Mavzu № Harbiy psixologiya fani. Psixika va ongning rivojlantirish tarixi. O‘quv savollari
Hayotiy istiqbollarning cheklanganligi, xizmat bilan bog‘liq ma’lum bir cheklovlar
Download 37.39 Kb.
|
harbiy psixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kelajakdan qo‘rqish, mavhumlik
Hayotiy istiqbollarning cheklanganligi, xizmat bilan bog‘liq ma’lum bir cheklovlar, boshqa faoliyat bilan shug‘ullanish imkoniyatining yo‘qligi yoki uni uddalay olmaslik, qo‘shimcha daromad keltiruvchi ishlar bilan shug‘ullanish huquqining yo‘qligi ham harbiy xizmatchilarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Buni harbiy xizmatchilarga davlat tomonidan belgilangan huquq, kafolat va imkoniyatlarini to‘laqonli etkazilishi va bajarilishi bilan qoplash mumkin. Masalan, nafaqat harbiy xizmatchining o‘ziga, balki oila a’zolariga ham bepul tibbiy yordam ko‘rsatish imkoniyatining mavjudligi; o‘z vaqtida turli xildagi pul to‘lovlarini etkazilishi; berilishi lozim bo‘lgan kiyim-kechaklar bilan ta’minlashlarning barchasi ijobiy motivatsiya va qo‘shimcha dalda bo‘lib, xizmat vazifalarini vijdonan bajarishga omil bo‘lishi mumkin.
Xarbiy xizmatchilarni uy-joy bilan ta’minlash katta ahamiyatga ega. So‘ngi vaqtlarda bu masalaga katta e’tibor qaratilmoqda. Uy-joy xarid qilish yoki qurish imkoniyatining mavjudligi, ijara uchun kompensatsiyalarni to‘lanishi, yashash uylarini xususiylashtirish kabi masalalar harbiy xizmatchining ko‘ngliga oro va taskinlik beradi, chunki, bosh-panaga, uyga ega bo‘lish ijtimoiy ehtiyojlardan eng yuqorilaridan biri sanaladi. Kelajakdan qo‘rqish, mavhumlik (fuqarolik hayotiga moslasha olmaslik). Hali kuch-quvvat va g‘ayrat mavjud bo‘lgan bir vaqtda nafaqaga chiqish, aniq bir fuqarolik mutaxasisligiga, kasb-hunarga ega bo‘lmaslik, fuqarolik hayotini tartib-intizom bor harbiy xizmatdan keskin farq qilishi sobiq harbiy xizmatchida esankirashni, o‘zini yo‘qotib qo‘yish, kelajakdan ikkilanish xissini keltirib chiqarishi mumkin. Ko‘p hollarda bu o‘ylab topilgan yoki bo‘rttirilgan qo‘rquvdir. Haqiqatda esa, harbiy xizmat davomida ko‘p qiyinchilik va murakkab vaziyatlarni boshdan kechirgan inson jamiyatning turli sohalarida juda kerak va talabgor shaxs hisoblanadi. Harbiy xizmatchilarni vaqti-vaqti bilan ularni kelajakda, xarbiy xizmatni yakunlagandan keyingi kutayotgan hayot bilan habardor qilib turish, shu mavzularda suhbatlashish, jamiyatda o‘z o‘rnini muvofaqiyatli topgan nafaqadagi sobiq harbiy xizmatchilar bilan davra suhbatlarini, uchrashuvlarni tashkil qilish foydali bo‘lishi mumkin. Albatta, kundalik faoliyatni, jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlikni, qo‘shinlar xizmatini puxta va oqilona tashkil qilinishi harbiy xizmatchilar tomonidan o‘zining hayotiy maqsadlarini amalga oshirishning bosh omili sifatida qabul qilishlari kerak. Ushbular harbiy xizmatchiga o‘zini jamoa, jamiyat va davlat uchun kerakli va foydali inson sifatida his etishga xizmat qiladi. Xizmatni o‘tash vaqtidagi barcha cheklovlar sevimli ish bilan shug‘ullanish imkoniyati mavjudligi bilan, o‘zining ijtimoiy mavqei, barqaror professional o‘sish va daromad bilan kompensatsiya qilinadi. Yuqorida qayd etilgan omillar barcha harbiy xizmatchilar uchun umumiy hisoblanadi. Shu o‘rinda har xil toifadagi harbiy xizmatchilar faoliyatining xususiyatlarini alohida ko‘rsatib o‘tishni maqsadga muvoffiq deb topdik. Kundalik xizmat faoliyatida har bir toifadagi harbiy xizmatchilar faoliyatining o‘ziga xos psixologik xususiyatlari mavjud. Masalan, muddatli harbiy xizmatchilar faoliyatining psixologik xususiyatlari haqida so‘z borganda, yoshlarimizning dunyoqarash va tafakkur doirasi, intelektual salohiyati yildan yilga oshib bormoqda. Davlat miqiyosida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik va milliy istiqlol g‘oyasi ruhida tarbiyalash siyosati o‘zining yuqori natijalarini bermoqda: yoshlarimiz armiyaga aniq ma’naviy qadriyatlar asnosida va vatanparvarlik kayfiyatida kelmoqdalar. Lekin, ularning yoshligi va mustaqil hayot kechirish tajribasining yo‘qligi, har doim ham adekvat fikrlay olmasliklari, fikrlardagi keskinlik va tanqidiylik, erksevarlik, jo‘shqinlik, tartib-intizomga o‘rganmaganlik xizmatning dastlabki davrlarida qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Ularga Umumharbiy nizomlarga va qat’iy reglamentga asaslangan kundalik harbiy hayotga ko‘nikish qiyin bo‘lishi mumkin. Harbiy xizmatning murakkab sharoitlariga ko‘nikish ayniqsa oliy va o‘rta-maxsus ma’lumotli, uylangan, xizmatgacha mustaqil hayot kechirishga o‘rgangan askarlarga yanada qiyinroq bo‘lishi mumkin. Chunki, ular armiyaga kelgach barcha bilan bir xil sharoitda oddiy askarga aylanadilar, ularning yuqori bilim va kasbiy malakasi, hayotiy tajribasi boshqa askarlar oldida hech qanday imtiyozlarni bermaydi. O‘zini namoyon etishdagi cheklanishlar; odatiy bo‘lgan muloqat doirasidan, do‘stlari va yaqin qarindoshlaridan uzilib qolish; kun va ovqatlanish tartibini keskin o‘zgarishi; erkin harakat qilishdagi cheklovlar, qism xududidan chiqib keta olmaslik – bu yosh askarning ruhiyatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarning bir qismi holos. Armiyaga chaqirilishi bilan unga yangi jamoada o‘z o‘rnini topishga, hurmat-e’tiborni qozonish uchun kurashishga, o‘zning bilim va mahoratlarini namoyon etishga to‘g‘ri keladi. Buning ustiga harbiy mutaxasislarga bilishi kerak bo‘lgan axborotlar miqdorini ko‘pligi va tayyorgarlik sur’atlarini oshishi ham askar ruhiyatini izdan chiqarishi mumkin. Kundalik saf, jismoniy va professional tayyorgarlik mashg‘ulotlari askarga sezilarli jismoniy va intelektual yuklamani yuzaga keltiradi. Bularning barchasi muddatli harbiy xizmatchilarni o‘qitish va tarbiyalash masalasiga sifat jihatdan yangi yondoshuvni taqozo etadi, o‘qitishga diferensial yondoshuv, har bir askarning intelektual va jismoniy darajasini hisobga olgan holda yondoshish lozim. Download 37.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling