga 
tenglashtirilga
n ta’lim muassasasidan o‘qishdan chiqarilgan kursantlar rezervga 
bo‘shatiladi yoki iste’foga chiqariladi yoxud ular, agar muddatli harbiy xizmat uchun 
belgilangan muddatlarni o‘tamagan bo‘lsalar, muddatli harbiy xizmatni o‘tashni davom 
ettirish uchun qo‘shin qismlariga yuboriladi. 
Oliy harbiy ta’lim muassasasidan o‘qishdan chiqarilgan kunda chaqirilish 
yoshiga yetmagan kursantlar harbiy ro‘yxatda turish uchun turar joylaridagi mudofaa 
ishlari organlariga yuboriladi. 


O‘qishning ikkinchi yilida oliy harbiy ta’lim muassasasidan chetlashtirilgan 
kursantlar (bundan intizomsizligi tufayli va sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra chetlashtirilganlar 
mustasno) oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlarida kontrakt bo‘yicha harbiy 
xizmatga kirishi mumkin. 
(28-
modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-avgustdagi O‘RQ-634-
sonli 
Qonuni 
tahririda 
— Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 
03/20/634/1218-son) 

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling