Ўзбекистон республикасининг


-modda. Metrologiyaga oid faoliyatni


Download 111.5 Kb.
bet9/24
Sana05.01.2022
Hajmi111.5 Kb.
#209952
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24
Bog'liq
Metrologiya to'g'risida

4-modda. Metrologiyaga oid faoliyatni

davlat tomonidan boshqarish
Metrologiyaga oid faoliyatni davlat tomonidan boshqarishni metrologiya bo’yicha milliy organ - O’zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi ("O’zstandart" agentligi) amalga oshiradi. (O’zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi qism)

"O’zstandart" vakolatiga: (O’zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi xatboshi)

metrologiya sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, metrologiyaga oid faoliyatni mintaqalararo va tarmoqlararo muvofiqlashtirish; (O’zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi xatboshi)

milliy etalonlarni yaratish, tasdiqlash, saqlash va qo’llab-quvvatlash hamda ularning xalqaro darajada solishtirilishini ta’minlash qoidalarini belgilash; (O’zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi xatboshi)

o’lchov vositalari, usullari va natijalariga qo’yiladigan umumiy metrologik talablarni aniqlash;

davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratini amalga oshirish;

metrologiya masalalari bo’yicha normativ hujjatlarni, shu jumladan, davlatning boshqa boshqaruv organlari bilan hamkorlikda O’zbekiston Respublikasining butun hududida majburiy kuchga ega bo’lgan normativ hujjatlarni qabul qilish;

metrologiya sohasida ilmiy va muhandis-texnik kadrlar tayyorlash;

O’zbekiston Respublikasining metrologiya sohasidagi xalqaro shartnomalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;

metrologiya masalalari bo’yicha xalqaro tashkilotlar faoliyatida qatnashish kiradi;

O’zbekiston Respublikasining o’lchovlarning yagona birlikda bo’lishini ta’minlash tizimi faoliyat olib borishi va rivojlanishini hamda uning xalqaro o’lchov tizimi va boshqa mamlakatlarning o’lchovlar tizimlari bilan uyg’unlashuvini ta’minlash; (O’zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi xatboshi)

iste’molchilar huquqlarini, fuqarolarning sog’lig’i va xavfsizligini, atrof-muhitni hamda davlat manfaatlarini noto’g’ri o’lchov natijalarining salbiy oqibatlaridan muhofaza qilishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish. (O’zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi xatboshi)



Download 111.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling