Ўзбекистон республикси
Rivojlanishda nuqsoni bo„lgan bolalar bilan tasviriy faoliyat
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
tasviriy faoliyatga orgatish maxsus metodikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qalamlar.
Rivojlanishda nuqsoni bo„lgan bolalar bilan tasviriy faoliyat
jarayonida didaktik materiallardan foydalanishning o„ziga xosligi REJA:
1. Maxsus muassasalarda tasviriy faoliyat jarayonida foydalaniladigan uskunalar. 2. Maxsus muassasalarda tasviriy faoliyat jarayonida foydalaniladigan materiallar. 3. Maxsus muassasalarda tasviriy faoliyat jarayonida foydalaniladigan didaktik materiallar.
Tasviriy faoliyat mashg„ulotlari pedagogik о„ylangan moddiy jixozlanishni: maxsus uskunalar, asboblar va tasviriy materiallari talab qilinadi. Mashg„ulot о„tkazish uchun sharoit yaratuvchi barcha predmetlar taxtalar, molbertlar, tagliklar va hakozolar; asboblar: tasviriy jarayonida kerak bо„ladigan qalamlar, mо„yqalamlar, qaychilar va boshqa narsalar: tasvir yaratishda ishlatiladigan tasviriy materiallari – jixozlash uskunalariga kiradi. Mudira tarbiyachi-metodist bilan birgalikda tasviriy faoliyat mashg„ulotlarini muvaffaqiyatli о„tkazish va bolalar ijodiyotini о„stirish uchun olingan borcha 56
kerakli narsalarini kо„rib chiqadi, material hamda uskunalardan qanday foydalanilayotganligini, bolalarda ularga nisbatan ehtiyotkorona munosabat tarbiyalanayotganligini tekshirib chiqadi. Tasviriy faoliyatning har xil turlari turlicha jihozlanadi. Rasm-predmetli, mazmunli, dekorativ, о„ylangan fikr bо„yicha solish mashg„ulotlari uchun lenolium qoplangan doskalar (devorga va polgp qо„yiladigan); bolalar chizgan rasmlarni namoyish qilish uchun uchta reykali doskalar; natura uchun taglik; stolga qо„yiladigan doskalar–yig„ma molbertlar (katta guruhlar uchun) va boshqalar kerak bо„ladi. Guruhda seksiyalaridan biriga lenolium, ikkinchisiga flanel qoplangan, uchunchisiga esa reyka qoqilgan, uch seksiyali, kombinatsiya qilingan, devorga о„rnatiladigan doskaning bо„lishi maqsadga muvofiqdir. Bolalarning kо„rish faoliyatini saqlash maqsadida katta guruhlarda sathi qiya turadigan individual taxtalardan foydalanish maqbuldir, chunki bunday taxtalar nurning kо„zga burchak ostida emas, balki perpendikulyar yо„nalishda tushishni ta‟minlaydi.
kichik guruxda beshta qalamdan (qizil, kо„k, yashil, sariq, va qora); о„rta guruhda-oltita qalamdan (qizil, kо„k, yashil, sariq, qora va jigar rang) foydalaniladi; katta guruhlarda yuqorida aytilganlardan tashqari-qizg„ish, binafsha rang, tо„q qizil, pushti zangori, och yashil ranglar qо„shiladi. Kichik guruhlarda qalamlar dumaloq bо„lishi kerak. Katta guruxlarning bolalariga yumshoq grafitli qalamlar (“Shkolnoye”, “Iskusstvo” №1, 2) tavsiya qilinadi. Qalamni ishlatishga tayyorlashda yog„och qatlami 25-30 mm olinib, grafiti 8-10 mm ochiladi (rangli qalamlarning yog„ochi kamroq olinishi kerak, chunki ularning о„zaklari yо„g„onroq, qattiqroq bosganda uvalanib, sinib ketadi). Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling