Ўзбекистон республикси
Aralash yosh guruhlarda
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
tasviriy faoliyatga orgatish maxsus metodikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- IV.II.BOLALARNI MASHG„ULOTLARDA О„QITISH
Aralash yosh guruhlarda mashg„ulotni tashkil etish о„ziga hos
xususiyatga egadir. Bu guruhni 2-3 yuqori guruhga bо„lib, har biri uchun о„zining dastur mazmuni aniqlanadi.(bolalarning hammasi, birgalikda, bir vaqtda, bir faoliyat bilan shug„ullansa ham).
42
IV.II.BOLALARNI MASHG„ULOTLARDA О„QITISH О„qitish–maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni elementar bilimlar sistemasi bilan tanishtirishda, “Uch ming yillikning bolasi dasturi” da nazarda tutilgan kо„nikma va malakalarni shakllantirishda yetakchi rolni о„ynaydi. О„qitish jarayonida bolalarga yangi bilimlarni muntazam berib borish, ular jamg„argan tasavvurlarni aniqlash va sistemalashtirish, bolalarning bilish jarayonlari hamda tafakkur aktivliklarini rivojlantirish amalga oshiriladi. О„qitish–ikki tomonlama jarayon: mashg„ulotlar kо„zatilar ekan, tarbiyachining ta‟lim berish faoliyatini, uning bolalarga ta‟sir etish imkoniyatlarini hamda bolalarning javob berish reaksiyalarini, о„quv harakatlari sifatini ham baholash muhimdir. Ta‟lim jarayoni bolalarning jismoniy, ma‟naviy, mehnat va estetik rivojlanishlariga har tomonlama ta‟sir kо„rsatadi. Shuning uchun ta‟lim jarayonini kо„zatishning muhim vazifasi uning bolalarga tarbiyaviy, umumta‟lim ta‟sirini (kо„zatuvchanlik, zehnlilik, aqliy, nutqiy va harakat aktivligi, mustaqillik, ijodiy tashabbusning rivojlanishini) aniqlashdir. Pedagog har bir mashg„ulotda ta‟lim va tarbiyaning о„zaro bog„langan vazifalarini amalga oshirishni esda saqlashi muhimdir. Masalan, bolalarga rasm solish usullarini tushuntirar ekan, u bolalarga predmetni izchil taxlil qilishni, kо„rganlarini tasvirlashni, xarakat usullari haqida gapirishni, bо„yoqdan tartibli foydalanishni, о„rtog„iga halaqit bermaslikni oxirida hamma narsani о„zi joy- joyiga olib qо„yishni о„rgatadi. Shuning uchun tasviriy faoliyat mashg„ulotlarida bolalarning tashqi dunyo haqidagi tasavvurlari qandayligini, ular о„z fikrlarini erkin bayon qila olishlarini, ularning lug„at boyliklari qandayligini aniqlash mumkin. Bolalardagi ma‟naviy tasavvur darajasini bajarilgan ishlarni baholashi va shu kabilardagi fikrlari hamda luqmalaridan bilib olish mumkin. Demak, kо„rilgan har bir mashg„ulotlarda dasturning barcha bо„limlari bо„yicha bolalar bilan olib borilgan ishning darajasi xuddi kо„zgudagidek aks etadi. Tarbiyachi о„tkazadigan mashg„ulotlarning muvaffaqiyati uch shartga: dasturni yaxshi
43
bilishga, ta‟lim metodikasini egallaganlikka, о„z guruhidagi bolalarning yosh va individual xususiyatlari hamda imkoniyatlarini bilishga bog„liq bо„ladi. Tarbiyachini nazorat qilish va unga yordam kо„rsatish uchun Maktabgacha ta‟lim muassasasi mudirasi barcha yosh guruhlarining dasturini hamda ta‟lim metodikasini bilishi, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning psixo-fiziologik xususiyatlarini tushunishi, yangi ilmiy tadqiqotlar va ilg„or pedagogik tajribadan xabardor bо„lishi kerak.
Savollar: 1. Maktabgacha yoshdagi rivojlanishida nuqsoni bо„lgan bolalarning rivojlanishida tasviriy faoliyatning о„rni qanday? 2.
Bolalarning tasviriy faoliyatlarining rivojlantirish vazifalari nimalardan iborat? 3. Maxsus maktabgacha ta‟lim muassasalarida tasviriy faoliyat mashg„ulotlarining tashkil etilishi.
Tayanch tushunchalar: 1. Mashg„ulot 2. Lug„at boyligi 3. Ichki nutq 4. Tashqi nutq
Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling