Zbekiston respublikasining qonuni umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizma


- modda. Chaqiruvni o‘tkazish bo‘yicha komissiyalar


Download 1.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/41
Sana17.10.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1706065
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   41
Bog'liq
nizami

20-
modda. Chaqiruvni o‘tkazish bo‘yicha komissiyalar 
Fuqarolarni muddatli harbiy va muqobil xizmatga chaqirish, safarbarlik chaqiruvi 
rezervidagi xizmatga olish uchun quyidagi komissiyalar tashkil etiladi: 
1) muddatli harbiy xizmatga chaqirish uchun: 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mudofaa ishlari 
boshqarmalari huzuridagi Rahbariyat kengashi (bundan buyon matnda Rahbariyat 
kengashi deb yuritiladi); 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yig‘ish punktlarida 
— harbiy-tibbiy komissiya (bundan buyon matnda harbiy-tibbiy komissiya deb yuritiladi); 
tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limlari huzurida Qurolli Kuchlarni butlash 
komissiyasi (bundan buyon matnda butlash komissiyasi deb yuritiladi); 
2) muqobil xizmatga chaqirish, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga olish, 
harbiy xizma
tga chaqirishni kechiktirish va Qurolli Kuchlar zaxirasiga o‘tkazish uchun — 
tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limlari huzuridagi hududiy komissiya (bundan buyon 
matnda hududiy komissiya deb yuritiladi); 
3) chaqiriluvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, sog‘lig‘ining darajasini aniqlash va 
davolanishga yuborish uchun 
— mudofaa ishlari bo‘limlari huzuridagi hududiy tibbiy 
komissiya (bundan buyon matnda hududiy tibbiy komissiya deb yuritiladi). 
 LexUZ sharhi 
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 339-
son “Muddatli harbiy 
xizmatni va safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni o‘tagan fuqarolarni ishga 
joylashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasini hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman va shaharlar hokimliklari huzurida 
tegishli komissiyalarni tashkil etish to‘g‘risida”gi
 qarori

Chaqiruvni o‘tkazish bo‘yicha komissiyalarning tuzilishi va faoliyatini tashkil etish 
tartibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi. Chaqiruvni o‘tkazish 
bo‘yicha komissiyalarning shaxsiy tarkibi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar 
Kengashi raisi, viloyatlar, Toshkent shahar va tumanlar (shaharlar) hokimlari tomonidan 
tasdiqlanadi. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-
4076-
son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik 
va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risida
 nizom

Harbiy va muqobil xizmatga chaqirilayotgan fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida 
tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi 
nizomga 
muvofiq majburiy 
tibbiy ko‘rikdan o‘tishi shart. 
(20-
modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-sentabrdagi O‘RQ-718-
sonli 
Qonuni 
tahririda 
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2021-y., 
03/21/718/0920-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 



Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling