18-1-modda. Metrologiya ishlari va xizmatlarini amalga
oshirish huquqi bilan ta’minlash uchun yuridik va jismoniy
shaxslarni akkreditatsiya qilish
Normativ va texnik hujjatlarni metrologik ekspertiza qilish, o’lchovlarning bajarilish uslubiyotlarini metrologik attestatsiya qilish, ushbu qonunning 14-moddasida ko’rsatilgan doirada qo’llanilishi va foydalanilishi mumkin bo’lgan o’lchov vositalarini tekshiruvdan o’tkazish, kalibrlash, ta’mirlash, sinash, metrologik attestatsiya qilishni amalga oshirish huquqi bilan ta’minlash uchun yuridik va jismoniy shaxslarni akkreditatsiya qilish "O’zstandart" agentligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. (O’zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi modda)
Do'stlaringiz bilan baham: |