Ўзбекистон респуликаси
Download 208.29 Kb. Pdf ko'rish
|
5A112001 JISMONIY TARBIYA VA SPORT MASHG‘ULOTLARI NAZARIYASI VA
Dasturning mazmuni “Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi” mutaxassisligi bo‘yicha magistraturaga kirish hohishi bo‘lgan talabgorlardan bakalavriat bosqichida o‘qitilgan ixtisoslik fanlari dasturlariga kiritilgan mavzular bo‘yicha quyidagi savollarga javob berishi hamda ularning mohiyatini to‘liq tushuntirib berishi talab qilinadi. Mazkur dastur bakalavriat bosqichida o‘qitilgan maxsus fanlarni qamrab oladi. Dasturga kiritilgan savollar ikkita yo‘nalishda - “Jismoniy madaniyat tarixi va Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish” hamda “Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi” yo‘nalishlarni qamrab oldi. “Jismoniy madaniyat tarixi va Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish” fani mazmuni quyidagilardan iborat Jismoniy madaniyat tarixi va Jismoniy tarbiya va sportni boshqarishning umumiy asoslari - Jismoniy madaniyat tarixi va Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish fani, maqsadi, mazmuni uning asosiy tushunchalari, vujudga kelishi, rivojiga hissa qo‘shgan olimlar faoliyati, fanning O‘zbekiston xududida vujudga kelishi. Ibn Sinoning jismoniy madaniyatga oid qarashlari va ilmiy faoliyati, Amir Temur, Alisher Navoiy, Bobur, Abdulla Avloniy va boshqalarning fan rivojiga qo‘shgan hissalari. Jismoniy tarbiyaning tarixiy taraqqiyoti, rivojlanish tarixi. Jismoniy madaniyat sohasini rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekistonda mustaqillikka erishgandan keyin qabul qilingan qonunlar, farmonlar, qarorlarning ahamiyati. Bolalar sportini rivojlantirishga e’tiborning kuchayishi, uch bosqichli sport musobaqalari, O‘zbekistonlik sportchilarning Olimpiya o‘yinlarida erishgan yutuqlari. Harakatlar strategiyasi mazmunida jismoniy tarbiya va sport, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jismoniy tarbiya va sportni boshqarish, ommaviy sportni rivojlantirish va O‘zbekiston sportchilarini Olimpiada va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorlash to‘g‘risidagi Farmon va Qarorlari mazmuni va ularning amaliyotga tatbiq etilishi. Jismoniy tarbiya va sportning ilmiy-uslubiy va nazariy masalalari, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish istiqbollari. O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni jismoniy tarbiya va sportga doir ilmiy-uslubiy adabiyotlar, ilmiy maqolalar, darslik va o‘quv qo‘llanmalar, mutaxassis-olimlarning jismoniy madaniyatga doir qarashlari va 4 fikrlari. Jismoniy madaniyatni tashkil etish bo‘yicha bugungacha erishilgan tarixiy tajriba. Jismoniy madaniyatning tarixiy rivojlanishi, ijtimoiy-pedagogik ahamiyati, rivojlanish xususiyatlari. Jismoniy madaniyat va sportni rivojlantirishning huquqiy asoslari, O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi mazmunida jismoniy tarbiya va sport masalalari, jismoniy tarbiya va sportga doir Qonun, Qaror va Farmonlar mazmuni va uning ahamiyati. Jismoniy tarbiya va sport atamalari va ularning mazmuni. Download 208.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling