«Ўзбекистон темир йўллари» датк


Download 1.58 Mb.
bet8/38
Sana15.06.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1477029
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   38
Bog'liq
«O’zbekiston temir yO’llari» datk Òoshkent temir yo’l muhandisla

Eb=tgo =b/el. (1.3)

Egri chiziqqa o’tkazilgan urinma yoki kesuvchi bilan gorizontal o’q orasidagi burchak tangensi tg materialning deformatsiya modulini ifodalaydi.





1.3-rasm. Betonning «kuchlanish – deformatsiya» umumiy diagrammasi




B20...B50 sinfli oddiy betonning elastiklik moduli 27000...39000 MPa oralig’ida bo’ladi, bu po’latning elastiklik modulidan 5...8 marotaba kam.
Beton uchun Puasson koeffitsiyentining boshlang’ich qiymati v=0,2 bo’lib, bu qiymat kuchlanish ortishi bilan ortib boradi. Betonnig siljish moduli G=Eb/2(1+v) ga yoki 0,4 Eb ga teng.
Beton deformatsiyasining chegaraviy qiymatlari. Betonning sinishi oldidan sodir bo’lgan deformatsiya miqdori chegaraviy deformatsiya deyiladi. Ular betonning mustahkamligiga, tarkibiga va yukning qo’yilish muddatiga bog’liq bo’ladi.
Mustahkamlik oshishi bilan u kamayadi, yukning qo’yilish muddati oshishi bilan esa u ham oshadi. Тajribalar asosida betonning chegaraviy siqilish deformatsiyasi εbu=(0,8...3)x10–3. Hisoblashlarda εbtu=2x10–3 , yukning uzoq ta’sir etishida esa 2,5x10–3 qabul qilinadi. Betonning chegaraviy cho’zilishi 10...20 marta siqilishidan kichik va u o’rtacha 1.5x10–3 qabul qilinadi.
Betonning kirishishi va tob tashlashi. Betonning muhim xossalaridan biri uning hajmiy o’zgarishidir. Bunday o’zgarish sementning suv bilan birikishi chog’ida ro’y beradigan fiziq-kimyoviy jarayonlar, betondagi namlikning o’zgarishi (havoda qotganda namning bug’lanishi, suvda qotganda namlikning ortishi), qotish jarayonida o’zidan issiqlik ajralishi, tashqi muhit haroratining o’zgarishi va, nihoyat, tashqi yuklarning ta’siri natijasida vujudga keladi.
Beton hajmining o’zgarishga olib keladigan sabablardan biri – kirishishdir (usadka). Kirishishning miqdori sl sement turi, beton tarkibi, uni yotqizish sharoiti, muhitning namligi va harorati kabi omillarga bog’liq bo’lib, o’rtacha qiymati kirishishda 0,3 mm/m va shishishida 0,10 mm/m atrofida bo’ladi. Beton armaturalansa, uning kirishishi ham, shishishi ham kamayadi.
Kirishish deformatsiyasi vaqt o’tgan sari kamaya boradi. Ayni paytda uzoq muddat davom etishi mumkin. Kirishish sirtdan boshlanib, beton qurigan sari ichkarilab boradi. Quyosh nurlari ta’sirida beton tez qurisa (Markaziy Osiyo sharoitida aynan shunday bo’ladi), uning sirtida yoriqlar paydo bo’ladi.
Betonga uzoq vaqt mobaynida yuk yoki kuchlanish (shu jumladan harorat, cho’kish va boshqalardan hosil bo’lgan kuchlanish) lar ta’sir etganda, vujudga keladigan noelastik deformatsiya tob tashlash) deb ataladi. Uzoq vaqt davomida vujudga kelgan tob tashlash deformatsiyalari qisqa muddatli kuchlar deformatsiyasidan bir necha marta katta bo’lishi mumkin. Betonning tob tashlashi katta amaliy ahamiyatga ega, shuning uchun ham konstruksiyalarni hisoblash va loyihalashda u albatta e’tiborga olinadi.
Betonning tob tashlashi chiziqli yoki chiziqsiz bo’lishi mumkin. Chiziqli tob tashlashda kuchlanish bilan deformatsiya orasidagi bog’lanishni chiziqli deb qaralsa bo’ladi. Bunday bog’lanish siquvchi kuchlanish uncha qatta bo’lmagan hollarda, masalan b  0,5Rb chegarasida uchraydi. Kuchlanish kattaroq bo’lgan hollarda tob tashlash deformatsiyasi chiziqsiz bo’ladi: bunda deformatsiya kuchlanishga qaraganda tezroq o’sib boradi.
Betonning chiziqli tob tashlashi vaqt o’tishi bilan kirishishiga o’xshab so’nib boradi. Yuqori darajadagi kuchlanishlarda (chiziqsiz tob tashlash) yuqorida aytilgan hodisalardan tashqari betonda mikroyoriqlar paydo bo’ladi va o’sib boradi. Bu hol qaytmas jarayon hisoblanib, deformatsiyaning tez o’sib borishiga olib keladi. Betonning tob tashlashiga kuchlanish holati, kuchlanish miqdori, yuklanish vaqtidagi uning yoshi va boshqalar ta’sir etadi.

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling