Mavzu № Harbiy psixologiya fani. Psixika va ongning rivojlantirish tarixi. O‘quv savollari


Download 37.39 Kb.
bet1/8
Sana15.09.2023
Hajmi37.39 Kb.
#1678763
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
harbiy psixologiya


MAVZU № 1. Harbiy psixologiya fani. Psixika va ongning rivojlantirish tarixi.
O‘quv savollari:
1. Ofitserlar tarkibining psixologik-pedagogik tayyorgarligiga O’zbekiston Respublikasi hukumati va Mudofaa vazirining talablari.
2. Harbiy psixologiya va pedagogika asoslarining predmeti va vazifalari.
3. Harbiy psixologiya va pedagogikaning metodologik va ilmiy nazariy asoslari.
4. Psixika va ongning rivojlanish tarixi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Ch.R.Nasriddinov «Harbiy psixologiya» Fan nashriyoti, Toshkent 2004 y.
2. A.Sotib-Oldiev, A.Karimjonov «Harbiy pedagogika» Sharq nashriyoti, Toshkent 2009 y.
3. Q.A-Sh.Satib-Aldiev «Harbiy psixologiya va pedagogika asoslari» TDPU nashriyoti,Toshkent 2003 y.
4. A.S.Abduqodirov , G’.Ahmedov Harbiy xizmat axloqi. O’quv Qo’llanma Sharq nashriyoti, Toshkent 2007 y.
5. A.Beknazarov, F.Akramova, H.Quvondiqov «Psixodiagnostika» o’quv qo’llanma, O’R MV nashriyoti, Toshkent 2018 y.
6. Ch.R.Nasriddinov «Suitsid: muammo va echimlar» o’quv-uslubiy qo’llanma, Sharq nashriyoti, Toshkent 2005 y.
7. O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Umumharbiy Nizomlari, Sharq nashriyoti, Toshkent 2018 y.
Kirish
Vatanning tinchligini va osoishtaligini qo‘lida qurol bilan himoya qilish hamma davrlarda fuqarolarning sharafli burchi va majburiyati sanalgan. Armiyaga har doim jamiyatning bir o‘zagi sifatida qaralgan bo‘lib, unda jamiyatda yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlar o‘z aksini topgan. Bugungi kunda mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoev rahbarligida milliy armiyamizni yanada rivojlantirish borasida olib borayotgan ishlari natijasida xalqimizning va ayniqsa yoshlarimizning armiyaga va harbiy xizmatchilarga bo‘lgan munosabati keskin o‘zgardi. Milliy armiyamiz – yoshlarimizning mardlik, matonat va jasorat maktabiga aylandi. Bu bejizga emas, chunki harbiy xizmat davomida yigit ulg‘ayadi, uning ruhiyati toblanadi. Harbiy-kasbiy faoliyat o‘zining bir qator xusussiyatlariga ega bo‘lganligi uchun unga mardlik, matonat va jasorat maktabi deb ta’rif beradilar.
Shuni ta’kidlash joizki, inson faoliyati – bu juda serqirra va murakkab xodisadir. Inson faoliyatiga ko‘p omillar tasir ko‘rsatadi, ularning asosiylariga ruhiy, fiziologik va ijtimoiy omillarni kiradi.
Ruhiy omillarga shaxsning ruhiy jarayonlari (idrok etish, xissiyotlar va irodaviy jarayonlarni kechish xususiyatlari), holatlari (qo‘zg‘aluvchanlik, tushkunlik, toliqqanlik, xursandchilik, ranjish, jaxldorlik va h.k), xususiyatlari (temperament turlari, tug‘ma moyillik, qobiliyat va h.k), sifatlari (yo‘nalganlik, xarakterning xususiyatlari va h.k) va ma’lumoti (bilim, ko‘nikma, professionallik, hayotiy tajriba va h.k) kiradi.

Download 37.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling