17-1-modda. O’lchov vositalarini kalibrlash
(O’zR 26.05.2000 y. 82-II-son Qonuniga muvofiq kiritilgan modda)
Ushbu Qonunning 14-moddasida ko’rsatib o’tilganidan bo’lak sohalarda qo’llaniladigan va majburiy tekshiruvdan o’tkazilmaydigan o’lchov vositalari ularni ishlab chiqarish, realizatsiya qilish, ishlatish, ijaraga berish, ta’mirlashda va O’zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda kalibrlashdan o’tkazilishi mumkin.
O’lchov vositalarini kalibrlash huquqi yuridik shaxslarning akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmatlariga berilishi mumkin.
Yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlarini o’lchov vositalarini kalibrlash huquqiga ega bo’lishi uchun akkreditatsiya qilish tartibi va kalibrlashni o’tkazish tartibi "O’zstandart" tomonidan belgilanadi". (O’zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi qism)
Do'stlaringiz bilan baham: |