17-modda. O’lchov vositalarini tekshiruvdan o’tkazish
Tekshiruvdan o’tkazilishi lozim bo’lgan o’lchov vositalari turkumlarining ro’yxati "O’zstandart" tomonidan tasdiqlanadi. (O’zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi qism)
Yuridik shaxslarning akkreditatsiya qilingan metrologik xizmatlariga o’lchov vositalarini tekshiruvdan o’tkazish huquqi berilishi mumkin.
Boshqa davlatlarda amalga oshirilgan o’lchov vositalarini tekshirish natijalari xalqaro shartnomalar va bitimlar asosida e’tirof etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |