Zbekiston respublikasining qonuni umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizma
Download 1,2 Mb. Pdf ko'rish
|
nizami
43-
modda. Harbiy ro‘yxat turlari Harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarning harbiy ro‘yxati ularning turar joylari bo‘yicha olib boriladi hamda umumiy va maxsus ro‘yxatga bo‘linadi. Umumiy harbiy ro‘yxatda chaqiriluvchilar, shuningdek safarbarlik davri va urush davri uchun davlat boshqaruvi organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga bronlashtirib qo‘yilmagan harbiy xizmatga majburlar turadilar. Maxsus harbiy ro‘yxatda safarbarlik davri va urush davri uchun davlat boshqaruvi organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga bronlashtirib qo‘yilgan harbiy xizmatga majburlar turadilar. Harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni shaxsiy ro‘yxatga olish tuman (shahar) mudo faa ishlari organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan, shuningdek harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar ishlaydigan yoki o‘qiydigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, ta’lim muassasalari tomonidan amalga oshiriladi. 44- modda. Harbiy ro‘yxatga kiritish va undan chiqarish Harbiy xizmatga majburlar va harbiy xizmatdan bo‘shatilganidan keyin turar joyiga yetib borgan shaxslar uch kunlik muddat ichida tegishli mudofaa ishlari organlariga kelishlari shart. Harbiy xizmatga m ajburlar va chaqiriluvchilar turar joyi bir yarim oydan ko‘proq muddatga o‘zgargan, uch oydan ko‘proq muddatga xizmat safariga, o‘qish, ta’til yoki davolanishga borgan taqdirda turar joylaridagi harbiy ro‘yxatdan chiqishlari, yangi turar joyga (doimiy yoki vaqtinchalik) kelganlaridan keyin uch kunlik muddat ichida harbiy ro‘yxatdan o‘tishlari shart. Urush davrida harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarning tuman (shahar) mudofaa ishlari organi boshlig‘ining ruxsatisiz doimiy turar joyidan boshqa joyga ketishi man etiladi. Ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatib o‘tilgan hollarda harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar harbiy ro‘yxatdan chiqish va harbiy ro‘yxatda turish uchun harbiy-hisob hujjatlarini mudofaa ishlari organiga topshirishlari lozim. Qishloq joylarga borgan yoki u yerlardan jo‘nab ketayotgan harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar harbiy- hisob hujjatlarini tegishli fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga topshirishlari kerak. Oldingi tahrirga qarang. Harbiy xizmatga chaqirilgan yoki kirgan shaxslar, shuningdek vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarga xizmatga maxsus unvonlar berilgan holda, xodimlar lavozimlariga kirgan shaxslar rezervdagilar va zaxiradagilarning harbiy ro‘yxatidan chiqarilishi lozim. (44- moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25- avgustdagi O‘RQ-634-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 03/20/634/1218-son) Harbiy ro‘yxatdan quyidagilar chiqarilishi shart: 1) tibbiy komissiya tomonidan harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilib, harbiy ro‘yxatdan chiqarilgan fuqarolar; 2 ) rezervda yoki zaxirada bo‘lish yoshining chegarasiga yetgan fuqarolar; 3) chet elga doimiy yashash uchun jo‘nab ketayotgan fuqarolar; 4) vafot etgan yoki qonunda belgilangan tartibda bedarak yo‘qolgan deb topilgan fuqarolar. Download 1,2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling