18-modda. O’lchov vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish
va ularning ijarasi bilan shug’ullanish uchun yuridik
va jismoniy shaxslarning faoliyatiga listenziya berish
Ushbu qonunning 14-moddasida ko’rsatilgan doirada qo’llanilishi mumkin bo’lgan o’lchov vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish va ularning ijarasi bilan shug’ullanish qonun hujjatlariga muvofiq beriladigan listenziya asosida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. (O’zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi modda)
Do'stlaringiz bilan baham: |