Zbekiston respublikasining qonuni umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizma


-modda. Fuqarolarni chaqiruv uchastkalarida qayd etish


Download 1.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/41
Sana17.10.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1706065
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   41
Bog'liq
nizami

18-modda. Fuqarolarni chaqiruv uchastkalarida qayd etish 
Fuqarolarni chaqiruv uchastkalarida qayd eti
sh ularni harbiy ro‘yxatga olish, 
ularning sonini, harbiy xizmatga qay darajada yaroqli ekanligini, umumta’lim va jismoniy 
tayyorgarlik darajasini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. 
Fuqarolarni qayd etish tuman (shahar) mudofaa ishlari organlari huzurida tashkil 
etiladigan chaqiruv uchastkalarida amalga oshiriladi va ro‘yxatga olinayotganlarning 
turar joylarida o‘tkaziladi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Fuqarolarni chaqiruv 
uchastkalarida qayd etish umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va 
boshlang‘ich professional ta’lim muassasasidagi oxirgi o‘quv yilining oktyabr-noyabr 
oylarida amalga oshiriladi. 
(18-
moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-
sentabrdagi O‘RQ-718-sonli 
Qonuni 
tahririda 
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi
30.09.2021-y., 03/21/718/0920-son) 
Chaqiruv uchastkasida qayd etilish uchun fuqarolar chaqiruv qog‘ozida 
ko‘rsatilgan muddatda mudofaa ishlari organlariga kelishlari va zarur hujjatlarni taqdim 
etishlari shart. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Fuqarolarni tumanlardagi (shaharlardagi) chaqiruv uchastkalarida qayd etish 
uchun tarkibiga mudofaa ishlari organlari vakillari, mutaxassis vrachlar kiritiladigan 
fuqarolarni chaqiruv uchastkalarida qayd etish komissiyalari tuziladi. 
(18-
moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-
sentabrdagi O‘RQ-718-sonli 
Qonuni 
tahririda 
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 
30.09.2021-y., 03/21/718/0920-son) 
Chaqiruv uchastkalarida qayd etiladigan fuqarolarni 
tibbiy ko‘rikdan turli 
yo‘nalishdagi vrachlar, shu jumladan jarroh, terapevt, nevropatolog, psixiatr, ko‘z 
kasalliklari, quloq, tomoq, burun kasalliklari, tish kasalliklari mutaxassislari, zarurat 
bo‘lganda esa, boshqa ixtisosdagi vrachlar o‘tkazadi. 
Zimm
asiga harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarning ro‘yxatini yuritish 
vazifasi yuklatilgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi 
boshqarish organlari har yili O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan 


belgilangan muddatlarda tegishli tuman (shahar) mudofaa ishlari organlariga chaqiruv 
uchastkalarida qayd etilishi lozim bo‘lgan fuqarolarning ro‘yxatini beradilar. 
Chaqiriluvchilarga chaqiriluvchining qayd etilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma 
beriladi, huquq va majbur
iyatlari, harbiy ro‘yxatga olish va harbiy xizmatga tayyorgarlik 
tartibi tushuntiriladi. Qayd etilgan vaqtdan boshlab fuqarolar harbiy ro‘yxatga kiritiladilar. 

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling