Ўзбекистоннинг тоғолди ва тоғ провинўиячаси тошкент-мирзачул округи
Download 45.89 Kb.
|
MIRZOCHO\'L OKRUGI
MIRZOCHO'L OKRUGI Reja:
Geografik o`rni. Toshkent-Mirzacho`l okrugida eng past yerlar Toshkent-Mirzacho`l okrugidagi Sirdaryoning eng katta irmog`i Toshkent-Mirzacho`l okrugidagi Sirdaryoning eng katta irmog`i Bu okrug Sirdaryo vodiysining o`rta qismi, Chirchiq hamda Ohangaron vodiylarining quyi qismida joylashgan bo`lib, Toshkent-Mirzacho`l botig`ini o`z ichiga oladi. Okrug janub tomondan, Nurota, Molguzar va Turkiston tizmalari bilan, sharqdan Mo`rultog`, Qurama toglari bilan, shimoli-sharqdan Chotqol, Qorjantog` tizmalarining tog` etaklari bilan o`ralgan. Shimol va g`arb tomondan okrugning chegarasi shartli ravishda O`zbekistonning Qozog`iston bilan bo`lgan davlat chegarasi orqali o`tadi. Janubi-sharqda esa 8 km kenglikdagi Xo`jand darvozasi orqali Farg`ona vodiysidan ajralib turadi. Toshkent-Mirzacho`l okrugi Sirdaryoning o`rta qismidagi qayir va ko`hna qayirlarni, ChirchiqOhangaron vodiysining quyi; qismlarini o`z ichiga oladi. Qo`shni Qizilqum okrugidan vujudga kelish tarixi, yyer yuzasining tuzilishi, iqlimi, sersuvligi, unumdor allyuvial va bo`z tuproqlarning mavjudligi bilan farq qiladi. Ma`muriy jihatdan okrug hududida Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari joylashgan. Toshkent-Mirzacho`l okrugi geologik jihatdan G`arbiy Tyanshan va Turkiston megoantiklinali orasidagi sinklinalda joylashib, so`ngra Sirdaryo va uning doimiy hamda vaqtli irmoqlari keltirgan jinslar bilan to`ldirilgan. Okrug alhp tektonik jarayoni ta`sirida G`arbiy Tyanshan tog` tizimining qayta ko`tarilishi tufayli neogenning yuqori (pliotsenda) qismida quruqlikka aylangan. Faqat hozirgi Mirzacho`lning pastak yyerlarida sayoz ko`llar qolgan, xolos. Shu sababli Mirzacho`lning ba`zi yyerlarida ko`l yotqiziqlari ham uchraydi. Toshkent-Mirzacho`l okrugi asosan allyuvial jinslardan tashkil topgan, chunki Sirdaryo Farg`ona vodiysidan chiqib, tarmoqlarga bo`linib, Mirzacho`lda bir necha joylardan oqkan. Shuning uchun ham Mirzacho`lni Sirdaryoning kuhna qayirida joylashgan desa xam bo`ladi. Bu yyerdagi SHo`ro`zak, Sardoba, Qorao`y, Yorochota va boshqa botiqlar Sirdaryoning o`sha qadimiy o`zanlaridir. Toshkent-Mirzacho`l okrugi relef xususiyatlariga ko`ra ancha murakkab bo`lib, Sirdaryo vodiysiga tomon pasaya boradi: Mirzacho`l janubiy qismi (Xovos — Jizzax temir yo`l yaqinida) dengiz sathidan 373—385 m baland bo`lsa, Guliston shahri 276 m, Sirdaryo shahri 240 m. balandlikdadir. Sharq va shimoli-sharhqa tomon okrugning yyer yuzasi balandlasha boradi: Chinoz 278 m, Yangiyo`l shahri 338 m, Bo`zsuvda Chirchiq vodiysining mutloq balandligi 473 m. Toshkent-Mirzacho`l okrugining hozirgi relefini vujudga kelishida daryolarning ishi juda katta: daryolar 3 dan 5 tagacha (Sirdaryo Mirzacho`lda 3 ta qayir, Chirchiq daryosi Toshkent yaqinida 5 ta) qayirlar hosil qilib, relefini murakkablashtirib yuborgan. Okrug, Dalvarzin cho`lining relefi asosan Sirdaryoning hamda tog`lardan oqib keladigan kichik daryolarning, soylarning va vaqtli suvlarning ishi tufayli vujudga kelgan bo`lib shag`al, qum, gillardan tuzilgan. Turkiston, Nurota, Mo`rultog` va Qurama tog`larining quyi qismiga yaqinlashgan sari yoyilma konuslardan iborat bo`lgan relef shakllari tez-tez uchraydi. Toshkent-Mirzacho`l okrugining relefidagi yana bir o`ziga xos xususiyat Sirdaryo sohillarida daryoga parallel holda yo`nalgan bo`ylama berk botiqlarning bo`lishidir. Bu botiqlar Sirdaryoning qadimgi o`zanlari bo`lib, hozir quruq vodiylarga yoki sho`rxok, yo botqoq yyerlarga aylangan. Toshkent-Mirzacho`l okrugida eng past yyerlar Sirdaryo qayirlariga to`g`ri keladi (240—250 m). Okrugning juda katta qismini Sirdaryoning chap soxilida, ko`xna qayirlarda joylashgan Mirzacho`l tekisligi egallaydi. U yyer yuzasi tuzilishiga ko`ra shimol, shimoli-g`arbga nishab bo`lib bir necha qoldiq o`zanlar (Yog`ochota, yyettisoy, Sardoba, SHo`ro`zak, Qorauy va bosh.) bor, ular orasida esa ko`tarilgan yyerlar mavjud. Bu baland yyerlarni Boyovut, Mirzaobod, Mirzacho`l, yyerijar massivlari deb yuritiladi. Boyovut massivi Sirdaryo bilan yyettisoy botig`i orasida, Mirzaobod Yog`ochota bilan Sardoba botig`i orasida, yyerijar esa SHo`ro`zak botig`i bilan Sirdaryo orasida joylashgan. Bu massivlar nisbatan baland bo`lganidan yyer osti suvlari chuqurda, tuprog`i yaxshi, Mirzacho`lda o`zlashtirilgan va o`zlashtirilayotgan yyerlar asosan o`sha massivlarga to`g`ri keladi. Yettisoy Yog`ochota .qadimiy o`zani janubi-sharqda Xovos rayonidan boshlanvb, shimoli-g`arbga tomon davom etadi va Arnasoy botig`iga tutashadi. Arnasoy shimolga Sirdaryogacha boradi va Mirzacho`lni Qizilqumdan ajratib turadi. Mirzacho`lning janubiy qismi esa Turkiston Nurota tog`lari tomon balandlashib, tog` oldi tekisligiga aylanadi. Okrugning iqlimi kontinental, qish sovuq, yoz issiq va kuruq bo`ladi. Okrugning shimoli-g`arbiy qismi ochiq bo`lganidan Arktika havo massasi bemalol kirib keladi va natijada qish oylarida harorat pasayib ketadi. Okrugda yanvar oyining o`rtacha harorati —1 —3°S bo`ladi. Okrugning janubiy qismi quyoshdan ko`proq issiqlik va yorug`lik oladi, har bir santimetr yyerga quyoshdan 135 katta kaloriya issiqlik tushadi. Shuning uchun yoz oylari juda teib ketadi. Vegetao`iya davrida haroratlarning yig`indisi 4300—5000°S ga yyetib, paxta kabi issiqsevar o`simliklarning o`sishi uchun imkon turiladi. Iyul oyining o`rtacha x.arorati 27—29°S, haroratlarning yillik o`rtacha amplitudasi 30°S ga yyetadi. Okrugda qish faslida ba`zan harorat pasayib, eng past daraja —28° —35°S ga tushadi, yozda esa eng yuqori daraja 41—47°S ga yyetadi. Okrugda 38—55 kun davomida harorat 0°dan past bo`ladi, 261—272 kun davomida harorat 5° dan yuqori bo`ladi. Toshkent-Mirzacho`l okrugida bahorgi oxirgi sovuq tushishining o`rtacha muddati mart oyining oxirlarigacha (21—30 martlargacha), kuzgi birinchi sovuq tushishining o`rtacha muddati esa oktabrning oxirlariga (20—29 oktabrlarga) to`g`ri keladi. Binobarin, sovuq bo`lmaydigan davrning o`rtacha muddati 203—230 kunni tashkil etib, o`sha vaqtdagi effektiv haroratning yig`indisi 2200—2700°S ga yyetadi. Yog`inlar okrug hududi bo`yicha notekis taqsimlangan. Eng kam yog`in okrugning janubi-g`arbiy qismiga to`g`ri kelib, yillik miqdori 250—300 mm ni tashkil etadi. Yog`in mikdori okrugning shimoli-sharqiy tomoniga ortib borib, 300—400 mm ga yyetadi. Bunga asosiy sabab o`sha yo`nalish bo`yicha relefning balandlashishi natijasida haroratning pasayishidir. Yog`inlar yil fasllari bo`yicha ham bir xil taqsimlangan emas. Agar yillik yog`in miqdorini 100% desak, o`shaning 41—42% bahorga, 21— 35% qishga, 18—28% kuzga, 6—12% yozga to`g`ri keladi. Oylar ichida eng ko`p yog`in martaprel oylariga to`g`ri kelib 81—130 mm ni tashkil qiladi. yog`inning bir qismi qattiq holda yogib, qor 26 kundan 41 kungacha turishi mumkin. Toshkent-Mirzacho`l okrugida yil bo`yi asosan shimoli-sharkiy va shimoli-g`arbiy tomondan shamol esib turadi. Shamolning o`rtacha tezligi okrug bo`yicha sekundiga 1,5—4,2 m ga yyetadi, Okrugning janubi-sharqida (Xovos yaqinida) bahor va qish fasllarida Farg`ona vodiysi tomonidan ancha kuchli shamol esadi. Ba`zan bu shamolning tezligi sekundiga 40 m ga yyetadi. Okrug hududidan Sirdaryoning o`rta oqimi, Chirchiq va Ohangaron daryolarining quyi qismlari oqib o`tadi. Bu qismda Sirdaryo sekin oqib ba`zi yyerlarda qirg`oqlari tik bo`lib, 15-16 metrli jarliklar hosil qiladi, ancha sersuv bo`ladi (Bekobod yaqinida), o`rtacha yillik suv sarfi sekundiga 568 m3 ni, Chirchiq daryosining quyar yyerida (Qo`kbulok yonida) 724 m3 ni tashkil etadi. Sirdaryoning suvi apreliyun oylarida ko`payib, maksimal suv sarfi Bekobod yonida sekundiga 2500 m3 ga yyetadi. Sirdaryoning o`rtacha loyqaligi har kubometrda 2,17 kg bo`lib, loyqaligi suv ko`paygan davrda (aprel-iyunda) ortadi va yillik oqiziqlarning 72,3 foizini oqizadi, aksincha suvi qishda tiniq bo`ladi. Sirdaryo okrug xududida noyabrning o`rtalaridan muzlab, mart oyining o`rtalarida muzdan holi bo`ladi. Toshkent-Mirzacho`l okrugidagi Sirdaryoning eng katta irmog`i Chirchiq daryosidir. U qormuzlarning erishidan to`yinib, o`rtacha yillik suv sarfi sekundiga 224 m3. To`lin suv davri mart-iyun oylariga to`g`ri kelib yillik okimining 52,4 foizini okizadi. Chunki bu davrda qorlar va umumiy maydoni 173 km2 bo`lgan 222 ta kichik muzliklar eriydi. Aksincha, eng kam suvi dekabr oyiga to`g`ri keladi. Chirchiq daryosini to`yintirib turishda Chotkol va Piskom irmoqlarining salmog`i kattadir. Chunki Chirchiq daryosi yillik oqimining 55% Chotkol irmog`i xissasiga, 36% Piskom xissasnga va 9% Ugom daryosi zimmasiga to`g`ri keladi. Oxangaron daryosi mavsumiy qorlarning erishi va yomg`ir suvlaridan to`yinadi. Shu tufayli yillik oqimning 75—80% martmay oylariga to`g`ri keladi. Oxangaron daryosidagi toshqin suvlarni to`plab qolish uchun uning quyi qismida suv sig`imi 250 mln. m3 keladigan Toshkent suv ombori kurilgan. Okrugning janubiy qismidagi Turkiston-Nurota tog`larining shimoliy yonbag`ridan bir necha soylar boshlanadi. Lekin bu soy Suvlarining ko`p qismi bahorda oqib, yozda qurib qolishi yoki sug`orishga sarflanishi tufayli Mirzacho`lga yyetib kelmaydi. Faqat Zominsuv va Sangzor daryolarigina okrug hududiga yyetib keladi. Lekin bu daryolar suvi baxorda va yoz boshlanishi bilan ko`payib, yozning issiq davrida kamayib qoladi. Shu sababli bahorgi toshqin suvlarni to`plab qolish maqsadida Sangzor vodiysida suv sig`imi 90 mln. m3 bo`lgan Jizzax suv ombori qurilgan. Toshkent-Mirzacho`l okrugida ko`llar ko`p emas, faqat okrugning tabiiy qismidagi sho`rxok, botqoqlashgan botiqlar o`rnida zovur (drenaj)lar xamda tashlandiq suvlarning to`planishidan vujudga kelgan Aydar Tuzkon Arnasoy ko`llar tizimi vujudga kelgan. Ularning umumiy maydoni 1678 m2 bo`lib, 11,8 km3 suv to`plangan. Ko`llarga xar yili zovurlar orqali Mirzacho`lning sug`oriladigan yyerlaridan 1,0—1,1 km3, yog`inlardan 0,3—0,4 km3 suv keladi, bug`lanishga esa, aksincha 2,5—2,9 km3 suv sarflanadi. Buning natijasida ko`llarning kirimi xarajatiga nisbatan kam bo`lib maydoni qisqarmoqda. Ko`llar suvi sho`r, vegetao`iya davrida har bir litr suvda 1,5— 5 g, kuzda esa 11 —16 g gacha tuz bo`ladi. Ko`llarni baliqchilikdagi axamiyati katta. Toshkent-Mirzacho`l okrugi grunt suvlarga boy. Lekin ularning chuqurligi hamma yyerda bir xil emas: Mirzacho`lda grunt suvi yyer betiga yaqin bo`lib, 2—10 m dan, shimoli-sharqda ancha chuqurdan — 30—40 m dan va xatto 200—300 m dan chiqadi. yyer betiga yakin bo`lgan grunt suvlari sho`r bo`lib, ichishga yaramaydi. Olimlarning fikriga qaraganda, Mirzacho`lda 200—300 m chuqurlikda chuchuk yyeuvli qatlam joylashgan bo`lib, Chirchiq-Oxangaron rayonidagi allyuvialshag`al jinslari orasida uchraydigan grunt suvining davomidir. Keyingi paytlarda Toshkent-Mirzacho`l botig`ida paleozoy yotqiziqlari orasida 1500—3000 m chuqurlikda juda katta mineral termik suv qavati borligi aniqlandi. Bu termik suv maydoni 2000—95000 km2 bo`lib, uning chegarasi taxminan okrug chegarasiga to`g`ri keladi. Hozir bu mineral suvdan bir qancha yyerlarda (Toshkent shaxrida, Kalasda va boshqa joylarda) foydalanilmoqda va u «Toshkent mineral suvi» nomi bilan mashhurdir. Toshkent-Mirzacho`l okrugi cho`l zonasida joylashganligidan tuprog`i bo`z tuproqdir. Lekin grunt suvi yaqin bo`lgan Sirdaryo; Chirchiq, Ohangaron daryolarining quyi hayirlarida chirindisi kam allyuvial o`tloq tuproq tarqalgan. Toshkent-Mirzacho`l-Ohangaron vohalarida esa tarkibida 1—2% chirindisi bor madaniy bo`z tuproq uchraydi. Lyoss jinslar tarqalgan (300—500 m gacha bo`lgan) yyerlarda och bo`z tuproq hosil bo`lgan. Och bo`z tuproq tarkibida chirindi kam (1—1,5%). Mirzacho`lda och bo`z tuproqlar orasida grunt suvi yyer betiga yaqin va relefi uncha qiya bo`lmagan kismlarida sho`rtob, sho`rxok tuproqlar xam tez-tez uchrab turadi. Toshkent-Mirzacho`l okro`gining o`simlik qoplami joyning relefi, iklimi, grunt suvining xususiyati va tuproq tarkibiga qarab turli joyda turlichadir. Relefi past, grunt suvi serob bo`lgan yyerlarda — Sirdaryo va uning Chirchik, Ohangaron irmoklarining qayirlarida xamda eski birinchi qayirlarda to`kaylar ko`p uchraydi. Bunday yyerlarda turang`il, terak, jiyda, tol, yulg`un, qamish, yantoq va boshqa o`simliklar o`sadi. Okrugning sug`orib dehqonchilik qiladigan vohalarida tabiiy o`simliklar kishilarning xo`jalik faoliyati natijasida ancha siyraklashib qolgan. Shunday bo`lsada, xaydalmay qolgan yyerlarda tabiiy o`simliklarni uchratish mumkin. Baxorda bu rayonlar ko`mko`k o`tlar bilan qoplanadi: ko`proq rang (qorabosh), shaytonkovush, lola, lolaqizg`aldoq o`sib, yozda qurib qoladi. So`ngra yantoq, shuvoq; butalardan jiyda, daraxtlardan oq akao`iya, chinor, sada va boshqa o`simliklar ham uchraydi. Okrugning Mirzacho`l kismidagi sho`rxok yyerlarda o`simliklardan keyrovuk, tatir, tereskan, burgan, sho`ra, ajrik, sarsazon, shoxilak, yulg`un va boshqalar o`sadi. Toshkent-Mirzacho`l okrugida tabiiy sharoitnint o`zgarishiga qarab turli joyda turlicha xayvonlar: to`kayzorlarda (Sirdaryo, Chirchiq va Ohangaron kayirlarida) to`kay mushugi, yovvoyi cho`chqa, chiyabo`ri, o`rdak, g`oz, qirg`ovul, quyon, suv kalamushi, sichqon, loyxo`rak, baka, suvilonlar yashaydi. Okrugning qolgan yyerlarida esa tulki, bo`ri, bo`rsiq, ko`rsichqon, kaltakesak, ilon, so`fito`rg`ay, tuvaloq, chumchuq, Mirzacho`lda qo`shoyoq, yumronkoziq, qumsichqon, jayron, toshbaqa, chayon, falang va boshqa xayvonlar bor. Keyingi yillarda Chirchik daryosining quyi qismida (Chinoz yaqinnda) ondatra ham urchitilmoqda. Qimmatbaho mo`ynali bu xayvon juda tez ko`payadi. Toshkent-Mirzacho`l okrugi tabiiy resurslaridan eng muximlari — keng maydonni egallagan bo`z tuprokli unumdor yyerlari: paxtachilik uchun zarur bo`lgan issiq — quyoshli va quruq davomli yozi; ichish va sug`orish uchun yarokli yyer osti hamda davolanish uchun zarur bo`lgan mineraltermik suvlari; tuz olish va davolanish uchun muhim axamiyatga ega bo`lgan sho`r ko`llardir. Toshkent-Mirzacho`l okrugi o`z navbatida Forish-Jizzax, Mirzacho`l, Chirchiq-Ohangaron tabiiy-geografik rayonlariga bo`linadi. Forish-Jizzax tabiiy-geografik rayoni o`z ichiga Forish-Jizzax cho`llarini va tog` old prolyuvial tekisliklarini olib, janubda Nurota-Quytosh tizmalarishshg tog` oldi tekisliklari (Turkiston-Nurota okrugi) bilan, sharqda Qizilqum okrugi bilan, shimolda va sharqda Mirzacho`l rayoni bilan chegaralanadi. Rayon relefga ko`ra past-balandliklardan iborat bo`lgan allyuvial prolyuvial tekislik hisoblanib, janubdan shimolga qarab pasayib boradi. Uni Nurota Quytosh tog`laridan boshlanuvchi Temirbuloq, Kattaich, Sop, Sentob, Majrum, Uxum, Hayot, Forish, Yangiqishloq kabi soylarning keltirmayoyilmalari qoplab olib, relefni ancha murakkablashtirgan. Iqlimiy xususiyatlariga ko`ra qish uncha sovuq (yanvarning o`rtacha harorati—1° atrofida) bo`lmasdan vegetao`iyali qish 45% atrofida, yoz esa issiq (iyulning o`rtacha harorat Q27,8° Q28,5) va quruq, Q10° dan yuqori bo`lgan kunlardagi haroratning yig`indisi 4700° atrofida. Rayonda asosan bo`z tuproq tarqalgan, qisman esa mustahkamlangan va yarim mustahkamlangan qumliklardan iborat, binobarin ularda asosan efemer, shuvoq, qisman esa juzg`un, saksovul kabi o`simliklar o`sadi. Rayon quyidagi landshaftlarga bo`linadi. Aydar va Tuzkon ko`llari janubida joylashgan asosan sak sovul va juzg`un suvchi, mustahkamlangan va chala (yarim) mustahkamlangan qumliklar landshafti. Shuvoq, qorabosh va qo`ng`irbosh o`simliklari o`suvchi, shag`al-kum negiziga ega bo`lgan, och o`z tuproqli tog` oldi prolyuvial tekisliklari landshafti. Efemer o`simliklari va shuvoq o`suvchi, chaqirtoshli och bo`ztuproq tarqalgan tog` oldi tekisliklar landshafti. Molguzor tog`ining shimolida joylashgan efemer o`simliklari o`suvchi och bo`z tuproq tarqalgan lyossli tog` oldi tekisliklar landshafti. Rayonning o`zlashtirilgan qismlarini o`z ichiga oluvchi madaniy landshaft. Mirzacho`l tabiiy-geografik rayoni o`z ichiga shu nom bilan ataluvchi hududlarni olib, sharqda Sirdaryo bilan, janubi-sharqdan Turkiston Nurota okrugi bilan, janubi-g`arbda Forish-Jizzax rayoni bilan, g`arbda Qizilqum okrugi bilan, shimolda esa Qozog`iston bilan egaralanadi. Rayon asosan Sirdaryo kayirlarida joylashib, uni Turkistoi tog`laridan boshlanuvchi soylarning keltirma yoyilmalari qoplab olgan. Shuningdek, rayonda sho`rxok, ko`l botiqlari xam mavjud bo`lib, ularning eng muhimlari SHo`ro`zak, yyetisoy, Sordoba va boshqalar. Rayon quyidagi landshaftlarga bo`linadi. Tuzkon va Enasoy ko`llarining sharqiy qismida joylashgan qamishzorlardan iborat bo`lgan o`tloq botqoq va boqtoq sho`rxok tuproqlar tarqalgan prolyuvial allyuvial tekisliklar landshafti. Mirzacho`lning o`zlashtirilgan madaniy landshaftining g`arbida va shimoli-g`arbida joylashgan yaltirbosh, qo`ng`irbosh va boyalich o`suvchi kam sho`rlangan och bo`z tuproqli, prolyuvial allyuviad tekisliklar landshafti. SHo`ro`zak, yyettisoy va Sardsuba kabi botiqlarida joylashgan, bir yillik sho`ralar o`suvchi, sho`rxokli delta tekisliklari landshafti. Mirzacho`lning janubi-sharqiy qismida joylashgan yaltir bosh, qo`ng`irbosh va shuvoq o`suvchi, bo`z tuproqli prolyuvial allyuvial tekisliklar landshafti. Rayonning o`zlashtirilgan qismidagi madaniy landshaft. Chirchiq-Ohangaron tabiiy-geografik rayoni Chirchiq vodiysini G`azalkent shahridan quyi qnsmini, Ohangaron vodiysini esa Ohangaron shahridan quyi qismini o`z ichiga oladi. Rayon shimoli-sharqdan, sharqdan G`arbiy Tyanshan okrugi bilan, janub va janubi-g`arbdan Mirzacho`l rayoni bilan, shimoli-g`arbda Qozog`iston bilan chegaralanadi. Rayon Chirchiq va Ohangaron daryolarining yangi va eski erozionak kumulyativ qayirlarini o`z ichiga olib, uni juda ko`p soylar va vaqtli suvlar kesib, relefini ancha murakkablashtirib yuborgan. Shuningdek, rayonga G`arbiy Tyanshan tizimiga kiruvchi tog`larning tog` oldi allyuvial prolyuvial tekisliklari ham kiradi. Rayon iqlimiy xususiyatlari jihatidan Mirzacho`l rayoniga nisbatan iliqroq qish (yanvarning o`rtacha harorati —0,9 —1,5° atrofida) va salqinroq yoz (iyulning o`rtacha harorati 26,7—27,8° atrofida) bilan tavsiflanib, yog`in miqdori ko`proq (yillik yog`in miqdori 360—400 mm atrofida). Rayon bo`z tuproqli mintaqada joylashib, asosan efemer, efemeroid va boshoqli o`simliklar o`sadi. Chirchiq Ohangaron tibiiy geografik rayoni quyidagi landshaftlarga bo`linadi.Sirdaryoning o`ng qirg`oridagi qayirlarida joylashgan, qurigan ko`llar botig`i hisoblangan sho`rxoklardan iborat bo`lib, bir yillik sho`ralar o`suvchi delta tekisliklar landshafti. Qo`ng`irbosh va qorabosh o`suvchi, shagalli och bo`z tuprokli, parchalangan tog` oldi tekisliklar landshafti. Bu landshaft Qurama va Mo`g`ultog`larning g`arbiy yonbag`rining quyi kismidagi tekisliklarni o`z ichiga oladi. Chirchiq vodiysining o`ng tomonidan joylashgan efemer va bug`dayiq o`suvchi, bo`z tuproqli lyossli tog` oldi tekisliklar landshafti. Efemer va burdayiq o`suvchi, bo`z tuproqli lyoss keng tarqal gan o`rqirdan iborat bo`lgan tog` oldi tekisliklar landshafti, Bu landshaft o`z ichiga Ohangaron Chirchiq vodiylarining quyi qismidagi tog` oldi tekisliklari, xususan Toshkent-Olmaliq avtomobil yo`lining atrofidagi o`zlashtirishagan (hududlarni oladi. Chirchiq va Ohangaron daryo vodiylarida joylashgan qamish va to`qay o`simliklar o`suvchi o`tloq, o`tloqbotqoq tuproqli yangi qayirlar landshafti. Rayonning asosiy qismini ishg`ol qilgan, xo`jalikda o`zlashtirilgan madaniy landshaft. Mirzacho‘l tabiiy geografik okrugi, asosan, Sirdaryo bilan Arnasoy ko‘li oralig‘ida joylashgan. U shimolda Qozog‘iston bilan, janubi sharqda Тojikiston bilan, shimoli g‘arbda Qizilqum okrugi bilan chegaradosh. Okrugning janubi va janubi g‘arbda Тurkiston, Morguzar, Nurota tog‘ tizmalari joylashgan. Тurkiston, Morguzar, Nurota tog‘larining shimoliy yonbag‘ri Mirzacho‘l, janubiy yonbag‘ri O‘rta Zarafshon tabiiy geografik okrugiga kiradi, chegara ularning suvayirg‘ich qismlari orqali o‘tadi. Yer yuzasi, geologik tuzilishi va foydali qazilmalari. Mirzacho‘l okrugining yer yuzasi bir xil emas. U janubi sharqdan shimoli g‘arbga tomon pasayib boradi. Mirzacho‘l okrugi geologik tuzilishi jihatidan ham bir xil emas. Uning janubidagi tog‘tizmalari paleozoy erasining gersin tog‘ hosil bo‘lishi jarayonida ko‘tarilgan. Bu davrda Mirzacho‘lning tekislik qismi dengiz suvi ostida bo‘lgan. So‘ngra ko‘tarilgan tog‘lar yemirilib pasaygan, natijada, ularning quyi qismlarini dengiz suvi bosgan. Alp tog‘ hosil bo‘lish jarayonida o‘sha pasaygan tog‘lar qayta ko‘tarilib, dengiz suvi chekinib, okrugning tekislik qismi ham quruqlikka aylangan. Okrugning tekislik qismi shimoli g‘arbga nishab bo‘lib, o‘rtacha balandligi 250-300 m. Uning shimoli g‘arbining balandligi 260 m, janubi sharqiniki 350 m, Sirdaryo sohillarida 250 m. Janubidagi tog‘ etaklarida balandlik 450-530 m ni tashkil etadi. Тurkiston tizmasining davomi hisoblangan Morguzar tog‘i okrug hududida joylashgan bo‘lib, o‘rtacha balandligi 1500-2000 m, eng baland qismi esa 2621 m ga yetadi. Morguzar tog‘i g‘arbga davom etib, Sangzor daryo vodiysi orqali Nurota tog‘idan ajraladi. Sangzor vodiysining eng tor joyi Amir Тemur (Ilono‘tdi) darvozasi (kengligi 120-130 m) deyiladi. Nurota o‘rtacha balandlikdagi tog‘ bo‘lib, eng baland cho‘qqisi Hayotboshi — 2169 m ga yetadi. Nurota tog‘ining sharqiy qismini Qo‘ytosh tog‘i deb atashadi. Qo‘ytosh tog‘i etagida Pistalitog‘, uning janubi sharqida Baliqlitog‘ joylashib, eng baland yerlari 500—580 m atrofida o‘zgarib, soylar bilan parchalangan. Turkiston-Nurota tog‘lari asta-sekin pasayib, Mirzacho‘l tekisligiga tutashib ketadi. Mirzacho‘l tekisligining yuzasi past-balandliklardan iborat bo‘lib, markaziy qismida Sirdaryoning qadimiy o‘zanlarida Yettisoy, Sardoba, Qorasuv, Yog‘ochota, Sho‘ro‘zak kabi botiqlar joylashib, Arnasoy tomon pasayib boradi. Bu o‘zansimon botiqlar orasida Boyovut, Mirzaobod, Mirzacho‘l, Yerijar kabi balandliklar (tepachalar) joylashgan. Mirzacho‘l tekisligining shimoli sharqida Sirdaryoning uchta terrasasi joylashib, bir-biridan 2-3 m balandlikda turadi. Foydali qazilmalar ko‘p emas. Asosiy qazilma boyligi marmar, asbest, ohaktosh, polimetall rudasi, tuzlar va boshqalar. IQLIMI, SUVLARI, TUPROQLARI, O‘SIMLIKLARI VA HAYVONOT DUNYOSI Iqlimi. Mirzacho‘l okrugining tekislikdan iborat ekanligi va janubida tog‘ tizmalarining mavjudligi natijasida iqlimi o‘ziga xosdir. Qishda Arktika va Sibir sovuq havo massalari bemalol to‘siqsiz tekislikka kirib keladi. Bu sovuq havo massalari okrug janubidagi tog‘lardan o‘ta olmay, tekislik qismida to‘planadi. Natijada, qishda havo harorati pasayib, yanvarda o‘rtacha harorat –1 – 3°C bo‘lsa, ayrim kunlarda havo harorati –30 –35°C gacha pasayadi. Aksincha, yozda termik depressiya ta’sirida bo‘ladi va havo quruq, jazirama issiq bo‘lib, iyulning o‘rtacha harorati +26 +28°C bo‘ladi, ba’zida harorat +44 +45°C gacha ko‘tarilishi kuzatiladi. Mirzacho‘lning tekislik qismida yillik yog‘in miqdori 200–350 mm atrofida bo‘lib, tog‘larga tomon orta boradi. Okrugning janubiy qismidagi Nurota tizmasi va Morguzarning shimoliy yonbag‘rida yillik o‘rtacha yog‘in miqdori 350-400 mm ni tashkil etadi. Turkiston tog‘ tizmasining shimoliy yonbag‘rida esa 600 mm dan ortadi. Tog‘larda qor ko‘p yog‘adi, uning qalinligi 50 sm dan 1 m gacha yetadi. Mirzacho‘lning tekislik qismida o‘rtacha yillik yog‘in miqdori 250 mm atrofida bo‘lgani holda mumkin bo‘lgan bug‘lanish 1000-1200 mm. Demak, bug‘lanish yog‘in miqdoriga nisbatan 4-4,5 baravar ko‘p. Suvlari. Okrugning eng yirik va asosiy suv manbayi — Sirdaryo. Sirdaryo Mirzacho‘lning shimoli sharq tomonidan oqib o‘tadi. Sirdaryo vodiysining Mirzacho‘l okrugi hududidagi kengligi 15 km ga yetadi. Daryo o‘zanining qirg‘oqlari tik. Vodiyda qoldiq o‘zanlar uchraydi. Qoldiq o‘zanlarning ayrimlari ko‘l va botqoqliklardan iborat. Sangzor Тurkiston tizmasidagi qor suvidan to‘yinadi, yozda suvi ko‘payib, qishda kamayadi. O‘rtacha bir oydagi suv sarfi sekundiga 6,1 m.kub, eng ko‘p suv sarfi sekundiga 12,2 m 3 ni tashkil etadi. Daryoning uzunligi 123 km. Uning suvini tartibga solish maqsadida Jizzax shahri yaqinida suv sig‘imi 100 mln m,kub bo‘lgan Jizzax suv ombori qurilgan. Тurkiston tizmasining shimoliy yonbag‘ridan boshlanuvchi Zominsuv, Rovotsoy, Sayxonsoy, Тurkmansoy, Achisoy, Qushchisoy, Jalairsoy kabi soylar mavjud. Bularning suvi bahorda ko‘payib, yozda kamayib qoladi. Okrugning shimoli-g‘arbiy qismida O‘zbekistondagi eng yirik ko‘llar tizimi — Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi joylashgan. Bu ko‘llar 1969-1970-yillarda Sirdaryo nihoyatda sersuv bo‘lgan paytda Chordara suv omboridan juda katta hajmda suv tashlanganligi natijasida vujudga kelgan. Okrug markaziy qismining yuzasi nisbatan tekis bo‘lganligi tufayli grunt suvining siljishi qiyin bo‘lib, yuzada (1-5 m chuqurlikda) joylashib, sho‘r, ichishga yaroqsiz. Tekislikning Sirdaryo qayirlarida esa grunt suvining chuqurligi 1-3 m atrofida bo‘lib, sho‘rlashgan. Tekislikning shimoli g‘arbi (Aydar-Arnasoy ko‘li) tomon grunt suvi yer betiga (0,5-1 m chuqurlikda) yaqin bo‘lib, o‘ta sho‘rlangan. Lekin Mirzacho‘l tekisligidan tog‘oldi tomon grunt suv sathi chuqurlashib (10-20 m) va chuchuklashib boradi. Okrug tekislik qismining 200-300 m chuqurliklarida chuchuk suv qatlami, 1500-3000 m chuqurliklarda esa mineral termik suv qatlami mavjudligi aniqlangan. Тuproqlari.Okrugda geografik o‘rniga ko‘ra, och va tiрik bo‘z tuproqlar tarqalgan bo‘lib, ular orasidagi chegara taxminan 450 m mutlaq balandlikdan o‘tadi. Mirzacho‘l okrugining asosiy qismini sug‘orma och bo‘z va bo‘z-o‘tloq tuproqlar egallagan. Mirzacho‘l okrugining shimoli g‘arbida qumliklar mavjud bo‘lib, ular orasida sho‘rxoklar, gilli taqirlar uchraydi. Arnasoy, Aydar va Тuzkon ko‘llari atrofida sho‘rxoklar, botqoqlashgan yerlar mavjud. Mirzacho‘l tekisliklaridagi qadimiy Sirdaryo o‘zanlari hisoblangan Yettisoy, Sardoba kabi botiqlarda sho‘rxoklar joylashgan. Tog‘ yonbag‘ri bo‘ylab tiрik, to‘q bo‘z va jigarrang tuproqlar tarqalgan. O‘simliklari. Mirzacho‘l tabiiy okrugida cho‘l, adir, tog‘ va yaylov mintaqalariga xos o‘simliklar uchraydi. Cho‘l o‘simliklari, asosan, efemerlar — sho‘ro‘zak, qorabosh, burgan, lolaqizg‘aldoqlardan iborat bo‘lib, ular jazirama issiq boshlanishi bilan qovjiray boshlaydi. So‘ngra issiq va qurg‘oqchilikka chidamli shuvoq, chalov, sho‘ra, yulg‘un va yantoqlar yozda ham o‘saveradi. Sho‘rxok joylarda tatir, burgan, sho‘rajriq, yulg‘un, tuyaqorin kabi o‘simliklar o‘sadi. Mirzacho‘lning tog‘ etaklari va undan yuqorida na’matak, irg‘ay, zirk, pista, bodom, olma, olcha kabi buta va mevali daraxtlar o‘sadi. Nurota tog‘larida yong‘oqlar, Turkiston tog‘ tizmasining 1500-2500 m balandlik qismida archazorlar uchraydi. 2800-3000 metrdan balandda qo‘ng‘irbosh, rang, yovvoyi arpa kabi o‘tlar o‘suvchi yaylov mintaqasi boshlanadi. Sirdaryo bo‘yidagi to‘qaylarda yulg‘un, tol, turang‘il, jiyda kabi o‘simliklar o‘sadi. Hayvonot dunyosi. Okrugning katta qismida cho‘l hayvonlari yashaydi, ulardan eng muhimlari kemiruvchilardan qo‘shoyoq, yumronqoziq, quyon, sudralib yuruvchilardan kaltakesak va ilon, yirtqichlardan bo‘ri, tulki, bo‘rsiq, hasharotlardan chayon, falanga, sutemizuvchilardan tulki, bo‘ri, jayron uchraydi. Qushlardan to‘rg‘ay, so‘fito‘rg‘ay, boyo‘g‘li yashaydi. Sirdaryo to‘qaylarida to‘qay mushugi, to‘ng‘iz, chiyabo‘ri, qushlardan qirg‘ovul, o‘rdak va g‘ozlar, Sirdaryoda ondatralar yashaydi. Mirzacho‘l janubidagi tog‘larda yirik sutemizuvchi hayvonlardan kiyik, tog‘ takasi, olqor, yirtqichlardan bo‘ri va tulki, shuningdek, qushlardan bedana, bulbul, kaklik, ulor, kalxat, lochin, qirg‘iy, burgut yashaydi. Daryo va suv havzalarida zog‘orabaliq, olabug‘a, laqqabaliq, cho‘rtanbaliq, qorabaliqlar uchraydi. Foydalanilgan adabiyotlar: Yermakov Y.G. i dr. Fizicheskaya geografiya materikov i okeanov. M: Vqsshaya shkola, 1988. Ryabchikov A.M. Fizicheskaya geografiya materikov i okeanov. M: Vqsshaya shkola, 1988. Fizicheskaya geografiya mirovogo okeana. M: Izdatelpstvo Moskovskogo Universiteta, 1988. Ryabchikov A.M. Dunyo qitoalari tabiiy geografiyasi, Toshkent, 1968. Vlasova T.M. Fizicheskaya geografiya materikov i okeanov. Tom I-II, M: Prosveo‘yeniye, 1976. Vlasova T.M. Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi. I-II tom.Toshkent, 1985. Leontpev O.K. Fizicheskaya geografiya mirovogo okeana. M: 1982. Ensiklopeditseskiy slovarp geograficheskix terminov. M.1968. http://ziyonet.uz Download 45.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling