Òzbekistonda bank tizimini rivojlanish istiqbollari Reja
Oʻzbekiston va Islom taraqqiyot banki: Hamkorlik va rivojlanish istiqbollari
Download 368.6 Kb.
|
Òzbekistonda bank tizimini rivojlanish istiqbollari
Oʻzbekiston va Islom taraqqiyot banki: Hamkorlik va rivojlanish istiqbollari
Maʼlumki, ayni kunlarda keng jamoatchilik va ishbilarmon doiralar vakillari, xalqaro tashkilotlar, jahonning nufuzli kompaniyalari diqqat-eʼtibori poytaxtimiz Toshkentda yaqinda boʻlib oʻtgan Islom taraqqiyot banki (ITB) Boshqaruvchilar kengashining 46 yillik yigʻilishiga qaratilgan. “Yangi Oʻzbekiston” uchun xos boʻlgan bu yangilikning mamlakatimiz, xalqimiz uchun ahamiyati qay darajada? Aytish kerakki, hozirgi davrda jahon iqtisodiyotida Islom moliya tizimiga qiziqish tobora ortib boryapti. Ekspertlar fikricha, jahon bozorida islom moliyasi gʻarb moliya tizimini inqiroz holatiga olib kelgan salbiy omillarga qarshi turish imkoniyatini berdi. Bugungi kunda bank islom dunyosidan tashqari mamlakatlar uchun ham xizmat koʻrsatib, ularga ham ulkan imkoniyatlar yaratmoqda. Qayd etish zarurki, yurtimiz Islom taraqqiyot bankiga 2003-yilda aʼzo boʻlgan. Shu yillar mobaynida jami 2,5 milliard dollardan ortiq 30 ta yirik investitsiya loyihasi maʼqullanib, loyihalar doirasida maktablar, arzon uy-joylar, avtomobil yoʻllari, elektr va ichimlik suvi tarmoqlari qurilib, sogʻliqni saqlash muassasalari zamonaviy jihozlangan. Mazkur anjumanda davlatimiz rahbari nutq soʻzlar ekan, Oʻzbekiston taraqqiyoti va xalq manfaatlarini koʻzlagan holda Islom taraqqiyot banki faoliyatini takomillashtirishga oid bir qator fikrlar bildirib, takliflar kiritdi. Shuningdek, Prezidentimiz mintaqamizdagi ekologik muammolarni qayd etib, qatʼiylik bilan bank boshqaruvchilari eʼtiborini Birlashgan Millatlar Tashkiloti shaʼfeligida tuzilgan trast jamgʻarmasi hamda Orolboʻyi mintaqasida tashkil etilayotgan ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududini qoʻllab-quvvatlash masalalariga qaratdi. Dunyo mamlakatlaridagi iqlim oʻzgarishlari, yirik migratsion jarayonlar, tabiiy resurslar va oziq-ovqat yetishmovchiligi kabi sinovli holatlar ham Prezidentimiz eʼtiboridan chetda qolmadi. Bu borada bank faoliyatini takomillashtirish boʻyicha asosli takliflar mamlakat rahbari tomonidan bildirib oʻtilgani barcha tomonlar uchun manfaatli boʻldi. Prezidentimiz tomonidan taʼkidlanganidek, ushbu xalqaro anjuman bank doirasidagi hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishi va aʼzo mamlakatlar xalqlarining umumiy farovonligiga katta hissa qoʻshishiga ishonch bildirilmoqda. Shu oʻrinda xalqimiz farovonligi yoʻlida Oʻzbekiston tanlagan yoʻl nega aynan Islom taraqqiyoti banki bilan tutashmoqda degan savolga javob izlaymiz. Aytish kerakki, gʻarb namunasidagi banklardan farqli oʻlaroq islom banki islom qoidalariga qatʼi rioya qilish boʻlib, kreditlashtirishdan foiz olishni taqiqlaydi. Barcha islom moliya institutlari shunday tashkillanganki, ular mijozlarga berayotgan kreditidan foiz olmaslik shartini bajargan xolda oʻz faoliyatlaridan daromad oladilar. Maʼlumki gʻarb mamlakatlari banklari pul mablagʻlarini oldi-sotdisi bilan shugʻullanadilar va bunda foizlangan holda naf (foyda) koʻradilar. Islom banki esa moliyaviy biznesning kredit asosini investitsiyaga koʻchiradi. Islom banki faoliyatini asosiy prinsipi shundaki, bank yoki uning omonatchisi koʻradigan naf oldindan kafolatlanmagan boʻlib, u tadbirkorning biznesi foydasiga bogʻliq. Islom bankida anʼanaviy bank tizimining asosiy elementi, yaʼni kredit uchun foiz umuman yoʻq. Ushbu bank faoliyatini asosi shunda mujassamlashganki, pul tovar boʻlmaganligi uchun ularni ssuda (kredit) sifatida berilganligi uchungina foyda olib rivojlanish mumkin emas. Shu oʻrinda savol tugʻilishi mumkin, u ham boʻlmasa bank mijozga berayotgan kreditidan foiz olmasa, qanday qilib daromad koʻradi? Shu munosabat bilan aytish kerakki, bank daromadni berayotgan krediti sarmoya sifatida yotqizilib, ular real qoʻshimcha qiymat yaratsagina daromad oladilar. Shu oʻrinda Islom bankiga xos boʻlgan bank va investitsion xizmatlar toʻgʻrisida maʼlumotlar keltirish joiz. “Mushoraka” — bu operatsiyani amalga oshirishda bank bilan tadbirkor ishlab chiqilgan loyihalarni bajarilishini birgalikda taʼminlaydilar. Bank tadbirkor loyihalarining moliyalashtirilishining asosiy manbasi sifatida xizmat qiladi. Taʼkidlanganidek, foiz olish yoʻq, lekin bank foydani taqsimlashda toʻlaqonli ishtirokchiga aylanadi. Qarz beruvchi loyihada ishtirok etganligi uchun foydadan qayd qilingan ulushni oladi. Daromadni qolgan qismi esa tadbirkor bilan bank oʻrtasida loyihaga ulardan har biri yotqizgan sarmoyasi ulushiga qarab boʻlinadi. Zarar ham xuddi shunday tartibda taqsimlanadi. “Mudoroba” — bu moliyaviy operatsiyaning bir turi boʻlib, unda omonatchi bankda depozit hisob raqam ochadi, bank esa, oʻz navbatida uni mablagʻlarini turli xil loyihalarga sarmoya sifatida yotqizadi. Agar loyiha iqtisodiy nafli boʻlsa, u holda foyda shartnomada koʻrsatilgan ulushlarga muvofiq taqsimlanadi. Agar loyihani amalga oshirish zarar bilan yakunlansa, u bilan bogʻliq boʻlgan tavakkalni tadbirkor oʻz zimmasiga oladi. Operatsiyani asosiy xususiyati shunda mujassamlashganki, sarmoyasini qayerga yuborayotgani toʻgʻrisida axborotga ega boʻladi. Banklar mablagʻlarini taqiqlangan faoliyat turlariga (spirtli ichimlik ishlab chiqarish, turli xil oʻyinlarni tashkil qilish bilan bogʻliq boʻlgan) sarmoya sifatida yotqizmaydi. “Murobaxa” — bu oldi- sotdi operatsiyalarini moliyalashtirish turidir. Bunda banklar oldindan olingan tovarni sotadi, bu narsa shariat qonunlari bilan taqiqlanmagan boʻlib, savdo bevosita shaxsiy ishtirokni koʻzda tutadi. Bank tovarlar savdosi, ularni tashish va saqlashni tashkillashtirish boʻyicha xizmatlar koʻrsatadi. Agar bank mijoz buyurtmasi boʻyicha tovarni oʻz hisobidan xarid qilsa, u holda savdo operatsiyasining natijasi uchun masʼul boʻladi. Oʻz navbatida bank tovarni ustama bilan sotadi, bu narsa shartnomada koʻrsatilgan boʻladi. “Muboraxa”da bank foydasi uch tomondan shakllanadi. Yuqorida keltirilganlardan tashqari Islom bankingida moliyaviy operatsiyalarni quyidagi turlari mavjud: - “Ijar” — lizing, mulk yoki jihozni uzoq muddatli ijaraga olish; - “Zakot” — u kam taʼminlangan aholini moliyaviy qoʻllab quvvatlashga yoʻnaltirilgan soliq boʻlib, uni badavlat musulmonlar majburiy tartibda toʻlaydilar; - “Kard al xasan” — ijtimoiy ahamiyatga molik boʻlgan loyihalarni, yaʼni yoʻllarni taʼmirlash, uy joy qurilishi va shunga oʻxshaganlarni amalga oshirish uchun bank tomonidan shartnoma boʻyicha ajratiladigan foizsiz ssudadir. Yuqorida keltirilgan moliyalashtirishni barcha turlaridan dinidan qatʼi nazar, har qanday mamlakat tadbirkorlari foydalanishi mumkin. Shuning uchun Islom taraqqiyot banki boʻlinmalari Yevropaning yetakchi va boshqa mamlakatlarida ham ochilgan. Koʻrinib turibdiki, mazkur bank Oʻzbekistonning asosiy 10ta kreditorlari qatorida turishi bejiz emas. Xalqimiz uchun hamkorlikning yangi istiqbollari ochilib, yigʻilish doirasida Islom taraqqiyot banki Oʻzbekistonda Islom banki va moliya sohasining huquqiy asoslarini ishlab chiqishni qoʻllab-quvvatlash uchun texnik yordam granti ajratishi, ushbu loyiha orqali mamlakatda islomiy bank va moliya uchun qonuniy va texnik asoslar yaratilishi, shuningdek, aholining islom moliyasidan xabardorlik darajasini oshirishni koʻzlanganligi quvonarli boʻldi. Download 368.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling