Ўзбекистон республикси
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
tasviriy faoliyatga orgatish maxsus metodikasi
Mо„yqalamlar. Bо„yoq bilan rasm chizish uchun tuki yumshoq va
elastik kolonok, olmaxon va shu kabilarning qilidan qilingan dumaloq mо„yqalamlar kerak. Mо„yqalamlar nomerlariga kо„ra farqlanadi: 1-8 ingichka, 8-16 yо„g„on. Kichik guruh bolalariga 12-14 nomerli mо„yqalamlarni berish tavsiya qilinadi. Bunday mо„yqalam qog„ozga bosilganda yorqin, yaxshi
57
seziladigan iz qoldiradi, predmetning shaklini berishni osonlashtiradi. О„rta va katta guruhlar bolalariga ham ingichka, ham yо„g„on mо„yqalamlarni berish mumkin. Bolalarning mо„yqalamlardan foydalanishlarini kuzatilar ekan, eng avvalo, ular uni tо„g„ri ushlashni bilishlariga, tarbiyachi buni eslatishi va kо„rsatishiga: mashg„ulot vaqtida va tugugandan sо„ng bolalar mо„yqalamni taglikka qо„yishlariga (tarbiyachi tagliklarni qalin kartondan yoki о„zunasiga ikkiga qirqilgan g„altakdan tayyorlashi mumkin) e‟tibor berish kerak. Bolalarga mо„yqalamni suvli bankada qoldirishga ruxsat bermaslik kerak, bundan qilinganda uning tuki egiladi, har tomonga tarqab, shaklini yо„qotadi. Agar tukli mо„yqalamlarga tejamkorlik bilan munosabatda bо„linsa, ular о„zoq muddat xizmat qiladi. Mashg„ulot uchun bо„yoq tayyorlashda uni mо„yqalam bilan aralashtirmaslik kerak, buni chо„p bilan qilish ancha qulay. Akvarel bо„yog„i bilan rasm solishda mо„yqalamning tuklari yelpig„ich singari tarqab ketmasligi uchun uni bosmasdan, bо„yoq yengil yarim aylana harakat bilan olinadi. Ish tugagandan keyin, bо„yoq qurib qolmasdanoq, mо„yqalam yaxshilab yuviladi. Mо„yqalamlarni stakanda mо„yini yuqoriga qilib saqlash tavsiya qilindi. Mudira mashg„ulot boshlanishidan oldin, qog„oz qanday tayyorlanganligini kо„radi. Rasm solish uchun anchagina qalin, bir oz g„adir budur qog„oz (yaxshisi yarim vatman) kerak. Qalin yozuv qog„ozi uning о„rnini bosishi mumkin. Rasm solish uchun ustiga qalam deyarli iz qoldirmay sirpanadigan yaltiroq va qalam kuchliroq bosilganda yirtilib ketadigan yupqa qog„ozlar yaramaydi. Ish vaqtida qog„oz qimirlamay, bir tekis turishi kerak (bolalar qog„oz holatini о„zgartirishlari mumkin bо„lgan manzarali rasmlar solish bundan mustasno). Kichik guruh bolalariga rasm solish uchun yozuv qog„ozi kattaligidagi qog„ozni berish tavsiya qilinadi u bolakay qо„lini yozgandagi kenglikka muvofiq keladi. О„rta va katta guruh bolalariga alohida predmetlarni tasviriylari uchun yozuv qog„ozining yarmini (butun qog„ozdan ham foydalanish mumkin) berish tavsiya qilinadi: mazmunli rasmlar uchun kattaroq formatdagi qog„ozni
58
berish kerak. Rasm solish uchun qog„oz tayyorlar ekan, tarbiyachi tasvirlanadigan predmetning tuzilishini va razmerini hisobga olishi kerak. Guash bо„yoqlar bilan rasm solishda tо„yingan va yumshoq tondagi rangli qog„ozlardan foydalaniladi. Katta guruh bolalari kerakli rangdagi qog„ozlarini mustaqil tayyorlay oladilar (qog„ozga tus berishda guash va akvarel bо„yoqlardan hamda yо„g„on, yumshoq mо„yqalamlardan foydalanadilar: razmeri unchalik katta bо„lmagan yassi bо„yoq mо„yqalamlari–fleyslar qulaydir. Bо„yoq oldin gorizontaliga, sо„ngra uning ustidan vertikaliga beriladi). Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling