Zbekiston respublikasining qonuni umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizma
Download 1.2 Mb. Pdf ko'rish
|
nizami
20
2 -modda. Rahbariyat kengashi, harbiy-tibbiy komissiya, butlash komissiyasi, hududiy komissiya, hududiy tibbiy komissiya tomonidan qabul qilinadigan qarorlar (xulosalar) Rahbariyat kengashi quyidagi qarorlarni qabul qiladi: harbiy- tibbiy komissiya tomonidan sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqli deb topilgan chaqiriluvchilarni Qurolli Kuchlarning qo‘shin turlari komandalariga tayinlash yoki tayinlamaslik to‘g‘risida; muddatli harbiy xizmatga chaqirish haqida. Harbiy-tibbiy komissiya quyidagi xulosalarni chiqaradi: harbiy x izmatga yaroqlilik to‘g‘risida; ayrim cheklovlar bilan harbiy xizmatga yaroqlilik haqida; harbiy xizmatga cheklangan ravishda yaroqlilik to‘g‘risida; harbiy xizmatga vaqtincha yaroqsizlik haqida; tinchlik davrida harbiy xizmatga yaroqsizlik, urush davrida cheklangan ravishda harbiy xizmatga yaroqlilik to‘g‘risida; harbiy hisobdan chiqarilgan holda, harbiy xizmatga yaroqsizlik haqida. Butlash komissiyasi muddatli harbiy xizmatni o‘tash uchun tavsiya etilgan va hududiy tibbiy komissiya tomonidan harbiy xizmatga yaroqli deb topilgan chaqiriluvchilarni qo‘shin turlariga tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Hududiy komissiya quyidagi qarorlarni qabul qiladi: harbiy xizmatga yaroqlilik va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga olish to‘g‘risida; harbiy xizmatga yaroqlilik va muqobil xizmatga chaqirish haqida; sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra harbiy xizmatga vaqtincha yaroqsizlik to‘g‘risida; ushbu Qonunning 21 va 22-moddalariga muvofiq harbiy xizmatga chaqirishini kechiktirish to‘g‘risida yoki harbiy xizmatga chaqirilishdan ozod qilish haqida; yigirma yetti yoshga to‘lganligi munosabati bilan Qurolli Kuchlar zaxirasiga o‘tkazish to‘g‘risida; sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra tinchlik davrida harbiy xizmatga yaroqsizlik, urush davridagi harbiy xizmatga cheklangan ravishda yaroqlilik va zaxiraga o‘tkazish haqida; harbiy hisobdan chiqarilgan holda, harbiy xizmatga yaroqsizlik haqida. Hududiy komissiya qaror qabul qilishda chaqiriluvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish xulosasi, ularning ma’naviy yetukligi va kasbiy tayyorgarligi, oilaviy va moddiy holatini o‘rganish natijalariga asoslanadi. Hududiy tibbiy komissiya quyidagi xulosalarni chiqaradi: harbiy xizmatga yaroqlilik to‘g‘risida; ayrim cheklovlar bilan harbiy xizmatga yaroqlilik haqida; harbiy xizmatga cheklangan ravishda yaroqlilik to‘g‘risida; harbiy xizmatga vaqtincha yaroqsizlik haqida; tinchlik davrida harbiy xizmatga yaroqsizlik, urush davrida cheklangan ravishda harbiy xizmatga yaroqlilik to‘g‘risida; harbiy hisobdan chiqarilgan holda, harbiy xizmatga yaroqsizlik haqida. Harbiy xizmatga chaqirilgan va qo‘shinlar safiga yuborilgan shaxslarni, shuningdek tibbiy ko‘rik natijalaridan va chaqiruvni o‘tkazish bo‘yicha komissiyalarning qarorlaridan noroziligini bildirgan shaxslarni nazorat tartibida tibbiy ko‘riklardan o‘tkazishni tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy tibbiy komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi. Rahbariyat kengashining, harbiy-tibbiy komissiyaning, butlash komissiyasining, hududiy komissiyaning va hududiy-tibbiy komissiyaning qarorlari (xulosalari) ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. (20 1 va 20 2 -moddalar O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-sentabrdagi O‘RQ-718-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2021-y., 03/21/718/0920-son) Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling