¤збекистон респуликаси олий ва ¤рта махсус таълим вазирлиги


Download 51.73 Kb.
bet1/6
Sana31.01.2024
Hajmi51.73 Kb.
#1828711
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ishlab chiqarish sexlarini changdan tozalash uskinalarni hisoblashni o\'rganish




MAVZU: ISHLAB CHIQARISH SEXLARINI CHANGDAN TOZALASH USKINALARNI HISOBLASHNI O'RGANISH


REJA:
1. Sexlarni shamollatish.
2. Isitish sistemasi. Ularning afzalliklari va kamchiliklari.
3. Zararli chiqindilarni so’rib olish.
4. Havoni changdan tozalash.
5. Uskinalarni hisoblashni o'rganish


1. Sexlarni shamollatish
Shamollatishning vazifasi ishlab chiqarish sexlarida havoning tozaligini va belgilangan mikroiqlim sharoitlarini ta’minlashdir. Shamollatish, sexdagi ifloslangan yoki qizib ketgan havoni chiqarib tashlash va Hrniga toza havo berish bilan bajariladi.
Havo almashtirish bo’yicha shamollatish uch turli bo’ladi: tibbiy, mexanik, aralash.
Shamollatish sistemasi nima uchun xizmat qilishiga qarab uch turli bo’ladi: havo beruvchi, so’rib oluvchi, beruvchi va so’rib oluvchi.
Ta’sir qilish bo’yicha umumiy va mahalliy turlarga bo’linadi. Ishlab chiqarishda ko’pincha ikkovi birgalikda qo’llanadi. Ayrim hollarda o’ta zaharli gazlar ajralib chiqish va havoga tarqalish xavfi tug’ilganda avariya shamollatish sistemasi qo’llanadi.
Odatda toza havo ish joylariga beriladi, ifloslangan havo esa sexning yuqori qismidan so’rib olinadi. Ayrim hollarda (jumladan to’qimachilik, yengil va paxtachilik sanoatida ham) sexning pastki qismidan so’rib olinadi. Shamollatish sistemasiga qo’yiladigan talablar quyidagilardan iboratdir: ishchilarni sovuqotishga yoki qizib ketishiga yo’l qo’ymasligi, shovqin miqdori belgilangan darajadan oshib ketmasligi kerak, elektr va portlash jihatidan xavfsiz bo’lishi, tuzilishi sodda, ekspluatasiyada mustahkam va ishlashda samarador bo’lishi kerak.
Tabiiy shamollatish.
Tabiiy shamollatishda havo almashishi sexdagi va tashqaridagi havo harakatlarining farqi hisobiga sodir bo’ladi, hamda shamol ta’siri ostida sodir bo’ladi. Tabiiy shamollatish ikki turli: uyushtirilgan hamda uyushtirilmagan bo’lishi mumkin.
Uyushtirilgan shamollatish (ularni boshqarsa bo’ladi) aerasiya va deflektorlar orqali amalga oshiriladi.
Uyushtirilmagan shamollatishda havo, deraza oynasi, fortochkalar, maxsus teshiklar va ulardagi zichsizliklar orqali kiradi.
Aerasiya sovuq sexlarda shamolning bosimi tufayli, issiq sexlarda esa shamolning bosimi va gravitasion bosimning birgalikda va alohida ta’siri tufayli amalga oshadi. Deflektorlar shamolning quvvatidan foydalanib havo so’ruvchi quvurlarning tepa qismiga ulanib sexning tomiga o’rnatiladi. Ular uncha katta bo’lmagan sexlardan, hamda mahalliy havo so’rish sistemalaridan ifloslangan yoki qizib ketgan havoni so’rish uchun ishlatiladi.
Hozirgi paytda SAGI defelektori keng qo’llaniladi. U diffuzor va uning yuqori tarafi silindr shaklidagi to’sqich dan iborat. Ichkaridan ishlatilgan havo so’ruvchi quvur va unga qor va yomQir tushmasligi uchun qalpoq o’rnatilgan. Deflektor ichiga havo kirib ketmasligi uchun konus O’rnatilgan.
Shamol deflektorining silindrik to’sig’iga urilib, uning ichki qismida manfiy bosimli zona hosil qiladi, (samovor karnayini eslang), shuning natijasida xonadagi havo quvur orqali yuqoriga ko’tariladi va tashqariga chiqib ketadi. Deflektor ishining samaradorligi asosan shamolning tezligiga, hamda tomning yuqori nuqtasidan qancha balandlikka o’rnatilishiga bog’liq.



Download 51.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling