Ўзбекистон республикси
Narsalar yasash uchun loy qanday tayyorlanadi?
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
tasviriy faoliyatga orgatish maxsus metodikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Plastilin
Narsalar yasash uchun loy qanday tayyorlanadi?
Turli joylardan olingan loy rangi bilan farqlanadi; u sarg„ish, jigar rang, qizg„ish, kul rang, oq, yashil-kо„kish, qо„ng„ir rang bо„lishi mumkin. Loy, uning tarkibida qum kam bо„lsa, kuchli bо„ladi, qum aralishmasi uni sochiluvchan qiladi. Loyni bevosita yerning о„zidan tanlash mumkin. Kuchli loyning yaxshi qatlamlari daryo va ariqlarning yaqinida uchraydi. Shuning uchun shahar bog„chalari uchun loyni yozda dala hovliga chiqqan vaqtlarda jamlab kelish kerak
Plastilin–loy, mum, yog„, bо„yoq va boshqa qо„shilmalardan tayyorlangan sun‟iy plastik massa. U yumshoq va qayishqoq, u uzoq qotmaydi, ammo temperatura oshganda yumshaydi.va eriydi. Narsalar yasashda plastilinni qо„lda о„zoq muddat ezish tavsiya qilinadi. Plastilin bilan ishlashdan oldin uni qutisi bilan issiqroq joyga yaqin qо„yib, bir oz isitiladi. Katta guruhlar tarbiyalanuvchilarida plastilinning individual tayyor naborlari bо„lishi kerak. Ular plastilinning holatini о„zlari nazorat qilib, qolgan plastilinni rangiga kо„ra joylab qо„yadilar. 61
Applikatsiya mashg„ulotlari uchun tayyor forma, qog„oz, qiyqimlar uchun patnis va yuza qutilar; kleyonka; formalarga yelim surish uchun plastmassa taxtachalar (20X15sm): latta, shirach uchun chetlari nast quticha; mо„yqalamlar uchun tagllik; dag„al jundan tayyorlangan mо„yqalamlar; tо„mtoq uchli qaychilar; (richagining о„zunligi 18 sm ) kerak bо„ladi. Applikatsiya ishlarida har xil sortli oq va rangli qog„ozlardan foydalaniladi. Fon uchun oq qalin qog„oz: rasm albomlarning varaqlari yoki stolga solinadigan rangil qog„oz, yo bо„lmasa, yupqa karton ishlatiladi. Predmetning qismlari yupqa qog„ozdan, yaxshisi yaltiroq qog„ozdan qirqilgani ma‟qul; uning rangi yorqin, ushlaganda qо„lga xush yoqadi. Maktabgacha katta yoshdagilar har xil arng va tusdagi jilosiz rangli qog„ozlardan ham foydalanadilar. Katta guruhlarda har bir bola uchun turli rang va tusdagi qog„ozlar naboriga ega bо„lish maqsadga muvofiqdir. Tasviriy faoliyatga mо„ljallangan barcha materiallar sortlarga ajratilgan va ma‟lum tartib bilan har qaysisi joy-joyiga qо„yilgan bо„lishi kerak. Qaychilar qutichada saqlanadi. Foydalanib bо„lgandan keyin bо„yoqlar bankalarga qayta quyiladi (bankalarning og„zini bо„yoq qurib qolmasligi uchun mahkam qilib berkitish kerak). Bankalardagi guash bо„yoqlari ustiga suv quyish lozim. Qog„oz dasta qilib taxlanib saqlanadi. Rangli qog„ozlarni kichikroq bо„laklarga qirqib, press ostiga qо„yish mumkin (keyin katta guruhlarda ular individual konvertlarga solinadi). Tartibli joylashtirilgan material kam joyni egallaydi, yaxshi saqlanadi, ulardan foydalanish ham qulay bо„ladi.
Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling