Zbekiston respublikasining qonuni umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizma


-modda. Muddatli harbiy xizmatga hamda safarbarlik chaqiruvi


Download 1.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/41
Sana17.10.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1706065
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   41
Bog'liq
nizami

22-modda. Muddatli harbiy xizmatga hamda safarbarlik chaqiruvi 
rezervidagi xizmatga chaqirilishdan ozod etish 
Tinchlik davrida muddatli harbiy xizmatga hamda safarbarlik chaqiruvi 
rezervidagi xizmatga chaqirilishdan quyidagilar ozod etiladilar: 
1) salomatligiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilgan chaqiriluvchilar; 
2) yaqin qarindoshlaridan biri (aka-ukasi, opa-
singlisi) harbiy xizmatni o‘tash 
vaqtida halok bo‘lgan yoki vafot etgan chaqiriluvchilar
3) ro‘yxatdan o‘tgan diniy tashkilotlardan birida diniy rutba egasi bo‘lgan 
chaqiriluvchilar. 
Ushbu moddaning 
2-bandida 
ko‘rsatilgan shaxslar o‘z roziliklari bilan harbiy 
xizmatga chaqirilishlari mumkin. 
Jinoiy javobgarlikka tortilgan, shuningdek sudlanganlik holati tugallanmagan 
yoki sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar harbiy xizmatga chaqirilmaydilar. 
23-modda. Zaxiradagi ofitserlarning harbiy xizmatga chaqirilishi 
Qirq yoshgacha bo‘lgan, muddatli harbiy xizmatni, safarbarlik chaqiruvi 
rezervidagi xizmatni yoki kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tamagan va ushbu 
Qonunning 
21-moddasiga
 muvofiq chaqirilish muddatini kechiktirish asoslariga ega 
bo‘lmagan ofitserlar tinchlik davrida O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirining 
buyrug‘iga binoan ofitserlar tarkibi lavozimlarida muddatli harbiy xizmatni o‘tash uchun 
chaqirilishlari mumkin. 
24-
modda. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirish 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga quyidagi talablarga javob beruvchi fuqarolar 
kiradi: 
o‘ttiz yoshgacha bo‘lgan harbiy xizmatga majburlar va ayollar, shuningdek 
muddatli harbiy xizmatni o‘tagan harbiy xizmatchilar — oddiy askarlar va serjantlar 
tarkibi lavozimlariga; 
muqaddam kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tagan oddiy askarlar va 
serjantlar tarkibidagi qirq yoshgacha bo‘lgan harbiy xizmatga majburlar — oddiy 
askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlariga; 
muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tagan 
va oliy ma’lumotga ega o‘ttiz yoshgacha bo‘lgan harbiy xizmatga majburlar — oddiy 
askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibi lavozimlariga; 
o‘n yetti yoshdan yigirma uch yoshgacha bo‘lgan, shu jumladan o‘qishga qabul 
qilingan yili o‘n yetti yoshga to‘ladigan fuqarolar, shuningdek o‘n sakkiz yoshdan yigirma 
besh yoshgacha bo‘lgan, o‘qishga qabul qilingan yili mazkur yoshga to‘lgan, ofitserlar 
tarkibi harbiy unvonlariga ega bo‘lmagan harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga 
majburlar, shuningdek yigirma olti yoshgacha bo‘lgan hamda oliy harbiy ta’lim 
muassasalarida o‘qish istagini bildirgan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim 
muassasalarining talabalari 
— oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari 
lavozimlariga; 
qirq yoshgacha bo‘lgan rezervdagi va zaxiradagi ofitserlar — ofitserlar tarkibi 
lavozimlariga. 


(24-
moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-
av
gustdagi O‘RQ-634-sonli 
Qonuni 
tahririda 
— Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy 
bazasi, 26.08.2020-y., 03/20/634/1218-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Yuqori professional tayyorgarlikka va katta ish tajribasiga ega fuqarolar ham 
kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatda bo‘lishning belgilangan yosh chegarasiga yetguniga 
qadar kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilinishi mumkin. 
(24-
modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-avgustdagi O‘RQ-634-
sonli 
Qonuniga 
asosan 
ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari 
milliy bazasi, 26.08.2020-y., 03/20/634/1218-son) 
Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirayotgan fuqarolar majburiy tibbiy ko‘rikdan 
o‘tadilar. 
Fuqarolar harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirlik
, davlat qo‘mitasi va idora bilan 
harbiy xizmatni o‘tash to‘g‘risida kontrakt tuzadilar. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Kontraktlar tuzish, shu jumladan oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari 
bilan kontraktlar tuzish, shuningdek kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga saralab olish va 
uni o‘tash tartibi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi 
to‘g‘risidagi 
nizom
 bilan belgilanadi. 
(24-
moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-
avgustdagi O‘RQ-634-sonli 
Qonuni 
tahririda 
— Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy 
bazasi, 26.08.2020-y., 03/20/634/1218-son) 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-
4447-
sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy 
xizmatni 
o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomning
 4-bobi

Oldingi
 tahrirga qarang. 

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling